xizmat ko’rsatish vazirligi «O’zkommunxizmat» agentligiga aylantirildi. Bunday qayta
qurishning asosiy maqsadi aholiga xizmat ko’rsatish tizimidagi islohotlarni chuqurlashtirish,
hamda aholiga xizmat ko’rsatishda o’z-o’zini boshqarish va mahalliy davlat organlarining rolini
va javobgarligini oshirish hisoblanadi. Xududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari viloyat
hokimiyatlari ixtiyoriga berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kommunal xizmat
ko’rsatish sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’g’risida» 2001 yil
17 aprelda PF-2832 sonli Farmoni qabul qilindi. Unga muvofiq uy-joy mulkdorlarining
shirkatlarini samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, aholiga
ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar sifatini oshirish, kommunal xizmatlar haqining to’liq va o’z
vaqtida to’lanishi yuzasidan ma’suliyatni kuchaytirish masalalari ko’rib chiqildi.
2002 yilning 26 fevralida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Uy-joy mulkdorlari
shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni chiqdi.
Unda ta’kidlanganidek respublikada aholiga kommunal xizmat ko’rsatish tizimidagi iqtisodiy
islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Zarur qonunchilik va normativ xuquqiy baza yaratilgan.
Uy-joy mulkdorlarining shirkatlarini shakllantirish jarayoni faol davom etmoqda. Uy-joy
mulkdorlarining salkam 1400 ta shirkatlari tashkil etilgan bo’lib, ko’p xonadonli jami uy-joy
binolarining 86%iga rahbarlik qilish ularga topshirilgan. Ko’rsatilgan kommunal xizmatlarga
hisob-kitoblar o’z vaqtida amalga oshirilishi uchun kollektiv ma’suliyati tizimi yaxshilandi. 1991
yilga qadar barpo etilgan ko’p xonadonli uy-joy binolarini kapital ta’mirdan chiqarish dasturlari
ishlab chiqildi.
Ushbu yutuqlar bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatida qator jiddiy
kamchiliklar va hal etilmagan muammolar mavjud. Xususan, uy-joy mulkdorlari shirkatlarini
zurur moddiy-texnika bazasi nochor, ularning moddiy resurslar, asbob-anjomlar bilan
ta’minlashda ularga amaliy ko’mak va yordam ko’rsatish zarur edi, hamda uylar atrofidagi yer
uchastkalarini qonun yo’li bilan biriktirib qo’yish kabi kamchiliklar mavjud edi. Oqibatda
ko’pgina uy-joy mulkdorlarining shirkatlari uy-joylarini joriy hamda kapital ta’mirdan chiqarish,
obodonlashtirish ishlarini o’z vaqtida bajarish uchun yetarlicha mablag’ga ega emas edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |