O’zbekiston republikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologyalari va aloqa harbiy instituti bitiruv malakaviy ishini yozish va tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar toshkent – 2022
Download 1.38 Mb.
|
Битирув малакавий иши(lotin)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Bitiruv malakaviy ishi himoyasining tartibi.
4. BMI himoyasiga tayyorlov ishi.Kursant tayyor bitiruv malakaviy ishini belgilangan bitiruv ishlari himoyasi sanasigacha bo‘lgan kunlik muddatdan kechiktirmay ilmiy rahbarga topshirishi kerak. Ilmiy rahbar uni tekshirib bo‘lgach rahbar mulohazasini yozadi (ilova №5) va kafedra mudiri tomonidan imzolanadigan taqrizga yo‘llanmani to‘ldiradi. Kursant va ilmiy rahbar bitiruv ishi taqrizi uchun taqrizchiga kerakli bo‘lgan muddatni ta’minlashlari kerak. Taqrizlash muddati uch kundan oshmasligi kerak. Taqrizchi sifatida boshqarma rahbari yoki fan nomzodi chiqishi mumkin. Taqrizchilarga quyidagi vazifalar yuklanadi: BMI ning asosiy qismi, ilovalari hujjatlari, rasmli plakatlari va boshqa materiallar bilan ob’yektiv tanishib chiqish; bajarilgan ishning bakalavriat yo‘nalishiga muvofiqligini baholash; qo‘yilgan tadqiqot maqsad va vazifalariga erishish yuzasidan BMIning tanqidiy tahlili; ishning ilmiy-uslubiy darajasini va uning zamon talablariga muvofiqligini baholash; bajarilgan ishlar bo‘yicha takliflar, tavsiyalar va xulosalarning amaliy ahamiyati darajasining tahlili. Taqrizning rasmiylashtirilishi 6-ilovada keltirilgan. Kursant oldindan namoyish uchun mo‘ljallangan ko‘rgazmali materiallarni va o‘zining bitiruv ishi himoyasidagi nutqining rejasini tayyorlab olishi lozim. Bitiruv malakaviy ishning himoyasidan bir kun oldin BMI ning mulohazasi, taqrizchi mulohazasi, topshiriq va ma’lumotnoma kafedraga topshirilishi kerak. Keltirilgan hujjatlar asosida kafedra boshlig‘i tomonidan BMI ning DAK talablariga muvofiqligi va uni himoyasiga ruxsat beruvchi xulosa yoziladi. 4.1. Bitiruv malakaviy ishi himoyasining tartibi.BMI himoyasi quyidagi bosqichlardan iborat: kursantning chiqishi; Davlat attestatsiya komissiyasining (DAK) savollariga kursantning javoblari; DAK a’zolaridan birining BMIga tegishli hujjatlarni taqdim qilishi (ilmiy rahbar va taqrizchi mulohazasining tartibi, hamda ma’lumotnoma); berilgan savollar va mulohazadagi fikr bo‘yicha kursantning yakunlovchi so‘zi. Kursant o‘zining ma’ruzasida qo‘yidagilarni yoritadi; mavzuning dolzarbligini; tadqiqodning qaksad va vazifalarini; tadqiqot ob’yektini; tadqiqotdan olingan amaliy va nazariy natijalarni tavsiflaydi. Chiqishda asosiy diqqat tadqiqotning amaliy natijalariga qaratilishi kerak. Chiqishning umumiy davomiyligi 10-15 daqiqa. O‘zining chiqishida kursant tadqiqotning asosiy natijalarini aks ettiruvchi chizmalar, rasmlar, jadvallar va dasturlarni o‘z ichiga olgan ko‘rgazmali material bilan olib borishi kerak. Ko‘rgazma materiallar quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: plakatlar; namoyish uchun tayyorlangan qo‘llanma; tarqatma material (har bir DAK a’zosiga). Chiqish davomida bu materiallarga yondashish kerak, ya’ni dastak sifatida foydalanishi lozim. Qoida bo‘yicha DAK a’zolarining savollari BMI bo‘yicha tavsiyalar va hulosalarning asoslanganligi darajasini, tadqiqot texnikasini, usullari va natijalarini aniqlashtirishga qaratiladi. Savollarga javoblar esa kursantning BMI mavzusini yaxshi bilishini, o‘zining pozitsiyasini qisqa va erkin izohlay olishini ifoda etishi kerak. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling