O`zbekiston Raspublikasi Oliy va o`rta-maxsus ta`lim vazirligi
Download 346.88 Kb.
|
Bibliografik ma’lumotlar bazalari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning maqsadi va vazifalari
- Mavzuning metadologik asoslari
Mavzuning dolzarbligi — bibliografik axborotning mohiyati, xususiyatlari, tarixi, uni uzatish va tarqatish usullari, bibliografik yozuv va uning xususiyatlari, bibliografiyalash texnologiyasi haqida m a ’lumot berish. Asosiy tushunchalar — bibliografik kirish, bibliografik axborot, bibliografik xabar, bibliografik yozuv, bibliografik yozuvning tafsiv boshi, bibliografik tavsif annotatsiya, referat, indekslash, yo 'naltirish, bibliografik faoliyat, bibliografiyalash, bibliografik xizmat.
Mavzuning maqsadi va vazifalari Bibliografik axborotning zam onaviy tushunchasi Ikki yarim ming yil mobaynida qadimgi hujjatli manbalarni o ‘rganish bibliografik axborotni tashkil etuvchi m atnlarni aniqlashga imkon berdi. Bular quyidagilardan iborat: bibliografik kirish, matn ichi ro‘yxatlari, mashhur mualliflar asarlarining ro‘yxati, kutubxona kataloglari, bibliografik ro‘yxatlar. Bibliografik kirish — matn boshidagi muallif ism-sharifi, sarlavha, kiiobxon guruhi, maqsadi va boshqalar; asar boshida avtobiografik xarakterda muallif haqidagi, matndagi va matndan tashqaridagi asar sarlavhasi; matn so‘ngidagi yozuvlar haqida ma’lumot. Mavzuning metadologik asoslari Hozirgi paytda bibliografik kirish deganda matn bilan tanishishdan avval asar haqidagi eng zarur, qisqa ma’lumotlarni aks ettiruvchi titul (sarvaraq) sahifasi tushuniladi. Qadimgi antik adabiyotda bunday ma’lumotlar „Bilim beruvchi^ ’didaktik, hikoya va qokshiq janridagi asarlarda qo‘llanilgan. 22 ta adabiy yodgorliklarda ana shunday ma’lumotlar borligi aniqlangan. Bibliografik kirish tuzilishi o ‘sha davr uchun xos bo‘lgan shaklda, ma’lum bir tartibda berilgan — asar muallifi yoki shaxs haqida ma’lumot, ba’zan qo'shimcha titul varag‘ida muallifning kasbi, shajarasi, agar otasi yoki ustozi mashhur shaxs bolsa, ular haqidagi m a’ lumot, asar sarlavhasi, uning yaratilishi sabablari, muallifning o‘z asariga bergan bahosi keltirilgan. Avtobiografik xarakterdagi bibliografik kirishda faqat muallif haqida ma’lumot berilgan. Bibliografik axborot — asar haqidagi ma’lumotdir. Axborotning boshqa turlaridan farqi shundaki, bibliografik axborot m urakkab ijtimoiy hodisa bo4ib, uni tuzish, yoshi, kasbi, mutaxassisligi, qiziqishi, maqsadi, tayyorgarlik darajasiga kokra, turli xil iste’molchilarga uzatishda mutaxassis-bibliograflar ishtirok etadi. Asosiysi, bibliografik axborot■— tushunish va foydalanish uchun zarur boigan hujjatlar haqidagi axborot yoki ikkinchi darajali axborotdir. Bibliografik axborotning asosiy ijtimoiy vazifasi jamiyatning yoki alohida iste’molchilarning turli xil axborotga boigan talablarini qondirishdan iborat. Axborot — lotincha informatio so‘zidan olingan boklib, tushuntirish ma’nosini anglatadi va biror narsa haqida ma’lumot yoki xabar beradi. Hozirgi paytda bibliografik axborotni qaror toptirish va uni uzatish shakllari turlichadir: eng sodda axborot xabarlaridan to tuzilishi va qamrab olish darajasiga ko‘ra murakkab an’anaviy 14 bosma shakldagi bibliografik qoMlanmalar va, shuningdek, elektron shakldagi ma’lumotlar bazasigacha. Bibliografik xabar — bibliografik axborot elem enti va ma’lum bir tartibda keltirilgan hujjat qismi yoki hujjatlar guruhi haqidagi asosiy ma’lumot bolib, u og‘zaki yoki yozma shaklda beriladi. Kutubxonalar har qanday voqea, hodisa, siyosiy yangilik, ishlab chiqarish muammolari va ulami hal etish yo‘llari, ilg'or tajribalar, ixtirolar, kashfiyotlar hamda asarlar haqidagi ma’lumotlarni ana shu shaklda tezkorlik bilan bajaradi. Ayniqsa, tezkor axborotga muhtoj, ammo imkoniyatga ega bo‘lmagan tashkilot va muassasalar maqsadiga xizmat qiluvchi bibliografik xabarlarni o ‘z vaqtida yetkazib berish, birinchidan, ishlab chiqarish samaradorligini oshirsa, ikkinchidan, o ‘zaro hamkorlikni ta’minlaydi, uchinchidan, kutubxonalar faoliyatiga yordarh beruvchi homiylarni jalb etadi. Bibliografik yozuv — bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma’lumot bo‘lib, odatda, o‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga m o‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qo‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qollaniladi. Shuning o‘zi uning turlitumanligini va xususiyatini ko'rsatadi. Xususan, an’anaviy va elektron kataloglarda qo'llaniladigan bibliografik yozuvlarda, albatta, nashrni fondda saqlash shifri ko‘rsatiladi. Umumlashma bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar haqidagi ma’lumotlar to‘planadi. Download 346.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling