O’zbekiston republikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologyalari va aloqa harbiy instituti bitiruv malakaviy ishini yozish va tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar toshkent – 2022


Download 1.38 Mb.
bet6/8
Sana03.05.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1423483
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Битирув малакавий иши(lotin)

3.4. Formulalarni keltirish.


Formulalarni matndan alohida holda ajratib ko‘rsatish lozim. Formulalar sahifaning o‘ng tomonida qavslar ichida arab raqamlari bilan raqamlanishi kerak. Formuladagi simvollarning yoritilishi formula tagidan keltiriladi. Formuladan keyin yangi qatordan yoziladigan, formuladagi harfli belgilar tavsifining boshi hisoblangan “Bu yerda” so‘zidan keyin vergul qo‘yiladi. “Bu yerda” so‘zidan keyin ikki nuqta qo‘yilmasdan, birdaniga birinchi o‘lchovli belgi, undan so‘ng uning tavsifi yoziladi. Har bir tavsifdan so‘ng nuqta vergul, oxirgisining yakunida esa nuqta qo‘yiladi.


MISOL: JV = JR: JM (1)
Bu yerda, JV - mahsuldorlik indeksi;
JR - ishlab chiqarish hajmi indeksi;
JM - ish vaqti indeksi.


3.5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish.


Adabiyotlar ro‘yhati quyidagi tarzda tuziladi: mualifning familiyasi va ismi hamda otasining ismi bosh xarflari, ishning nomi, nashr manzili, chop etilgan yili, sarlavhalarning umumiy soni.
Jurnal yoki gazetadagi maqolalar: muallifning familiyasi va ismi, hamda otasining ismi bosh xarflari, maqolaning nomi, soni, chop etilgan sana va yili, jurnalda foydalanilgan betlar.
Mualliflar familiyalari alifbo tartibi bo‘yicha joylashtiriladi. Qonun va me’yoriy hujjatlar ham shu tartib bo‘yicha joylashtiriladi.

MISOL:

1. O‘zbekiston Respublikasining “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi qonuni./ Halq so‘zi. 2019. 22 avgust № 365.
2. Gerchikova I.N. Menejment: O‘quv qo‘llanma YUNITI, 2021.-501b.

Bibliografik tavsifda manbalar quyidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi:


1. Rasmiy materiallar:


1.1.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
1.2.O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari
1.3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari;
1.4.O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari;
1.5.O‘zbekiston Respublikasi Vazirliklar me’yoriy hujjatlari;
1.6.Me’yoriy shartnomalar: halqaro va boshqalar.

2. Adabiyotlar:


2.1. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar.;
2.2. Monografiyalar.
2.3. Guruhli to‘plamlar.

Bitiruv ishining muqovasi.


BMI to‘liq hajmda tayyorlangandan so‘ng qattiq muqovaga tikiladi.


BMIni muqovalashda quyidagi ketma-ketlik saqlanishi kerak:
Titul varag‘i;
BMI ga topshiriq;
Rahbar mulohazasi;
Annotatsiya;
Mundarija;
Kirish;
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
Ilova;
ANNOTATSIYA da bitiruv malakaviy ishning qisqacha tavsifi beriladi. Annotatsiya uchta tilda yoziladi: o‘zbek, rus, ingliz tillarida.



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling