O`zbekiston Raspublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi
Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar
Download 346.88 Kb.
|
Bibliografik ma’lumotlar bazalari.
1.2.Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar
Bir vaqtning o'zida bu jarayonda zarur axborot to‘planadi va unga baho beriladi, olingan ma’lumotlar umumlashtiriladi, tegishli maqsadga qaratilgan yo'nalishda va shaklda axborot uzatiladi. Bibliografik aniqlash — belgilangan mezonlarga kokra hujjat la mi bibliografiyalash obyekti sifatida aniqlash jarayonidir. Bibliografik tanlash — tanlangan materiallar orasidan keyingi bibliografik ishlovga mos holda hujjatlami ajratib olish. Bunda hujjatning ilmiy ahamiyati, axborotga tolaligi, obyektivligi, bibliografik axborotga mosligi hisobga olinadi. Bibliografik qidirish — bibliografik ma’lumotlarga asoslangan axborot qidiruvi. Bu manzilli, mavzuli, aniqlovchi, faktik va boshqa xil bo‘lib, zamonaviy axborot resurslarini, bibliografik q o ‘llanm alarni, ma’lum otlar bazasi va ma’lumotlar bankini bilishga asoslanadi hamda ilmiy asoslangan 19 dastur asosida olib boriladi. Bibliografik qidiruvning umumiy dasturi o ‘ziga xos mantiqiy zanjirni hosil qiladi va maqsadga hamda ilmiy natijalarga erishishga qaratilgan boiadi. Bibliografik ishlov —bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalar, bibliografik ko‘rsatkichlar, qo‘llanmalar va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik tavsifni tuzish, bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini shakllantirish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va boshqa elementlarni berish bo‘lib, uning maqsadi hujjatni tanlash, o ‘rganish, o ‘qish, ko‘rib chiqish, qo‘shimcha materiallar bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish, tanqidiy maqolalarni ko‘rib chiqish jarayonida u haqda to‘liq axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat. Asarni indekslashga asarni mazmuniga ko‘ra bilim sohalari yoki fan tarmoqlari bo‘yicha sistemalashtirish va predmetlashtirish kiradi. Sistemalashtirish — belgilangan axborot-qidiruv tili qoidasiga ko‘ra indekslar qo‘yib chiqish va shu asosda tartiblashtirishdan iborat. Predmetlashtirish — predmet rubrikalari tili yordamida predmetli indekslash. Bibliografik guruhlashtirish — bibliografik yozuvni hujjatlarning xususiyatlariga ko‘ra ajratish. Maqsad — samarali axborot berish uchun bibliografik yozuvni tartibga solish, bir tizimda yetkazib berish. Bibliografik faoliyatda bibliografik tavsifni tuzish muhim va mas’uliyatli jarayon hisoblanadi. Bibliografik tavsifni tuzishga oid bir qator standartlar qabul qilingan. Lekin hali shu kunga qadar 0 ‘zbekiston kutubxonalari uchun alohida GOST qabul qilinmagan, barcha respublikalar kabi bizda ham GOST 7.1.-84, GOST 7.12-93, GOST 7.1-2003, GOST 7.40-82, GOST 7.70- 2003 lardan foydalaniladi. Bibliografik tavsif bir qancha elementlardan iborat. Tavsif elementlari majburiy va fakultativ elementlardan tashkil topadi va quyidagi tavsif sohalarini aks ettiradi: Tavsif boshi. Sarlavhalar va javobgarlik haqidagi soha. — Nashr sohasi. — Chiqish та lum otlari sohasi. — Son/i xarakteristika sohasi. — Seriyalar sohasi. — Eslatmalar sohasi.- Xalqaro standart kitob raqamiy bahosi va adadi sohasi. Har bir soha boshqasidan nuqta va chiziqcha bilan ajratiladi. Har bir element ma’lum bir ma’noga ega bo'lgan bibliografik belgi bilan ajratiladi va ular matnni tushunishga, bibliografik 20 axborotni tayyorlashni avtomatlashgan holda olib borishga yordam beradi. Sohalar va elementlar uchun quyidagi belgilar qo‘llaniladi: (.-) nuqta va chiziqcha; (.) nuqta; (,) vergul; (:) ikki nuqta; (;) nuqtali vergul; (/) qiyshiq chiziq; (//) ikkita qiyshiq chiziq; (( )) dumaloq qavs; ([ ]) kvadrat qavs; (+) qo‘shuv; (=) barobar. Bibliografik ma’lumotlar nashrda qanday berilgan bo‘lsa, shundayligicha olinadi. Qo‘shimcha ma’lumotlar kutubxona kataloglaridan, ma’lumotnoma nashrlardan, bibliografik ko^rsatkichlardan olinadi. Bibliografik ma’lumotlar uchun muqova, sarvaraq, avantitul, titul varag‘i orqasi, asar matni xizmat qiladi. Monografik bibliografik t avsif namunasi quyidagicha (majburiy elementlar qora rangda berilgan). 3-rasm Nashiryot biblografiyasi. Bibliografiya (yunoncha: biblion kitob va... grafin) — matbuot hamda yozuv asarlari haqida axborot tayyorlash va berish hamda ularni maʼlum ijtimoiy maqsadlarda targʻib qilish bilan shugʻullanadigan ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, tarixi, faoliyatini tashkil etish va uslubiyati bilan shugʻullanadigan fan B. fani deb ataladi. B. taraqqiyotini turli xil bibliografik maʼlumotnoma adabiyotlarini tuzadigan maxsus tashkilotlar (B. xizmati) tizimi taʼminlaydi.Bibliografiya tuzish qadimgi dunyoda paydo boʻlgan (jumladan miloddan avvalgi 3-asrda Aleksandriya kutubxonasida Kallimax rahbarligida tuzilgan bibliografik jadval). "B." termini dastlab kitob koʻchirib yozishni anglatgan, vaqt utishi bilan (17-asr oʻrtalaridan) kitoblar bayonini biddiradi. Biblografik. tarixi kitob bosish yuzaga kelishi bilan boshlandi. Bosma asarlarning barcha turlari, qoʻlyozmalar, ijtimoiy ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan eng yangi qoʻlyozmalar (dissertatsiyalar, saklashga topshirilgan qoʻlyozmalar) B.ning oʻrganish sohasidir. Texnika taraqqiyoti, mikrofilm, ovoz yozish (gramplastinka) va boshqalarning paydo boʻlishi, matn yozishning oʻzgarishi B. koʻlamini kengaytirmoqda. B. taraqkiyotiga fan va madaniyat yutuqlari, jamiyatning qiroatxonlik talabining oʻsishi katta taʼsir etadi. Oʻz navbatida B. ham ilmiy, adabiy va texnik ijodiyotga, nashriyot va kutubxonashunoslikka, kitob savdosi, taʼlim va mustakil taʼlimga taʼsir koʻrsatadi. B. bosma asarlarni.anikdash, saralash va izoxlash bilan fan taraqqiyoti yutuklarini jamlashga va keyingi tadqiqotlarga zamin yaratadi, madaniyat rivojiga ayrim shaxs, xalq yoki mamlakatning qoʻshgan hissasini oʻzida aks ettiradi; masalani oʻrganishga oid zarur tarixiy asarlarni koʻrsatadi. Kutubxonalarda toʻplangan yoki yangi bosmadan chiqqan bosma asarlarni targʻib qilib, B. alohida ilmiy muxit, siyosiy, falsafiy va estetik qarashlarni tarqalishiga, shuningdek texnikaviy malakani oshishiga taʼsir etadi. B. ilmiy va texnika xabarlari bilan yakin alokada. Ulardan farqli oʻlaroq, ilmiy nazariya, gʻoya, dalillar hakida emas, balki ular haqidagi bosma asarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ilmiy xabar bilan birga ilmiy, maʼrifiy va tarbiyaviy vazifani bajaradi.Koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Oʻzbekistonda ham bosma asarning majburiy (kontrol) nusxasi joriy qilingan boʻlib, shu asosda bosma asarni hisobga olish, soʻng kitobxonlarga moʻljallab saralash yoʻlga qoʻyilgan. Bosma asarlarni ularning ilmiy va gʻoyaviy ahamiyati, shuningdek mazmunini yoritib guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Bosma asarlar turlar (kitoblar, davriy nashrlar va boshqalar), rasmiy belgilar (alfaviti, nashr joyi yoki sanasi), mazmuni (mavzu, fan va tarmoklar) boʻyicha guruxlanadi. Bu bosma asarlarni guruhlarga ajratishning umumiy asosidir, bibliograflar har bir alohida hollarda oʻzlarining tarmoklar rejasini yaratadi. Bosma asarlarning tavsifnomasi muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy qismi tasvirlash boʻlib, unga muallif familiyasi, asar sarlavhasi, sarlavhachasi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr vaqti (yili), hajmi (sahifa va bezaklar soni), zarur boʻlganda adadi, narxi va boshqa haqidagi maʼlumotlar kiradi. Tasvirlash elementlari, odatda, oʻrnatilgan qoidalar, shuningdek standartlar asosida belgilanadi. Bosma asarlar mazmuni tavsifnomasining asosiy shakllari — annotatsiya, referat, guruh axborot (obzor). Ijtimoiy vazifasiga koʻra, davlat B.si, ilmiy yordamchi B. va tavsiya B.siga; mazmuniga koʻra, umumiy, soha va mavzuli B.ga boʻlinadi. B.ning alohida turini bibliografiya bibliografiyasi, biobibliografiya (shaxs B.si) va oʻlkashunoslik B.si tashkil etadi. Bu boʻlinish nisbiydir. Nashr shakliga koʻra, bibliografik qoʻllanmalar, bibliografik jurnallar, byulleten, gazeta, kitob va maqolalar koʻrsatkichlari va adabiyotlar roʻyxati kabilar farqlanadi. Turkistonda bibliografiya ishi 9 — 15-asr lardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining B. ruyxati va ularni tasnif kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy "Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid B. tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036-yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. B. qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" (12-asr); Xoja Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" (18-asr) va boshqaTurkistonni Rossiya bosib olgandan keyin B. bilan rus bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shugʻullangan. 20-asr 20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926-yil dan Oʻzbekiston Respublikasi Kitob palatasi, 1930-yildan Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi B. boʻlimining tashkil qilinishi oʻzbek milliy B.sining rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbek tilida tuzilgan dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning "Mukammal ilmiy bibliografiya" (1934) asari boʻlib, unda 3 m ing kitobning tavsifi berilgan. 4-rasm Axbarot biblografik vositalar. Download 346.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling