O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….41
Download 0.51 Mb.
|
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….41
Kirish Hozirgi davr talabi maʼnaviy jihatdan yetuk, har tomonlama bilimdon, mustaqil fikrlovchi shaxsni shakllantirish boʼlib, bu jarayon shaxslararo munosabat va muloqotga kirishish vaqtida amalga oshirnladi. Shunday ekan, kishilarni muloqot jarayonida teran fikrlilik, hozirjavoblik, taʼsirchanlik, sezgirlik, bilimdonlikni shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Darhaqiqat, rivojlanish, yuksalish shiddat bilan roʼy berayotgan bir paytda, yosh avlodni maʼnan barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularni zararli axooronar va axborot xuruji taʼsirlaridan ximo lash eng dolzarb mavzulardan biriga aylandi. Nafaqat bizning jamiyatimizda balki, butun dunyoda inson salomatligi, ruhiyati, shaxs kamolotiga salbiy taʼsir etuvchi zararli axborotlar, maʼnaviy tahdidlar bugungi kunda oʼta dolzarbligi bois keng jamoatchilikning diqqat markazida turibdi. Hozirgi kunda internet dunyoda shiddat bilan rivojlanayotgan axborot texnologiyalari tizimining bir boʼlagi hisoblanadi. Bugun yurtimizning olis hududlariga ham internet kirib bordi. Shu bois, biz uni turli karashlar, fikr va gʼoyalar kesishgan virtual makon sifatida qabul qilamiz. Respublikaning turli hududlarida psixolog-pedagog, ota-onalar va oʼquvchi yoshlar oʼrtasida yoshlarning axborot xavfsizligini taʼminlash masalalarini oʼrganishga bagʼishlab oʼtkazilgan tadqiqot natijalari ertamiz egalari boʼlgan yoshlarni zararli axborot xurujidan va maʼnaviy tahdidlardan asrashda ijtimoiy-psixologik treninglar dasturini ishlab chiqishga turtki boʼldi. Ishlab chiqilgan seminar-trening dasturlarining amaliyotga tatbiq qilinishi esa yaqin kattalarga farzandlarni toʼgʼri tarbiyalash,zararli axborotlardan himoyalash, bolalarni psixologik, jismoniy va maʼnaviy salomatligiga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi va boshqa koʼrinishdagi xatti-harakatlarning oldini olishga yordam beradi. Ijtimoiy-pedagogik trening ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga kirib bormokda. Uning diagnostik tahlili, rivojlanish imkoniyatlari, kadrlar faoliyati mutaxassislarni, psixologlarni, pedagoglarni, psixoterapevtlarni korxona va tashkilot boshqaruvchilarini, tadbirkorlarni diqqatini tortmoqda. Ijtimoiy-pedagogik trening insonlar oʼrtasida sogʼlom munosabatga erishishni maqsad qilib qoʼyar ekan, uni tashkil qiluvchi va oʼtkazuvchi shaxslar ham trening mashgʼulotini oʼtkazish tartib-qoidasini mukammal bilishi lozim. Trening oʼtkazuvchiga qoʼyiladigan asosiy shart va talablardan biri, u muloqot jarayonining barcha qirralarini yuqori kasbiy darajada egallab, bevosita trening mashgʼuloti jarayonida qoʼllay olishdir. Trening davomida shaxslararo munosabatlar va muloqot qilish, qatnashuvchilar orasida oʼzaro hurmat, oʼz-oʼziga ishonch, erkin fikrlash, erkin tutish, oʼz bilimini salbiy va ijobiy tomonlarini tahlil qilish bilan birgalikda psixologik himoya kabi sifatlarini shakllantirib boradi. Ijtimoiy-psixologik trening, psixologiya yoʼnalishiga kiradigan “Umumiy psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Oila psixologiyasi”, “Psixodiagnostika va psixokorrektsiya” kabi fanlar bilan uzviy bogʼliq. Shuningdek, ushbu fanlar yoʼnalishi boʼyicha fikrlarga tayanib, bilimlarni chuqurlashtiradi va yuqorida koʼrsatilgan fanlar uchun ham maʼlum darajada yangi maʼlumotlar beradi. Trening oʼtish jarayonida qoʼllaniladigan interfaol usullar, trening mashgʼulotlarida foydalaniladigan turli xil metodikalar, mashq va oʼyinlarning tavsifi, ularni tahlil qilish usullaridan foydalaniladi. Ijtimoiy-psixologik trening, faollikni oshirish, hamkorlik faoliyatini shakllantirish, muomala va munosabat muammosi bo‘yicha amaliy faoliyatga kirishuvchilar, psixologlar va pedagoglar uchun foydalidir. Ijtimoiy-psixologik trening faol o‘qitish usullarini, maqsad va vazifalarini, guruhlar bilan ishlash qoidalarini, zamonaviy psixoterapiya usullarini, ishtirokchilarni har qanday vaziyatlarda psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatini ochishga yordam beradi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling