O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
qo’llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz yangi tashkil topgan xususiy tibbiy
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodavlat tashkilotlar
qo’llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz yangi tashkil topgan xususiy tibbiy
muassasalarni ikki yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etdi. Respublikada xususiy tibbiy muassasalarni shakllantirish mavjud davolash-profilaktika tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarish hisobiga ham amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishga tender asosida aktsiyalar savdosi orqali yoki keyinchalik sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish yo’li bilan erishilmoqda. Xususiylashtirishning asosiy shartlaridan biri, davlat tomonidan belgilangan va kafolatlangan bepul tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlashdan iborat. Bu degan so’z, tibbiy muassasalar xususiylashtirilishi oqibatida xuddi shu hududda istiqomat qiluvchi aholi kafolatlangan tibbiy yordamga muhtoj bo’lib qolmaydi. 116 Nodavlat tashkilotlar qatoriga halqaro tashkilotlar va sog’liqni saqlash maqsadlari uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalar ham kiritiladi. Respublikada hayr-saxovat ishlari bilan shug’ullanuvchi jamg’arma va tashkilotlarning salmog’i oshib bormoqda. Bu xususiy tibbiy muassasalarni kuchli raqobat sharoitida ishlashga undaydi. Natijada, bozor munosabatlarining keskin salbiy ta’siri ancha yumshatiladi. Sog’liqni saqlash tizimini isloh etish va nodavlat tuzilmalarning shakllanib rivojlanishiga, ular tomonidan ko’rsatiladigan tibbiy xizmat sifatining yuksalishida xorijiy investorlarning roli ham beqiyosdir. ¬ Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturiga muvofiq davolashning yangi intensiv shakllarini qo’llash asosida oshiqcha kasalxona o’rinlari sonini qisqartirish nazarda tutilgan. 1991 yili Respublikadagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo’lgan o’rinlar soni 260 mingdan oshiq edi. Sog’liqni saqlashning Milliy dasturini hayotga tadbiq qilish jarayonida ularning soni teng yarmiga qisqartirildi va o’rin oborotini tezlashtirish hisobiga ularning zarur miqdordagi qismi saqlanib qolindi. Tibbiy muassasalarga murojaat qilgan kishilarning 25 %igacha bo’lgan qismi uzoq muddat davomida statsionar holda davolanar edi. Bu ko’rsatkich rivojlangan davlatlarda 3-4 %ni tashkil qiladi, xolos. Dasturga binoan asosiy tibbiy xizmat bu poliklinikalarda va kunduzgi statsionarlarda bo’lishi lozim. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 2003 yil 2 dekabr kuni “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qildi. Unda respublikada sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshiralayotganligi qayd qilinib aholiga shoshilinch tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etishni yanada takomillashtirish va uning sifatini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam tizimini rivojlantirishni rag’batlantirish nazarda tutilgan edi. Bu qarorga muvofiq respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi huzurida byudjetdan tashqari shoshilinch tibbiy yordam xizmatini qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. 2004-2005 o’quv yilidan boshlab “SHoshilinch tibbiy yordam” ixtisosligi bo’yicha magistratura ochiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 1998 yilda qabul qilingan Sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko’p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo’lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulator-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga o’tishda muhim omil bo’ldi. Qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan felьdsher-akusherlik punktlari o’rniga qishloq vrachlik punktlari (QVP) tashkil etildi. Ambulatoriya poliklinikalar soni 5886 taga oshib, QVPlari 3208 taga yetdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling