O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga. asosiy, muhim narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o‘rgatadi


Download 0.51 Mb.
bet11/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

a) munozara qatnashchilarini real vaziyatlarni tahlil qilishga. asosiy, muhim narsani nomuhim narsadan ajratishga va muammoni anglashga o‘rgatadi;
b) o‘zgalar fikri, gapirish mahoratini kuzatish va shu asosida shular bilan hamkorlikda ishlashga undaydi,
v) muammoga taalluqli rang-barang qirralarni ajratish, ular mohiyatini anglash imkoniyatini yaratadi:
g) muammoning turli muqobil yechimlari bo‘lishi mumkinligini namoyish qiladi.

1.5 Ijtimoiy-pedagogik treningni tashkil etuvchi shaxs bilimdonligini oshirish muammosi
Ijtimoiy-psixologik trening insonlar o‘rtasidagi sog‘lom munosabatlarning bo‘lishiga erishishni maqsad qilib qo‘yar ekan, uni o‘tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs o‘z ishini mukammal bilishi va faoliyat samarasini ta’minlovchi usullarni qo‘llay olishi asosiy omillardan biridir. Trening o‘tkazuvchiga qo‘yiladigan asosiy shart va talablardan biri shuki, u muloqot jarayonining barcha kirralarini kasbiy va psixologik jihatdan mukammal darajada egallab, nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo‘llay bilishdir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar deb atashadi. Demak, trening mashg‘ulotlarini uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotlarda eng avvalo e’tibor berilishi zarur bo‘lgan tomoni u yerda ijtimoiy psixologik trening olib boruvchilarni o‘qitish, tayyorlash, ulardan trening o‘tkazuvchi mutaxassislarni shakllantirishdir.


Trener shaxsiga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:
Trener avvalo o‘zgalar shaxsiga xos bo‘lgan xususiyatlarni juda yaxshi bilishi va bundan inglizlar aytganidek: « O‘zgalar psixologiyasini bilish - ular ustidan xukmronlikning bir shaklidir» degan naqlni esdan chiqarmaslikdir, lekin bunda pedagogik altruizm ya’ni, o‘zgalar manfaatini o‘zinikidan ustun qo‘yish xislati, o‘zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur. Har qanday chigal yoki ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishgina emas, balki uni oldini ola bilish, vaziyat to‘g‘ri kelganda esa bartaraf etib, ishtirokchilarga to‘g‘ri maslahat bera olishi, empatiya, ya’ni o‘zgalar holatlarini chukur his qila olish qobiliyatining mavjudligi, o‘zgaruvchan, moslanuvchan akl sohibi bo‘lish, kutilmagan holatlarga o‘zini oldindan tayyorlash, o‘zini yo‘qotmaslik, o‘z xatti-harakatlarini doimo ma’lum maromda ushlash va kerak bo‘lsa o‘zidagi motorikani rivojlantira olish, o‘zgalar nutqi, reaksiyalarini aniq tushunish va tinglash, mimika va mohiyatlar harakatini to‘g‘ri talqin etish va tushunish, tinglovchilar va o‘yin ishtirokchilarining ehtiyojlari va qiziqishlariga qarshi bormasligi, rejalashtirish qobiliyatining bo‘lishi, oldindan kutilayotgan jarayonning barcha muhim va nomuhim jihatlarini oldindan taxminan bo‘lsa ham tasavvur qilib, aniq reja tuza olishi, o‘ziga ishonch, e’tiqodning mavjudligi, real tafakkur va irodaning bo‘lishi ko‘zda tutiladi.
Boshlovchi trenerning asosiy vazifalari ham uning shaxsiga qo‘yiladigan talablardan bevosita kelib chiqadi. Ya’ni u:
a) avvalo ta’lim dasturiga ega bo‘lishi kerak;
b) dasturga mos ssenariylar tanlay bilish kerak bo‘lsa, har bir aniq holat va vaziyatga moslashtirish, mashg‘ulotlarni tashkil qilishda ham ushbu holatlarga e’tibor qaratish shart;
v) qatnashchilarning yoshi jinsi, kasbiy malakalari, madaniyat darajasi va ehtiyojlariga mos ravishda dastur va senariylarga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlar shakli, vakti, joyini ham yuqoridagi omillarga mos ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling