O’zbekiston oliy ta’lim fan va innovatsiylar vazirligi
II BOB. Jurnalist kasbiga qo’yiladigan zamonaviy talablar
Download 77.44 Kb.
|
Jurnalistkiga qo\'yiladigan talablar
II BOB. Jurnalist kasbiga qo’yiladigan zamonaviy talablar
2.1. Jurnalistlar imidji va qonun qoidalari Jurnalistlik etikasi va standartlari jurnalistlarga nisbatan qoʻllaniladigan axloq va amaliyot tamoyillarini oʻz ichiga oladi. Ommaviy axborot vositalari etikasining ushbu qismi jurnalistikaning professional „axloq kodeksi“ va „jurnalistlik qonunlari“ sifatida maʼlum. Asosiy meʼyorlar va qonunlar odatda professional jurnalistika assotsiatsiyalari va xususiy bosma, televideniye, radio va internet nashrlar faoliyatida uchraydi. Butun dunyoda, jurnalistik faoliyatni qamrab oluvchi 400 ga yaqin qonunlar mavjud. Turli xil kodekslar mazmuni turli madaniy anʼanalardan kelib chiqgan holda bir-biridan farq qilsada, koʻpchilik kodeksdagi huquqiy va axloqiy meʼyorlar jurnalistikaning umumiy elementlarni oʻz ichiga oladi: haqqoniylik, aniqlik ishonchlilik mustaqillik xolislik adolat boshqalarga hurmat jamoat javobgarligi. Albatta bular yangilikka oid maʼlumotlarni yigʻish, tahrirlash va ommaga tarqatish jarayonida jurnalist uchun muhim axloqiy meʼyor hisoblanadi. Koʻpgina kengroq axloqiy tizimlar singari, jurnalistika etikasi ham „sir saqlash“ tamoyilini ham oʻz ichiga oladi. Bu tamoil zaif guruhlarga nisbatan hurmatni saqlagan holda va baʼzi tafsilotlarni, masalan, voyaga yetmagan bolalarning ismlari, jinoyat qurbonlarining ismlari yoki xabar matniga jiddiy aloqador boʻlmagan shaxsiy maʼlumotlarni maxfiy saqalshni oʻz ichiga olishi mumkin, shuni unutmaslik kerakki, bu holda shaxsiy maʼlumotlarning eʼlon qilinishi, birovning obroʻsiga putur yetkazish yoki ularni xavf ostiga qoʻyishi mumkin. Ayrim jurnalistik axloq kodekslar, xususan, Yevropa kodekslari irqi, dini, jinsiy orientatsiya, jismoniy yoki aqliy nuqsonlari bor shaxslarni yangiliklarda kamsituvchi materiallar bilan bogʻliq muammolarni ham oʻz ichiga oladi. Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi (1993-yilda) Jurnalistika etikasi toʻgʻrisidagi 1003-rezolyutsiyasini maʼqulladi, bu rezolyutsiyada jurnalistlarga aybsizlik prezumpsiyasini hurmat qilishni tavsiya qiladi, xususan, sudgacha boʻlgan ishlar shular bunga misol boʻlishi mumkin. Zamonaviy jurnalistika 400 yil oldin anchagina oqsoqlanganiga qaramay, 1900-yillarda baʼzi sotsiologik qarashlarkoʻra jurnalistika koʻproq zaruratga ayland. Bu kasbiy faoliaytda ham barcha sohalardagi kabi yutuqlar, yangi avlodlarning sohadagi rivojlanishni olgʻa yurishga qaratilgan tabiiy jarayondir. Qachonki, gazetalar ommaviy auditoriya axboriy isteʼmol qilish uchun „xolis“ maʼlumotlarni taqdim eta boshladilar. Shu paytdan boshlab jurnalistikaning ommaviy auditoriya oʻqishi uchun xolis malumot taqdim etishga intilish yuksak gʻoyaga aylandi. Bugungi jurnalistika evolyutsiyasi, maʼlumotni global miqyosdagi platformaga chiqarishga asosiy turtki boʻlmoqda. Jurnalistikaning asosiy maqsadi foydalanuvchilar uchun foydali boʻlishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar bilan butun dunyo boʻylab odamlarga xizmat koʻrsatish. Maʼlumotni kim oʻqiyotganini bilasizmi yoki yoʻqmi, buning uchun javobgarlik bor. Dunyo boʻylab kontentni yoqtiradiganlar ham, yoqtirmaydiganlar ham koʻp boʻladi. Har bir mamlakat oʻzining oʻziga xos jihatlarini va baʼzida bugungi kunda jurnalistika axloqi bilan bogʻliq boʻlgan meʼyorlarni taqdim etadi. „Haqiqat“, „aniqlik“ va „xolislik“ jurnalistika etikasining tamal toshlari hisoblanadi. Jurnalistlar oʻzlarini mintaqalar, guruhlar va hatto oʻzlari istiqomat qiladigan yoki maʼlum darajada boshqa mamlakatlardan ajralib turishga harakat qilishlari kerak. Bu oʻrinda Jurnalistlarga tarafkashlikning oldini olish uchun ruxsat berish lozim boʻladi va bu ularning jurnalistik yozishlarida muhim rol oʻynaydi. Bugungi kunda koʻplab jurnalistlar ushbu tuzoqning qurboni boʻlib, bir marta hsu tuzoqga tushib bu yerdan chiqolmay qolib ketadi. Baʼzi davlatlar faqat maʼlum bir maʼlumotni maʼlum kontekstlarda taqdim etishni afzal koʻradi. Islomiy mamlakatlarda jurnalistika faqat Islom uchun manfaatli boʻlishi belgilangan, degan shubhalar kuchayib bormoqda, bu esa islomning oʻzini xalqi ishonishi kerak boʻlgan yagona haqiqat ekanligiga undaydi. Jurnalistikaning axloq kodeksi qabul qilinadigan amaliyotlarni belgilash orqali xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlashga qaratilgan, va xabar qilingan maʼlumotlarning ishonchliligiga xalaqit beradigan yoki xalaqit berishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish uchun koʻrsatmalar beradi. Yoʻriqnomalar jurnalistlarga axloqiy dilemmalarni aniqlash va hal qilishda yordam beradi. Bunday holatlarning oldini olishning iloji boʻlmaganda, ular xabar qilingan maʼlumotni oʻquvchilariga xabarda mumkin boʻlgan notoʻgʻri fikrlarni baholashlari uchun oshkor etilishi kerak. Kodekslar va qonunlar jurnalistlarga oʻz-oʻzini nazorat qilish va oʻz-oʻzini tuzatish uchun asos yaratadi. Jurnalistika beshta qadriyatga asoslanadi: Halollik: jurnalistlar rostgoʻy boʻlishi kerak. Fake ekanligi maʼlum boʻlgan maʼlumotlar haqida xabar berish yoki notoʻgʻri taassurot qoldirish uchun yolgʻon maʼlumot berishi mumkin emas; Mustaqillik va xolislik: jurnalistlar moddiy yoki shaxsiy manfaatga ega boʻlgan mavzulardan ularga shaxsiy foyda keltiradigan materiallardan qochishlari kerak, chunki bu qiziqish ularning reportajlarida noxolislikni keltirib chiqarishi yoki notoʻgʻri taassurot qoldirishi mumkin. Jurnalistning oʻziga xos moliyaviy yoki shaxsiy manfaatlari boʻlishi mumkin boʻlgan hollarda, manfaatlar oshkor etilishi kerak; Adolat: jurnalistlar faktlarni xolislik va betaraflik bilan taqdim etishlari, ular mavjud boʻlgan voqeaga boshqa nuqtai nazar bilan yondoshishi va uni tomonlarga taqdim etishlari kerak. Aniq maʼlumotlarni buzib talqin qilish mumkin emas; Tirishqoqlik: jurnalist xabar qilingan mavzuni yaxshi tushunish uchun tegishli faktlarni toʻplashi va taqdim etishi kerak; Masʼuliyat: jurnalist oʻz ishi uchun javobgar boʻlishi, tanqid va oqibatlarini qabul qilishga tayyor boʻlishi kerak Download 77.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling