O’zbekiston republikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologyalari va aloqa harbiy instituti bitiruv malakaviy ishini yozish va tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar toshkent – 2022
Bitiruv malakaviy ishi mavzusi tanlovi va uning tasdiqlanishi
Download 1.38 Mb.
|
Битирув малакавий иши(lotin)
1.4. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi tanlovi va uning tasdiqlanishi.Bitiruv malakaviy ishi mavzusi tanlovi, uning bajarilishi jarayonining boshlang‘ich nuqtasi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu davrga kelib kursant o‘tgan o‘quv davrida, turli yo‘nalishlarda yozilgan kurs ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, hamda seminar va konferensiyalarda chiqishlar bazasi asosida tayyor bo‘lib keladi. Mohiyati bo‘yicha ko‘pgina kursantlar uchun tanlangan mavzu, ularning kelajakdagi maqsad tanlovi, kelgusi ish faoliyati hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishi mavzusi o‘quv yili boshida ilmiy rahbar bilan hamkorlikda aniqlanadi. Uni tanlashda kursant qiziqishi, ilmiy rahbar va chiqaruvchi kafedra ixtisosligi inobatga olinadi. Undan tashqari mavzu, uslubiy asoslar, dasturlar, texnologiyalarni qo‘llash, amaliy materiallar yig‘imi, uning tahliliy tizimlarini ishlab chiqishdek muhim tadqiqot bosqichlarini nazarda tutish kerak. Bitiruv ishi mavzusi kafedra majlisida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Kursantga bitiruv malakaviy ishi mavzusining va ilmiy rahbarning biriktirilishi kursantning bildiruvi asosida (ilova №1) kafedra taqdimiga binoan harbiy institut boshlig‘i buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bitiruv malakaviy ishi tasdiqlangandan so‘ng kursant va ilmiy rahbar kursant tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan hujjatni to‘ldiradi (ilova №2). U bajarilgan ishni taqdim qilish muddatini aks ettiradi hamda kafedra boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi. Belgilangan vazifada va titul varag‘ida yozilgan malaka ishining mavzusi nomi harbiy institut boshlig‘i buyrug‘idagi nom bilan bir xil bo‘lishi kerak. Vazifa o‘zining tarkibiga ishga kerakli dastlabki ma’lumotlarni, asosiy bo‘limlarining ro‘yxati, majburiy chizmalarning ro‘yxatini oladi. Tasdiqlangan vazifaga turli o‘zgartirish va tuzatishlarni kiritish mumkin emas. Vazifa malaka ishi bilan birgalikda davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim qilinadi. Adabiyot manbalarini tanlash. BMIning mavzusi tanlangandan so‘ng, ushbu masala bo‘yicha qanday adabiyotlar mavjudligini bilish lozim. Adabiyotlar quyidagicha tanlanadi: BMI mavzusiga bog‘liq masalalar aniqlanadi; Ushbu mavzuga bog‘liq adabiyotlar (monografiyalar, darsliklar, ilmiy ishlar to‘plami) va oylik nashrlar (jurnallar, risolalar(broshyura), gazetalar) ko‘rib chiqiladi. Adabiyotlar manbalari o‘rganilib chiqilayotgan davrda ushbu adabiyotlardan ko‘chirmalar qilish lozim. Adabiyotlar bilan tanishilgandan so‘ng, ulardan asosiylarini tanlab, bibliografik ko‘rsatma tayyorlash lozim, ya’ni foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. Tanlangan adabiyotlar faqat BMI maqsadi va unda ko‘rib chiqiladigan masalalarga bag‘ishlangan bo‘lishi shart. Adabiyotlarni tanlash va bibliografik ro‘yxat tuzish kursant mehnatining sifatini va mustaqil ijodiy ishini ko‘rsatadi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling