O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


O‘yinni o‘tkazish bosqichlari


Download 0.51 Mb.
bet13/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

O‘yinni o‘tkazish bosqichlari

  • *o‘yin qoidalarini o‘yinning mohiyati va mazmunini tushuntirmasdan oldin tanishtirish maqsadga muvofiq va bunda eng yaxshi usul har bir ishtirokchi qoidalarga rioya qilishini og‘zaki tasdiqlashilozim.

  • *rolli o‘yinlar o‘tkazilishi uchun ma’lum vaqt belgilanishi kerak, belgilangan vaqt ishtirokchilarga e’lon qilinadi va trener tomonidan nazorat qilib boriladi;

  • *trener o‘yin qoidalaridan so‘ng o‘yin maqsadini tushuntiradi (nima uchun bu o‘yin o‘tkazayapti). O‘yinning mazmuni o‘qib beriladi yoki u aks etgan kartochka ishtirokchilarga tarqatiladi va ularga o‘zini qanday tutishi lozim bo‘lgan ma’lum bir vaziyat yoki holat taklif etiladi;

  • *rolli o‘yin tugaganidan so‘ng hosil qilingan tajriba muhokama qilinadi. Trener rolli o‘yin qatnashchilariga fikrlarini bayon qilishlari uchun ko‘maklashadi. Fikrlarni bayon etish ham qoida asosida ma’lum tartib va shaklda amalga oshiriladi. Har bir qatnashchining o‘z kechinmalari va fikrlarini bayon qila olishi juda muhimdir, buning uchun trener o‘yin jarayonida qatnashchilarda namoyon bo‘lgan har bir hissiyotning yuzaga chiqishini qo‘llab-quvvatlab, rag‘batlantirib

  • borishi zarur; “agar birorta o‘yin qatnashchisi o‘z kechinmalari bilan o‘rtoqlashishni istamasa, uning bu istagini albatta inobatga olish kerak.

Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan o‘yinlar
Guruhlarda birgalikda o‘tkaziladigan o‘yinlarda g‘olib va mag‘lublar bo‘lmasligi va hech kim o‘zini yakkalanib qolganday his qilmasligi kerak. O‘yin bu – vaqtixushlik qilishdir va u o‘yin ishtirokchilarida umumiylik, mushtaraklik hissini vujudga keltiradi. O‘yinlar bolalarda ham, kattalarda ham boshqalarga ishonch, diqqatni jamlash, kirishimlilik va o‘zaro muloqot kabilarga ko‘nikma, malakalar hosil qiladi. Shu tarzda o‘yinlar ishtirokchilarning nafaqat aqliy jihatdan, balki umuman shaxs sifatida rivojlanishiga ham katta yordam beradi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling