1.Intervyu usuli. Bunda ishtirokchilar trener tomonidan juftliklarga bo‘lib chiqiladi. Buning uchun ishtirokchilar mevalar, gullar, daraxtlar, hayvonlar, qushlar va h.k.larning qaysi birini yoqtirishiga qarab ajratiladi. Guruhga bo‘linayotganda 1,2,3 deb raqamlar asosida guruhlarga bo‘lish tavsiya etilmaydi. Juftliklarga bo‘linganlaridan so‘ng ular bir-birlaridan intervyu oladilar. Buning uchun savol-javoblar uchun ularga 10-15 min. vaqt beriladi. Shundan keyin har bir ishtirokchi o‘zining sherigini guruh a’zolariga qisqa, lo‘nda va iloji boricha batafsilroq tarzda tanishtirishi lozim bo‘ladi.
2.Videozapis usuli-bunda trener tomonidan har bir ishtirokchi alohida jihozlangan xonaga chaqiriladi va u guruh a’zolariga o‘zi haqida nimalarni aytib berishni istasa, shuni gapiradi. Barcha ishtirokchilar o‘zi haqidagi ma’lumotlarni videotasmaga tushirib bo‘lganlaridan so‘ng, ularning hammasi xonaga taklif etiladi va tasma yozuvi qo‘yib beriladi.
3.Kartochkalar usuli-har bir ishtirokchi trener tomonidan tarqatilgan maxsus kartochkaga o‘zi to‘g‘risida niman tanishtirishni istasa, o‘shani yozadi. Kartochkalarni tablichkaga o‘xshatib hamma o‘z oldiga qo‘yib qo‘yishi, oldiga yoki orqasiga ilib olishi ham mumkin. Hamma bir-birining kartochkasini o‘qib o‘zaro tanishadi. Ko‘pincha treninglarda tanishuv jarayonida ishtirokchilardan ismini aytish bilan birga muloqotga kirishish jarayoniga salbiy va ijobiy ta’sir etuvchi jihatlarini ham aytib o‘tish so‘raladi.
Treningni to‘rtinchi bosqichi bu - kutishlar bosqichi bo‘lib, guruh a’zolarining har biridan treningdan nimalar kutayotganligini so‘raladi. Trener ulardan bugungi treningdan nimalarni kutayotganligini ya’ni kutilmalarini bilib shunga qarab o‘z ishini rejalashtiradi. Bunda guruh a’zolari aylana bo‘ylab o‘zlarining treningdan kutilmalarini, xavotirlari va e’tirozlarini aytib chikishlari so‘raladi. Trener barcha ishtirokchilarning fikrlarini ularga baho bermasdan, muhokama qilmasdan, hayron bo‘lmasdan, xayrixohlik bilan eshitishi lozim. Shundan so‘nggina guruh ishlash uchun tayyor hisoblanadi va mashg‘ulotlarni boshlash mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |