O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet19/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

"Qor parchasi” mashqi Ushbu o‘yinda trener tomonidan barcha ishtirokchilarga qog‘oz salfetkalar tarqatiladi. Ishtirokchilar teskari turgan xolatda qog‘oz salfetkalarni ochib oladilar va bir-birlariga qaramasdan trener aytgan vazifalarni bajaradilar:

  • qog‘oz salfetka o‘ziga qarab bukiladi va o‘ng tomondan tepa qismidan yirtib olinadi;

  • qog‘oz salfetkani yana bukib chap tomonidan tepa qismidan yirtib olinadi

  • uchinchi marotaba ham qog‘oz salfetkani bukib o‘ng tomonidan tepa qismidan yirtib olinadi:

  • oxirgi marotaba qog‘oz salfetka bukiladi va chagt tomonidan tepa qismidan yirtib olinadi.

Barcha ishtirokchilar old tomonga o‘tirilib, qog‘oz salfetkalarni ochib nima hosil bo‘lganligini namoyish kiladilar.
Muhokama Ishtirokchilar qor parchalarni bir xil yoki har xil ekanligini solishtirib chikadilar. Trener mashqdan so‘ng xulosa sifatida ishtirokchilarga karata insonlar eshitgan ma’lumotlarni bir xil qabul qilmasliklarini bugungi mavzu bilan bog‘liqligiga to‘xtalib o‘tadi. Shuningdek, trener hamma ishtirokchilarga bir xil ko‘rsatma berilganligini ammo, qor parchalari turli xil bo‘lib chiqqanligiga e’tibor qaratadi. Insonlar bir-biriga o‘xshamasliklari va har bir inson o‘ziga xosligi bilan ajralib turishi to‘g‘risida izoh berib o‘tadi, hamda xulosa qilib yakun yasaydi.

2.4. 3-sessiya. Yakuniy kism
Seminar-treningga yakun yasash
Qayta aloqa. Trener ishtirokchilarning seminar-treningdan kutgan kutilmalarini aniklaydi. Vatman qog‘ozga yozilgan va ishtirokchilar kutgan natijalari amalga oshgan kutilmalar belgilanadi, Shuningdek, «Ishtirokchilarning mavzu yuzasidan xabardorliklari oshdimi?», «Ular nima yangiliklarni o‘zlashtirdilar?», «Qanday xulosalar chiqarishdi?» kabi savol va javoblar o‘tkaziladi. Yakuniy fikrlar va takliflar bildiriladi.
(Bumerang metodi)
1-ilova
Internet
Global kompyuter tarmog‘i bo‘lib, kerakli axborotlarni qidirib topish va foydalanish vositasidir. Elektron pochta esa internet xizmatining bir turi bo‘lib, tezkor axborot almashinish vositasidir.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling