O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet12/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

1.6 Rolli o‘yinlar
Rolli o‘yinlar hayotiy vaziyatlar va munosabatlar modellashtiriladigan, maxsus tashkil qilinadigan o‘yinlardir. Ular shaxslararo munosabatlar harakterini anglash, bu munosabatlarni yaxshilash ishida qo‘l keladi. Trening jarayonida rolli o‘yinlar ko‘pincha turli ijtimoiy rollarni bajaruvchi kishilar orasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish uchun taklif qilinadi. Ijtimoiy rollarga biz hayotda o‘zimiz sezmagan holda juda ko‘p duch kelamiz. Er, xotin, ota, o‘g‘il, ona, qiz, yo‘lovchi xizmatchi, talaba, o‘qituvchi, boshliq va h.k. bular faqat inson ekanligimizni anglatuvchi tushunchalargina emas, balki muayyan ijtimoiy rollar hamdir. Ulardan har biri o‘z yo‘l-yo‘riqlari va xulq-atvor qoidalari, normalariga ega. Rolli o‘yinlarda asosan muloqot yoki munosabatga kirishish o‘rganiladi. O‘z pozitsiyamizni o‘zgalarnikiga moslashtirish jarayonida munosabatlarning yangi usullarini ishlab chiqishimiz mumkin. Bunda odatlanilgan xulq-atvorning yaxshi va yomon jihatlari yaxshiroq anglanadi yoki boshqa ishtirokchilar bilan bevosita muloqot jarayonida yangi xulq-atvor ko‘rinishlari shakllantiriladi. Rolli o‘yinlarda xulosa chiqarish, tajriba to‘plash, uni anglash va kundalik hayotga tadbiq etish muhimdir.
Rolli o‘yinlarni o‘tkazish qoidalari
Qoidalar nafaqat o‘yinga, shuningdek uning yakunlarini muhokama qilishga ham tegishlidir. O‘yin qoidalari o‘yinning mazmunidan kelib chiqqan holda ishlanadi, bunda o‘yindagi o‘zaro munosabatlar va tajriba almashishga katta ahamiyat berish zarur.
1. O‘yinda qatnashayotganda har bir ishtirokchi o‘zi va o‘zgalar bilan samimiy munosabatda bo‘lishi, taklif qilingan rolga mas’uliyat bilan yondashishi lozim.
2. Tajribalarni o‘rtoqlashayotganda ishtirokchilarning fikri trenerning fikriga mos kelmagan holda ham trener ularning nuqtai-nazarini hurmat qilishi zarur. Shuning uchun hamma bir-birining fikrini bo‘lmasdan, diqqat bilan eshitib, boshqa ishtirokchilarning o‘yin jarayonida nimalarni his qilganligini tushunishga harakat qilishi zarur.
3. Muhokamada barcha ishtirokchilar faqatgina o‘z kechinma va hissiyotlari haqida gapirishi, boshqalarning xatti-harakatini tahlil qilmasligi shart. Ularning fikrini, tajribasini o‘zidan eshitgan ma’qulroq,

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling