O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet9/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

Yon berish — yuqorida aytilgan holatga o‘xshashroq, biroq farqliroq. Kishi o‘zidan yoshi katta yoki mansabi katta kishi oldida o‘z manfaat va istaklarini to‘la ifoda etolmay o‘zini tobe his etadi. Agar yuqoridagi misolda tobelik o‘zga kishi tazyiqi ostida vujudga kelsa, yon berish pozitsiyasida shaxs o‘z ixtiyori bilan shu xil munosabat tarafdori bo‘ladi, lekin ma’lum vaqt va natijalardan so‘ng unda ichki qoniqmaslik hislari paydo bo‘la boshlaydi, bunday qoniqmaslik hislarining ortib borishi natijasida yon berayotgan kishisiga nisbatan ichki norozilik kelib chiqadi. Yon berish insonni passivlikka undaydi, uning ichki tashabbusini bo‘g‘ib qo‘yadi va erkinligini cheklaydi. Ko‘p jihatdan bu pozitsiya ham muqarrar nizolarga olib keladi. Bunda shaxs muloqot jarayonida yon berishga majbur emas, lekin u yon berishga burchliman deb hisoblaydi. Masalan: qaynona-kelin munosabati, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlarni aynan shu pozitsiyaga misol sifatida keltirsa bo‘ladi.

  • Passivlik – biron masalani hal etish lozim bo‘lgan vaziyatlardan shaxsning o‘zini olib qochishi, turli bahonalar bilan karorni orqaga surishini anglatadi. Ko‘pincha bu xil harakat nizoli vaziyatlarni hal etish jarayonida namoyon bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki, passivlik-nizodan qochish emas, balki masalani uzil-kesil hal etishdan qochishdir. Muammoni issig‘ida hal qilish kerak, uni hal qilishni cho‘zib yurish kerak emas. Chunki nizoni hal etishdan qochganimiz bilan nizo o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Bu o‘rinda o‘kuvchida shunday e’tiroz tug‘ilishi mumkin: "Urushib qolgan ikki kishi vaqt o‘tishi bilan bir-birini kechirib ketishi ham mumkin-ku, buni qanday tushunish mumkin?” kabi. Bu e’tiroz tashqi tomondan qaraganda to‘g‘ri, lekin psixologik jihatdan tahlil qilinsa, ular atrofdagilar nazarida bir-birini kechirgandek ko‘rinsalarda, aslida ular ma’lum muddatgacha bir-birlariga nisbatan ichki norozilik holatida qolaveradilar.

  • Kompromiss – ya’ni kelishuvchanlik. Bahsli vaziyatlarda “Sen ham yutqizma, men ham yutqizmay” qabilida ish tutish, munozarali vaziyatdan ikkala tomon ham xafa bo‘lmay chiqib ketish imkoniyatini izlashdan iborat bo‘lgan holdir. Albatta, bu yuqorida sanab o‘tilgan munosabat tiplarining orasida eng samaralisi, lekin bu xil munosabat vaziyatni aynan hozir hal etishga, “keyin nima bo‘lsa bo‘lar” qabilida ish tutishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda minus tomoni shundaki, muammoni oxirgacha hal etilmasa, bora-bora baribir nizo kelib chiqishi mumkin.

  • Hamkorlik – bu holat barcha ishtirokchilarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda bo‘lish va muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. Har qanday muloqot jarayonida hamkorlikka erishish uchun erishiladigan oxirgi natija ikkala tomonning ham manfaatlarini qondirishi va ularning qiziqishlariga mos kelishi kerak. Oilaviy munosabatlar, ishxonadagi vaziyatlar va turli hollardagi insoniy munosabatlarda bu usul juda ko‘p qo‘llaniladi. Hayotiy vaziyatlarda faqat o‘zining manfaatinigina emas, balki, boshqalarning manfaatlari haqida ham qayg‘urish hamkorlik munosabatlarining garovi hisoblanadi.



    Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling