O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet24/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

Yodda tuting! Kompyuterdan uzoq vaqt foydalangan bolalarda jismoniy salomatligiga, ko‘z nurini pasayishiga, rivojlanishiga allergik va yurak-qon tomirlari xastaliklarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
Ota-onalar o‘z farzandlariga qanday teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish mumkinligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib borishlari kerak. 7 yoshgacha bo‘lgan bola hafta davomida televizor karshisida 6-7 soatdan oshik, o‘tirmasligi va 7-12 yoshda bo‘lgan bolalarda esa 10 soatdan oshmasligi kerak. Bola uzluksiz yarim soatdan oshik, televizor karshisida o‘tirishi tavsiya etilmaydi.

XULOSA
Xulosa qilib qilib aytganda ijtimoiy-pedagogik treninglar o’tkazish va uni tashkil etishning asosiy vazifasi insonlarni o’rganish va ular hayotidagai yuzaga keladigan muammolarga yechim topsihni o’rganishdir. Ijtimoiy-pedagogik trening, faollikni oshirish, hamkorlik faoliyatini shakllantirish, muomala va munosabat muammosi bo‘yicha amaliy faoliyatga kirishuvchilar, psixologtar va pedagoglar uchun foydalidir. Ijtimoiy-pedagogik trening faol o‘qitish usullarini, maqsad va vazifalarini, guruhlar bilan ishlash qoidalarini, zamonaviy psixoterapiya usullarini, ishtirokchilarni har qanday vaziyatlarda psixologik: yordam ko‘rsatish imkoniyatini ochishga yordam beradi. Treningning asosiy maqsadi, shaxsni psixologik ya’ni, ruhiy jihatdan erkinlikka chiqarish, unda tabiiy erkinlikni his etishi, o‘z guruhi va undan tashqari o‘zaro munosabatga kirishish va aloqa o‘rnata olishni shakllantirish. Trening har qanday guruxda olib borilishi mumkin, ya’ni o‘smirlar, o‘spirinlar, talabalar, o‘qituvchi pedagoglar, turli soha vakillari va boshqalar. Mashg‘ulotni o‘tkazish uchun albatta boshqaruvchi bo‘lishi shart chunki, treningning maqsadi va ijobiy natijasini aniqlang dastur asosida olib boriladi. Masalan: boshqa kishilarni va o‘z-o‘zini tushuna olish, o‘ziga baho berish, atrofdagilarni tinglash va ularni idrok etish kabi ijtimoiy-psixologik muammolar shakllantiriladi. Ijtimoiy-pedagogik treningning maqsadi, vazifasiga asoslanib murakkablashtirish yoki soddalashtirish mumkin. Ishtirokchilarining faoliyatiga qarab mashg‘ulot tarkibiga roli, xarakatli o‘yinlar munozarali bahslashuvlarni kiritish mumkin. Rolli o‘yin shaklida vaziyatni idrok etish, harakatli o‘yinlar bilan faollikni oshirish, bahslashuv orqali esa fikrlash jarayonini oshirish tashkillashtirilib boriladi. Trening mashg‘ulotlarining mazmuniga qarab minut, soat, bir necha kun davom etishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik trening o‘z ichiga bir necha mashg‘ulotni qamrab oladi, mashg‘ulot jarayonida samimiy munosabat, do‘stona vaziyat, muomala madaniyatini shaklpantiruvchi pedagogik muhit yaratiladi.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling