O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Respublikasida kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashtirish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika uy-joy fondi
- ”Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida”
Respublikasida kommunal xizmat ko’rsatishni boshqarishni takomillashtirish
to’g’risida”gi Farmoniga muvofiq viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy kommunal xo’jaligi va undan foydalanish birlashmalari barpo etildi. 1996 yilning boshidan boshlab Respublika Kommunal xizmat ko’rsatish vizirligi tizimida ko’pgina korxona va inshoot xususiylashtirildi, kommunal xizmat ko’rsatish korxonalari negizida 20 aktsiyadorlik jamiyati barpo etildi. Hozirgi vaqtda uy-joy komunal xo’jaligida 391,7 ming kishi faoliyat yuritayapti. Bu mehnatga qobiliyatli bo’lgan aholining 3,4%ni tashkil qiladi. Respublika uy-joy fondi jamoat, uy-qurilish kooperativlari, davlat, fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lgan uy-joylarni o’z ichiga oladi. 20-asrning 20-yillari boshlaridan O’zbekistonda davlat yo’li bilan uy-joy binolari qurila boshlandi. SHahar va qishloqlarda zamonaviy yevropacha andozadagi binolar qad ko’tardi. Keyinchalik aholi turar joylarini yaxshilash uchun ko’plab mablag’lar sarflandi. Respublikada shaxsiy uy-joy qurilishning xissasi katta. Jami uy-joy fondi 300,0 mln. m 2 dan oshiq bo’lib, uning 42,6% shaharlarda joylashgan. SHahar uy-joy fondi marakazlashtirilgan suv ta’minoti bilan 75%, kanalizatsiya bilan 56,9%, markazlashtirilgan isitish bilan 62,6%, gaz bilan 92,3% ta’minlangan, uy-joylarning 60,4% vannaxonalar bilan jihozlangan. 2012 yilda respublikada 9,3 mln kvadrat metr, shu jumladan qishloq joylarida 7,2 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirilgan. O’zbekiston Respublikasining ”Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida” gi Qonuniga ko’ra respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish asosan tugallandi. Davlat uy-joy fondining qariyb 99,0% fuqarolariga xususiy mulk qilib berildi. Umumiy maydoni 57 mln. m 2 bo’lgan 990,6 ming kvartira arzon baholarda, shu jumladan, 18,87 mln. m 2 bo’lgan 318,7 ming kvartira bepul (madaniyat, maorif, sog’liqni saqlash xodimlariga) xususiy mulk qilib berildi. SHahar, shaharcha va tuman markazlarida aholini suv bilan ta’minlash, shuningdek, ichimlik suvining sifatini yaxshilash maqsadida sutkasiga 381 ming m 3 ichimlik suvi yetkazib beradigan vodoprovod shaxobchalari qurilib ishga tushirildi, 90-yillarda Tuyamo’yin-Urganch, Tuyamuyin-Nukus, Uchqurg’on-Namangan, Damxo’ja va boshqa suv quvirlari foydalinishga topshirildi. Respublikada vodoprovod tizimining umumiy quvvati bir kecha-kunduzda 12,0 mln. m 3 , ko’cha vodoprovodlari yakka tarmog’i uzunligi 36231,5 km ga yetdi. Aholi jon boshi hisobiga bir kecha-kunduzda iste’mol qilinadigan suv shaharlarda 536,0 l va qishloqlarda 240,0 l ni tashkil etdi. Uy-joylarni obodonlashtirishda kanalizatsiya muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda arxeologik qazilmalar davrida ayrim yirik shaharlarda (Samarqanddagi Afrosiyob qal’asi, Toshkentdagi Qoratosh hammomi xarobasidan) sopol quvurli kanalizatsiya qoldig’i topilgan. Aholi asosan kir o’ralar, xandaqlardan foydalangan. Kanalizatsiya-tozalash inshootlarining bir kecha-kunduzdagi quvvati esa 4,0 mln. m 3 dan oshiqni tashkil etadi. Kanalizatsiya-sanitariya inshootlari orqali 1,39 mlrd. m 3 oqava suv o’tkaziladi. Mustaqillik yillarida respublika shahar va ayniqsa qishloqlarini gazlashtirish ustivor Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling