O’zbekiston republikasi mudofaa vazirligi axborot-kommunikatsiya texnologyalari va aloqa harbiy instituti bitiruv malakaviy ishini yozish va tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar toshkent – 2022
Bitiruv malakaviy ishni bajarish tartibi
Download 1.38 Mb.
|
Битирув малакавий иши(lotin)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy kismining bajarilishi.
2. Bitiruv malakaviy ishni bajarish tartibi .2.1. Bitiruv malakaviy ishining hajmi va tuzilishi .Bitiruv malakaviy ishi bajarilganda kursant o‘zining mahoratini quyidagicha namoyish qilishi kerak: mustaqil ravishda ijodiy vazifani qo‘yish, uning dolzarbligini baholash; ilmiy gipotezani ilgari surish; olingan materiallarni o‘rganish va uning tanqidiy tahlilini o‘tkazish; ko‘tarilgan muammoni xar tomonlama chuqur o‘rganib chiqish; ko‘tarilayotgan muammo bo‘yicha o‘zining yechimi variantini ishlab chiqish va tavsiflash; amaliyotda olingan natijalarni qo‘llash bo‘yicha mantiqiy asoslangan xulosalarni, takliflarni, tavsiyalarni shakllantirish. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini o‘rganishda ishning tuzilishini (skeleti) to‘g‘ri tanlanishi (turli qism, bo‘lim, boblarning, o‘zaro aloqadorligi, muvofiqligi) muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruv malakaviy ishining tizimli elementlari: titul varag‘i (ilova №3); mundarija; kirish; asosiy qism (bob va bo‘limlar); xulosa; foydalanilgan adabiyotlar; ilova; Bitiruv malakaviy ishining hajmi matn, jadvallar, illyustratsiya materiallari bilan birga 40-60 sahifani tashkil etishi lozim. Ilova hajmi chegaralangan va u bitiruv malakaviy ishining umumiy hajmiga kiritilmaydi. Bitiruv malakaviy ishi hajmining talabdan ko‘p bo‘lishi, kursant mavzuni yoritish uchun mavjud materiallarni to‘g‘ri tanlamagan, o‘z fikrini aniq va lo‘nda ifoda eta olmagan deb baholanadi. 2.2. Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy kismining bajarilishi.Rahbar bilan birgalikda mavzuni tanlab bo‘lgach, kursantlar malaka ishini bajarishga darhol kirishishlari darkor. Buning uchun bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalarini, uning bo‘limlari ishining tayyorlash uslubiyotini va tuzilmasini yaxshi tasavvur qila bilish kerak. (4-ilova) Asosiy qism qoida bo‘yicha ikkita yoki uchta bobdan iborat bo‘ladi. Har bir bob 2-4 bo‘limni o‘z ichiga oladi. KIRISH qismi bitiruv malakaviy ishda muhim qism hisoblanadi va u kursantning yetukligi haqida, uning oldiga qo‘yilgan masalani yoritish qobiliyatini va tadqiqot chegaralarini aniqlay olishi haqida xulosa qilishga yordam beradi. Kirish qismida mavzuning maqsadini, dolzarbligini asoslash va aniqlashtirish, ishning maqsad va vazifalarini shakllantirish, ilmiy-amaliy darajasini, o‘rganilayotgan muammoning uslublarini va shaklini aniqlash, tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyatini ifodalash kerak. Kirish qismida o‘rganilayotgan muammoning turli jihatlarini ifodalovchi qonunchilik aktlari va nizomlardagi muhim vaziyatlar bayon qilinadi. Bitiruv malakaviy ishning kirish qismi tuzilmasida quyidagilar aks ettiriladi: o‘rganilayotgan mavzuning dolzarbligi; BMI maksad va vazifalari; tadqiqot predmeti; tadqiqod ob’ekti; amaliy ahamiyati; BIRINCHI BOB da tadqiqod sohasidagi malaka, tadqiqotning asosiy tushuncha va kategoriyalarining mohiyati va sharxlarini, o‘rganilayotgan muammo bo‘yicha turli yondashuvlar tahlili, amaliy tavsiyalar, hamda xulosalarni ishlab chiqish uchun kerak bo‘ladigan tadqiqotning uslubiy va nazariy asoslari bayon qilinadi. Umuman birinchi bob butun tadqiqotning nazariy konsepsiyasini o‘zida aks ettiradi. IKKINCHI BOB da BMI mavzusiga bog‘liq holda qaysidir jarayonlar bo‘yicha mavjud uslubiy qo‘llanmalar, texnologiyalar ko‘rsatilishi, ob’ekt sifatida tanlangan texnika holatining dastlabki tahlili berilishi, tadqiqotning instrumental va dasturi yechilgan bo‘lishi mumkin. Unda tadqiqot natijasida olingan ko‘rsatkichlarning dastlabki tahlili ham ko‘rsatilishi mumkin. Muammoning aniq holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar hisobining uslubiyoti bilan tanishish, hamda maxsus adabiyotlarda yoritilgan yoki kurslardan ma’lum bo‘lgan uslublar bilan taqqoslash kerak. Tahlil uchun material bo‘lib: INTERNET dagi elektron saytlar, kompyuter ma’lumotlar bazasi va boshqalar hisoblanadi. Yig‘ilgan material tizimlashtiriladi, umulashtiriladi va sinchkovlik bilan tahlil qilinadi. Grafik va jadvallar ko‘rinishidagi ma’lumotlar o‘rganilayotgan jarayonning mohiyatini aniqlashda va asosiy omillarning o‘zaro aloqasini rivojlanish qonuniyatini ifodalash uchun ishlatiladi. UCHINCHI BOB da kursant tomonidan o‘tkazilgan amaliy tadqiqotlar natijalari keltiriladi. O‘rganilgan material asosida muallif tomonidan o‘rganilayotgan muammoning yechimi yo‘llari aniqlanadi va dalillar asosida asoslab beriladi hamda taklif qilingan yechimlarni o‘rganishdan keladigan iqtisodiy samara xisoblab chiqiladi. XULOSA da tadqiqot oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarining bajarilishi darajalari tavsifi, qisqacha asosiy natijalari beriladi, hamda muammoni chuqur o‘rganish bo‘yicha takliflar aks ettiriladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. Bitiruv malakaviy ishini yozishda kursant turli nashrlarni: me’yoriy xujjatlar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar, maqolalar to‘plamlarini o‘qib chiqishi kerak. Adabiyot manbalari miqdori mavzuni to‘liq yoritish, hamda qo‘yilgan tadqiqot vazifalarini sifatli hal etish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Adabiyotlar ro‘yxatida o‘rtacha 10-20 tagacha bo‘lishi lozim. Uning tarkibiga nafaqat BMI matnidagi tayanilgan asosiy adabiyotlar, balki umumiy g‘oyalar, yondashuvlardan olingan adabiyotlar ham kiradi. ILOVAda BMIga tegishli va mavzuni yoritish uchun kerakli tadqiqot dasturlari, jadvallar, sxemalar o‘z aksini topadi. Ilova hajmi chegaralanmagan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling