O’zbekiston republikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologyalari va aloqa harbiy instituti bitiruv malakaviy ishini yozish va tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar toshkent – 2022


Bitiruv malakaviy ishining himoyasi va uning rasmiylashtirilishi


Download 1.38 Mb.
bet5/8
Sana03.05.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1423483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Битирув малакавий иши(lotin)

3. Bitiruv malakaviy ishining himoyasi va uning rasmiylashtirilishi.


3.1. BMI ni rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar.


BMI maxsus terminlar qo‘llash yordamida ilmiy darajada yozilishi lozim. BMI matni quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tuzilmaning aniqligi;
mantiqqa muvofiqligi va ketma-ketligi;
keltirilgan ma’lumotlarning aniqligi;
materialni bayon qilishda lo‘ndalik va oydinlik;
material bayonining o‘zbek yoki rus tili me’yoriga mosligi.

Ishning matni A4 formatdagi varaqda yoziladi. Chap tomondan 35mm, yuqori va pastdan 20mm dan kam bo‘lmagan xoshiya qoldiriladi. Bob va bo‘linmalarning nomlarini ajratib yozish kerak. Har bir bob yangi sahifadan boshlanadi. Boblar bosh harflar bilan yoziladi. Bob va bo‘limlarning nomlari qo‘shtirnoqsiz yoziladi.



3.2. Rasmlarning tayyorlanishi.


Bitiruv malakaviy ishi matni chizmalar, diagrammalar, sxemalar bilan to‘ldirilishi kerak.


Rasmlarning tayyorlanishi qoidalari:
illyustratsiya (rasm)lar “Rasm” so‘zi bilan belgilanadi va tartib bo‘yicha arab raqamlari bilan raqamlanadi. Avval bo‘lim raqami so‘ng bo‘limdagi rasmning tartib raqami ko‘rsatiladi.
“Rasm” so‘zi, rasmning tartib raqami va nomi rasmning tagida yoziladi. Bundan oldin tushuntirish(yoritish) ma’lumotlari keltiriladi.
rasmlar albatta ular ta’kidlanib o‘tilgan matndan so‘ng joylashtiriladi.
Ish matnidagi rasmlar alohida oq qog‘ozlarda yoki matn bo‘yicha joylashtiriladi.


3.3. Jadvallarning tayyorlanishi.


Bitiruv malakaviy ishi shuningdek jadvallar bilan ham to‘ldirilishi lozim. Jadvallarni tayyorlash qoidalari:


xar bir jadval uning mazmunini qisqa va aniq ifodalovchi nom bilan nomlanishi kerak. Jadvalning nomi jadval ustida joylashtiriladi;
jadvallar tartib bo‘yicha arab raqamlari bilan raqamlanadi. Avval bo‘lim so‘ngra jadval raqami ko‘rsatiladi;
“Jadval” so‘zi, jadvalning tartib raqami uning yuqori ustki o‘ng qismida, nomining yuqorisida yoziladi. Jadvalni boshqa betga ko‘chirishda varaqning o‘ng qismiga “Jadvalning davomi...”, agarda u tugayotgan bo‘lsa ”jadvalning oxiri” so‘zi yoziladi.
Jadval ustunlarining sarlavhalarida keltiriladigan raqamlarning o‘lchov birligi yoziladi. Ustunlar sarlavhasi bosh xarflar bilan yoziladi.
Raqam yoki matn bilan to‘ldirilgan ustun va qatorlarda nuqta qo‘yilmaydi. Ma’lumotlar bo‘lmagan vaziyatda chiziqcha qo‘yiladi. Agar hisob natijasi nolga teng bo‘lsa, unda nol raqami qo‘yiladi. Statistik jadvallarda agar qator barcha qo‘shiluvchilardan tashkil topsa, ”Jami” sarlavhasi joylashtiriladi. Xususiy davriy natijalar uchun esa “Hammasi” so‘zi yoziladi.
Jadvallar, agar birinchi marta qo‘llanilayotgan bo‘lsa hajmiga qarab matndan keyin joylashtiriladi. “Jadval” so‘zi matnda qisqartirilib yoziladi. Masalan: “Davomi jad.3”. Jadval, rasm, sxema, bob, bet, ilovalarning tartib raqami oldida (№) belgisi qo‘yilmaydi.



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling