O`zbekiston pespublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 0.51 Mb.
bet17/25
Sana28.12.2022
Hajmi0.51 Mb.
#1011348
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
Ijtimoiy-pedagogik treningga qo’yilgan talablar va uni tashkil etish

2.3. 2-sessiya. Asosiy qism
Aqliy hujum. Ishtirokchilarning mavzuga oid bilimlarini aniqlash maqsadida trener ishtirokchilarga “Axborot xavfsizligi nima?” savoli bilan murojaat qiladi. Ishtirokchilar taqdim qilingan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarni bildiradilar. Trener hamma javob variantlarini diqqat bilan eshitib bo‘lgandan so‘ng, ishtirokchilarning fikrlarini umumlashtirib, sizlar to‘g‘ri aytdilaringiz “Axborot xavfsizligi bu - bolaning xavfdan himoyalanishi ya’ni, psixologik, jismoniy va ma’naviy salomatligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazishi bilan bog‘liq holatdir.
Kichik ma’ruza: «Bolalarni zararli axborotlar ta’siridan himoyalashda yaqin kattalarning o‘rni»
Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

  • shaxsning axborotdan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar va kafolatlarni yaratish;

  • shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash;

  • shaxsni axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko‘rsatilishidan himoya qilish.

Trener yoshlar va voyaga yetmaganlarning axborot xavfsizligiga xavf soluvchi vositalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tadi:

Shuningdek, matbuotlarda e’lon qilinayotgan ba’zi axborotlar orqali ta’sir qilishini kuzatishimiz mumkin. Masalan: internet kuyidagilar bilan zararli axborotlarni tarqatish uchun qulay hisoblanadi:

  • internetga kirishning osonligi;

  • foydalanuvchilar sonining ko‘pligi;

  • aloqaning anonimligi;

  • tashqaridan boshqarish va tahrir qilish cheklangani,

  • axborotlar qisqa muddatda keng makonda tez tarqalishi;

  • matn, tasvir va ovoz uyg‘unligidagi axborotni joylash kabi qulayliklarni mavjudligi.

Trener axborot xavfsizligi tushunchasini mazmun, mohiyatini ochib bergach, bolalar uchun zararli bo‘lgan axborotlarni keltirib o‘tadi:

  • millatlararo adovat uyg‘otuvchi, terror va urush targ‘ib etuvchi,

  • buzuqlik, xayosizlikni ifodalovchi;

  • odobsizlik, axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi;

  • sog‘liqqa ziyon yetkazuvchi

  • shafqatsizlik, vahshiylik, zo‘ravonlik,

  • jinoyatchilikni oqlovchi va targ‘ib qiluvchi

  • diniy ekstremistik g‘oyalarni ilgari suruvchi,

  • alkagol, tamaki va giyohvand mahsulotlarni iste’mol qilishga qiziqish uyg‘otuvchi:

  • bola ruhiyatiga ziyon yetkazuvchi hayot to‘g‘risida noto‘g‘ri qarashlar uyg‘otadigan boshqa axborotlar.

Shundan so‘ng, trener ishtirokchilarga "Bolalar o‘rtasida axborot xurujlarining yana qanday ko‘rinishlari mavjud?" savoli bilan murojaat qiladi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan javoblar bahs munozara tarzida olib boriladi. Baho, munozara ishtirokchilarning muhokama qilinayotgan mavzuga qiziqishini oshiradi, ularga o‘z fikrini bayon qilish va boshqalarning fikrini eshitishiga imkon beradi. Bundan tashqari, bahs, lunozara davomida muammo yechimining turli yo’llari topiladi, guruhning birlashishiga va o‘zaro mustahkamlanishiga olib keladi.
Bumerang" metodi (1,2,3,4-ilovalar) Mazkur interfaol usulning maqsadi ishtirokchilarni faollashtirish guruh va jamoada ishlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, ishtirokchilarning turli mazmundagi mavzularni o‘rganishga va yaxshi o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Trener ishtirokchilarning soniga qarab auditoriyani guruhlarga bo‘ladi:

  • har bir guruhga mavzuga oid bo‘lgan materiallar tarqatiladi,

  • ishtirokchilar 3 daqiqa ichida berilgan axborotlarni o‘qib chiqadilar:

  • trener ishtirokchilarga berilgan materiallarni yig‘ib oladi,

  • har bir ishtirokchi o‘zi tanishib chiqqan axborotini guruh a’zolariga tushuntirib beradi va bir mashg‘ulot davomida ishtirokchilar turli xil axborotlar bilan tanishib chiqadi;

  • ishtirokchilar topshiriqlarni bajarish paytida, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida bo‘ladilar;

  • topshiriq bajarilgandan so‘ng trening barcha guruhlarga savollarni beradi va ishtirokchilar o‘z javoblarini og‘zaki shaklda bayon qilishlari mumkin.

«Bumerang» mashqi xotirani mustahkamlab, fikrni erkin ifoda qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuning bilan trener mashqni tugallab yakuniy hulosa qiladi.
Doira” mashqi Trener ishtirokchilarning barchasini doira bo‘lib turib olishlarini so‘raydi. Trener qopga solingan va mavzuga doir bo‘lgan turli xil muammoli savollarni ishtirokchilarga tarqatadi. Ishtirokchilar qopcha ichidan olgan o‘rama qog‘ozlarni ochib o‘qiydilar. Tayyor bo‘lgan ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirgan holatda nizoli vaziyatlarni ijobiy hamda salbiy hal etish yo‘llarini aytib berishlari kerak bo‘ladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling