O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Download 0.51 Mb.
|
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqobat usuli
1.3 Trening turlari
Ijtimoiy-psixologik trening mashg‘ulotlarini turli-tuman yo‘nalishlarda olib borish mumkin. Har bir trening o‘tkazilish tartibiga ko‘ra o‘z oldiga maqsad qo‘yib unga erishishga harakat qiladi. 1. Muloqotchanlikni oshirishga qaratilgan treninglarning yagona maqsadi ishtirokchilarda muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish va oshirish. Bunday trening mashg‘ulotlarini o‘tkazish ishtirokchilarda, ya’ni kuzatuvchanlikni oshiradi: muloqotga kirishayotgan kishining so‘zlari bilan mos kelmayotgan holati, mimikasi, imo-ishoralarini o‘qiy bilishga, ularni tahlil qilish va sherigining xulq-atvorini oldindan bilishga yordam beradi, turli xil vaziyatlarda sherigi, suhbatdoshi bilan muloqotga kirisha olish yo‘llarini egallashga o‘rgatadi; nizoli va muammoli vaziyatlarda xulq-atvorini me’yorida ushlab turishga o‘rgatadi; boshqalarni, o‘zini, shuningdek odamlar orasidagi munosabatlarni yaxshiroq tushunishga o‘rgatadi, shaxsning o‘z-o‘zini anglash jarayonini tezlashtiradi; o‘zi va suhbatdoshining emotsional holatini solishtirihga, o‘zi-dagi emotsional zo‘riqish va o‘ziga ishonchsizlik kabilarni pasaytirishga o‘rgatadi. Muloqot treningining maqsadi - muloqot jarayonida vujudga keladigan nizoli va muammoli vaziyatlarni yechishga o‘rgatish, aynan shu sohada ba’zi ma’lumotlarni ta’kidlab, mulohaza yuritishga undash. Odatda o‘zaro munosabatda bo‘layotgan odamlar - muloqot ishtirokchilari turli xil pozitsiyalardan kelib chiqqan holda o‘zaro munosatbatlarda bo‘ladilar. Bu pozitsiyalar ko‘p jihatdan muloqot ishtirokchilarining o‘zaro holatiga, muloqot natijasiga ta’sir etadi va keyingi munosabatlar mazmunini belgilaydi. Insonlar o‘zaro munosabatlarda qanday pozitsiyada turib muloqot kurishlariga qarab 5 xil munosabat tiplari farqlanadi: Raqobat usuli — muloqot jarayonidagi bir kishining ikkinchi kishi ustidan hukmron bo‘lishi va uning vaziyatni butunlay boshqarish niyatida muloqot qurayotganligini anglatadi. Odatda, katta yoshlilar va kichiklar o‘rtasida, rahbar va unga tobe xodim munosabatlarida shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. Bunda birinchi tomon o‘z ustunligidan foydalangan holda ikkinchisining ustidan o‘z fikrini namoyon etadi. Tabiiyki, o‘zini tobe deb his etayotgan odamda ichki noqulaylik va zo‘riqishlar yig‘ilib boradi, psixologik til bilan aytganda yashirin nizo yig‘ilib boradi. Bu esa, vaqti kelib kattaroq nizolarning paydo bo‘lishiga va o‘zaro munosabatlarning yomonlashuviga olib keladi. Masalan, kechga qolgan talaba o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotga qo‘yilmaydi, o‘qituvchining bunday qarori talabaga yoki auditoriyadagi boshqa talabaga yoqmaydi, lekin ular o‘qituvchining aytganini qilishga majbur, bu esa talabada o‘qituvchiga nisbatan norozilik hissini keltirib chiqaradi, u o‘zidagi norozilik holatini dars jarayonida ifodalashga harakat qiladi. Ya’ni, o‘qituvchining jig‘iga tegadigan xulq-atvor yoki xatti-harakatlari bilan o‘qituvchining dars o‘tishiga xalaqit berishi mumkin. Tabiiyki, bunday holatlar o‘qituvchi tomonidan ham ijobiy qabul qilinmaydi. Oqibatda, bora-bora ular orasidaraqobatli vaziyat kelib chiqishi va hatto boshqalar ham aralashuvigasabab bo‘ladigan nizoli holatlar ro‘y berishi mumkin. Bunday holatlar rahbar-xodim o‘rtasidagi munosabatlarda ham uchraydi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling