1.1. Bitiruv malakaviy ishi (BMI), uning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishi harbiy oliy o‘quv yurtlarida bakalavriat bitiruvchilarining yakuniy davlat imtihonlar shakllaridan biri bo‘lib xisoblanadi, shu bilan birga olgan bilimlari va ko‘nikmalarining darajasini namoyon etadi. Uning maqsadi, ko‘nikmalarni rivojlantirish, nazariy bilimlarni tartibga solish, mustahkamlash va ularni rivojlantirish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy jihati – bu kursantning ma’lum mavzu bo‘yicha kafedra o‘qituvchilarining rahbarligi ostida yozgan mustaqil ishining yakuniy natijasidir .
Bitiruv malakaviy ishining o‘quv-uslubiy vazifalari:
tanlangan mavzuning muhimligi va dolzarbligini aniqlash;
muammoning nazariy asoslarini, uning mohiyatini, hamda dastlabki asosli yechimlarini aniqlash;
muammoga uslubiy yondashuvni va asosiy tamoyillarini aniqlash;
tadqiqot qilinayotgan muammoning yechimi yo‘llarini asoslash;
o‘tkazilgan tadqiqot yuzasidan xulosa va takliflarni to‘g‘ri tartibga solish va oshkora etish.
1.2. Bitiruv malakaviy ishiga quyiladigan talablar.
Bitiruv ishida ko‘zlangan vazifalarning muvaffaqiyatli yechimi BMIga qo‘yilgan quyidagi talablarning bajarilishini taqozo etadi:
ishning ilmiy-uslubiy darajasi;
xulosa va takliflarning amaliy ahamiyati;
qabul qilingan standartlar doirasidan chiquvchi mustaqil shakllantirilgan ijodiy uslubiy yondashuv va boshqaruv yechimlarini keltirish.
1.3. Bitiruv malakaviy ishi rahbarining vazifalari.
Bitiruv malakaviy ishi rahbarligiga asosan kafedra a’zolari tanlanadi.
Rahbarlik - bitiruv malakaviy ishini tayyorlashda kursantga bir qator kerakli ko‘rsatkichlar, jadvalllar, rasmlarni tahlil qilish yo‘li orqali materiallarni yig‘ish va qayta ishlashda yordam berishni, belgilangan muddatlarda maslahatlar berishni, bitiruv malakaviy ishining mohiyatini yoritish maqsadida bir qator muhim muammolarni tahlil qilishni nazarda tutadi .
Bitiruv malakaviy ishi rahbari:
kursant bilan birgalikda bitiruv ishi mavzusini tanlashni muhokama qiladi, tayyorlashga vazifalar beradi;
kursantga bitiruv malakaviy ishini tayyorlashning davri bo‘yicha kalendar reja-jadvalini ishlab chiqishda yordam beradi;
kursantga bitiruv malakaviy ishining eng ma’qul bo‘lgan strukturasini uning birlamchi variantlarini qo‘llagan holda tavsiya qiladi;
kursant bilan hamkorlikda o‘rganilayotgan muammoning yechimiga uslubiy yondashuvni ishlab chiqadi;
kursantga qanday qilib muammoni yechishda o‘zining konsepsiyasini tayorlashni o‘rgatadi;
mavzuga tegishli manbalarni, materiallarni, asosiy adabiyotlarni va boshqalarni tavsiya qiladi;
ishlarni to‘liqligicha va bo‘lim bo‘yicha borishini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |