O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet18/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

Masalan savol: (Sizning bolangiz kompyuter qarshisida soatlab vaqtini o‘tkazadi)
Javob:

  • nobiy yechim: bolamga kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgataman.

  • salbiy yechim: o‘sha zahotiyoq kompyuterdan foydalanishni ta’qiqlab qo‘yaman.

Bu mashqni o‘tkazishdan asosiy maqsad muammoli va nizoln vaziyatlarni ijobiy hal etishga erishingdan iborat. Barcha ishtirokchilar vaziyatlarni ko‘rsatib berganlaridan so‘ng, trener AKT foydalanishning ijobiy va salbiy tomonlarini ochib beradi. Masalan: internetning ijobiy tomoni shundaki, yoshlarniz internet orqali o‘z bilimlari, dunyoqarashlarini kengaytirish maqsadida foydalanadilar. Bir necha tillarni o‘rganish va o‘zini qiziqtirgan savollarga tezlik bilan javob topish, o‘z tengdoshlari bilan mulqot qilish xamda intellektual saloxiyati rivojlanishiga xizmat qiluvchi bilimlarni o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligi tufayli bolalarning bilimini oshirishga xizmat qiladi. Birok, masalaning ikkinchi tomoni ya’ni, internet yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish barobarida, onginn zaharlovchi manba sifatida ham ta’sir o‘tkazayotgani hech kimga sir emas. Aynan, turli xil yot g‘oyalar, axborot xurujlari, shafqatsizlik, zo‘ravonlik kabi yoshlar ongiga ziyon yetkazishga sabab bo‘luvchi, pornografik, narkomaniya, foxishabozlikni targ‘ib qiluvchi dasturlarning mavjudligi uning salbiy tomoni bilan bog‘liq. Shuningdek, Akt foydalanilayotganda profilaktika juda muhim. Bolalar va o‘smirlarning kompyuterda uzoq vaqt ishlashi uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik xavfini oshiradi.

  • O‘n yoshgacha bo‘lgan bolalar ekranga 15-20 daqiqadan ko‘p qarashi mumkin emas.

  • O‘smir bolalar esa 2-3 soatdan oshiq kompyuter qarshisidavaqt o‘tkazmasligi tavsiya etiladi.

Bu qoida nafaqat bolalar, balki yoshi kattalarga ham taallukli. AKTdan foydalanilganda va yaqin masofaga masalan, kitobga, monitorga qaraganda ko‘z taranglashadi. Demak, har 20 daqiqada ko‘zga dam berib turish kerak. Mashq tugagandan so‘ng trener ishtirokchilarga bolalarni axborot xurujlaridan himoyalash bo‘yicha tavsiyalarni tarqatma material sifatida tarqatadi. (5-ilova)

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling