O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


*Intizomga qat’iy rioya qilish


Download 0.51 Mb.
bet5/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

*Intizomga qat’iy rioya qilish. Bunda har bir guruh a’zosi mashg‘ulotga o‘z vaqtida kelishi va ketishi kerakligi zarurligini his etib, bunga qat’iy amal qilishi lozim. Chunki mashg‘ulotga kechikib kelish ba’zi bir ishtirokchilarning jahlini chiqarishi, g‘ashiga tegishi, mashg‘ulotlarning to‘xtab qolishi va noroziliklarga olib kelishi mumkin.
*“Maxfiylik". Mashg‘ulotda bayon etilgan kimningdir, aniqrog‘I biror-bir guruh a’zosining hayotiga oid hissiyot, fikr, axborotlar chetga chiqmasligi lozim.
*"Shu yerda va hozir”. Guruhdagi muomala-munosabat mashg‘ulot jarayoniga bevosita aloqador, ya’ni hozirgi zamonga bog‘liq bo‘lishi zarur. Hattoki ishtirokchilardan birortasi o‘tgan zamondagi voqeani hikoya qilayotganda ham, uning shu yerda va ayni paytda nimani his qilayotganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, har bir ishtirokchi barcha muammolarini unutib, o‘zini faqat "shu yerda va hozir" holatida his qilishi lozim.
*Fikrni birinchi shaxs tomonidan bayon etish. Bunda doimo mulohazalar "Menimcha...", "Mening fikrimcha...", "Mening o‘ylashimcha..." qabilida bayon etilishi maqsadga muvofiqligi uqtirilishi kerak.
*Bir-birini imkon darajada ismi bilan chaqirish. Bu ishtirokchilarning o‘zaro teng munosabatlarini ta’minlaydi.
*"Yagona mikrofon” normasi. Bir ishtirokchi so‘zlayotganda, boshqalar unga diqqat bilan quloq solishi va gapini bo‘lmasligi, bir-birining shaxsini hurmat qilishlari lozim. Kimdir gapirayotganida boshqa birovning unga quloq solmasligi so‘zlovchining shaxsiyatiga tegishi va u keyingi bahslarda o‘z munosabatini bildirishdan bosh tortishiga olib kelishi mumkin. Bu esa trening samarasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimolini keltirib chiqaradi.
*"Trening mashg‘ulotini boshidan oxirigacha qatnashish”. Bu ishtirokchilarda mas’uliyatni vujudga keltirish uchun zarur bo‘lgan tamoyildir.
*“Ixtiyoriylik”. Mashg‘ulot davomida o‘z mulohazalarini bayon qilish, munozaralarda, o‘yin va mashqlarda ishtirok etishda ixtiyoriylikni joriy qilishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling