O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

saqlandi;
¬ shaharlarda: maslahat – diagnostik poliklinika (yoki diagnostika markazi) - shahar
kasalxonasi.
¬ Tibbiy xizmat sohasida tor mutaxassislik yo’nalishlaridan voz kechib, bosqichma-
bosqich umumiy amaliyotchi vrachlarni tayyorlashga o’tildi. Bundan maqsad, sog’liqni
saqlash tizimining boshlang’ich bo’g’inidan ko’p sohali malakali tibbiy yordam olishni
ta’minlashdir.
Umumiy amaliyotchi vrach bu terapevt, otolaringolog, ambulatoriya sharoitida
diagnoz qo’yib og’ir bo’lmagan operatsiyalarni bajara oladigan xirurgdir.
Dasturga muvofiq tibbiy hamshiralarni kollejlarda tayyorlanadi. Ular kollejlarda 3 yil
o’qigandan so’ng Oliy o’quv yurtiga kirishlari va xorijiy davlatlarda bo’lgani kabi oliy
ma’lumotli hamshira kasbini olishlari mumkin.
¬Respublikamizda pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tizimini shakllantirish ham ko’zda
tutilgan.
Bunday tibbiyot muassasalari moliyalashtirishning ikki xili negizida
shakllantiriladi. Birinchisi, xususiy moliyalashtirish. Bunda yuridik va jismoniy shaxslardan
ko’rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun pul undiriladi. Ikkinchisi, aralash moliyalashtirish. Bunda
sarf-xarajatlarning ma’lum qismi davlat byudjetidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga
qoplanadi. Aralash moliyalashtirish asosida faoliyat yurituvchi tibbiy muassasalar jumlasiga
kattalar va bolalarga mo’ljallangan ko’p tarmoqli kasalxonalar, ixtisoslashgan markaz va
klinikalar, sog’liqni saqlash, sanitariya, farmakologiya sohasida izlanishlar olib boruvchi, ilmiy-
tadqiqot tashkilotlari, qisman tibbiy kadrlarni tayyorlash bilan band o’quv dargohlari kiradi.
Xususiy moliyalashtirish printsipiga asosan, shaxsiy amaliyotchi vrachlar, nodavlat
davolash profilaktika tashkilotlari, homila-dorlarga va tug’adigan ayollarga tibbiy yordam
ko’rsatuvchi ayrim xususiylashtirilgan muassasalar ish yuritadi. Sug’urta kompaniyalarining
maqsadli pul o’tkazmasi, yuridik va jismoniy shaxslarning xizmat xaqini to’lashi tibbiy xizmat
ko’rsatuvchi nodavlat muassasalarining moliyaviy ta’minot manbai hisoblanadi.
Yalpi xarajatlar tarkibida sog’liqni saqlash tizimidagi harajatlar 10 % dan 13% ga
ko’paydi.
¬Sog’liqni saqlash ishini takomillashtirish va «detsentralizatsiya» yo’li bilan boshqarishni
tashkil etish; Boshqarish va taqsimlash funktsiyalarini pastki-quyi bo’g’inga zvenoga berish;
Sog’liqni saqlash vazirligi boshqarishning oliy organi sifatida sog’liqni saqlashning strategik
masalalarini hal qilish bilan shug’ullanishi lozim.
¬Respublikada sog’liqni saqlashni isloh, qilishning muhim muammolaridan bo’lib bu
majburiy tibbiy sug’urtalashga o’tish masalasidir. Ma’lumki, ko’pchilik rivojlangan davlatlarda
tibbiy sug’urtalash o’z samarasini ko’rsatgan. O’zbekistonda bu masalani hal qilishda shoshma-
shosharlikka yo’l qo’ymasdan aholini iqtisodiy, demografik, tarixan vujudga kelgan urf-odatlarni
e’tiborga olish lozim.
Tibbiy sug’urtalash mexanizmini amalda qo’llashni ta’minlash maqsadida Davlat fondi
tashkil etilgan. SHuningdek, ixtiyoriy tibbiy sug’urtalash bilan shug’ullanuvchi xususiy fondlar
shakllantirildi, davlat nazorati ostida faoliyat yuritayotgan boshqa sug’urta tashkilotlariga tibbiy
sug’urtalash bilan shug’ullanishga ruxsat berildi.
¬ Sog’liqni saqlash sohasida nodavlat tashkilotlarning shakllanishi va rivojlanishini

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling