O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari


Download 0.51 Mb.
bet10/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

1.4 Trening mashg‘ulotlarini olib borish usullari
Bahs va munozara yo‘li bilan turli ijtimoiy muammolarni hal qilish masalasiga qiziqish XX asrning 30-yillaridan boshlangan. Chunki ayni bu hodisaga qiziqish shu davrga kelib pedagogika va psixologiya sohalarida ham keng tarqalgan. Bu haqida birinchi ilmiy psixologik xulosalarni qilgan olim shvetsariyalik psixolog Jan Piajedir. U bola ijtimoiylashuvi jarayonini o‘rganar ekan, uning o‘z tekshiruvlari bilan turli mavzularda qiladigan munozara yoki bahslari undagi egoistik shaxsiyatparastlik mavqeini susayishi va shu tariqa o‘z-o‘zini anglash bilan bir qatorda o‘zgalar mavqelarini anglash va “o‘zga shaxs bo‘la olish” qobiliyatini o‘stirishni aniqladi. Keyinchalik shunga o‘xshash tadqiqotlar sof ijtimoiy psixologik hodisalar doirasida ham o‘rganila boshlandi. Masalan: nemis olimi Kurt Levin ham 40-yillardayoq guruhda ko‘pchilikning yagona bir qarorga kelishining psixologik tabiatini o‘rganar ekan, unda ana shu guruhlarda o‘tkaziladigan tabiiy munozaralar har bir shaxsning ijtimoiy ustanovkalari, qarashlari va guruhga bo‘lgan munosabatini bevosita ta’siri borligini isbotladi. Uning fikricha, guruhdagi munozara har bir shaxsning guruhiy faoliyatiga nisbatan motivatsiyasini oshirib, shu bilan birga har qaysi a’zoning guruhiy jarayonlariga qo‘shilishi, o‘z mavqeini anglash, o‘zgalarga nimadir deyish kabi ehtiyojini oshiradi. Erkin, demokratik tarzda fikr almashinish imkoniyatining yaratilishi muhokama qilinayotgan muammo buyicha guruh a’zolaridagi fikrlash jarayonini tezlashtiradi, ularning ijtimoiy mavqelarini yanada faollashtiradi. Ilmiy nuqtai nazardan olib qaraganda, munozaralarning mohiyati va ahamiyati izohlanadi
An’anaviy ma’ruza tinglovchilar tanishtirilayotgan muammoga nisbatan taxminan bir xil neytral mavqeni bildiradilar, agar o‘zlarida to‘g‘ri fikrlar paydo bo‘lsa ham, ma’ruzachini fikri to‘g‘riroq va asosliroq deb hisoblab, shaxsiy fikrini past deb baholaydi. Agar bayon etilayotgan fikrlar yangi bo‘lsa, uning mohiyatiga to‘la
tushunib yetish va tushunish qiyin, degan ma’noda yana fikriy pasayish yuzaga keladi. Har qanday sharoitda ham shaxsning o‘z boshidan kechirganlarini o‘zgalarga ayta olishi va boshqa fikrlarni qabul qila olishi kata ijtimoiy ahamiyatga egadir. G‘arb mamlakatlarida keng tarqalgan “Trening guruhlar metodi ham aynan turli hayotiy voqealarni tahlil qilish vositasida fikrlar uyg‘unligiga erishish va shaxsni tarbiyalash imkoniyatini yaratadi. Munozara metodlarining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki ular har bir shaxsning o‘z nuqtai nazarini ma’qullashga imkon yaratib, undagi tashabbuskorlik, muloqotdagi bilimdonlik hamda o‘z aqliy salohiyatidan to‘liq foydalanish imkoniyatini beradi. Ya’ni, ushbu turkum metodlarining vazifalari ham uning ahamiyatli maqsadlaridan kelib chiqadi:

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling