O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida”


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

“Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi 1999 yil 15
apreldagi Qonuni bajarilishini ta’minlash maqsadida uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyati
uchun qulay sharoit yaratish, uy-joy fondini saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini o’z vaqtida
o’tkazishda, uy-joylar atrofidagi hududni obodonlashtirishni yaxshilashda mazkur shirkatlarning
rolini oshirish, shuningdek, ularning moddiy-texnikaviy va moliyaviy bazasini mustahkamlash
chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Masalan, Uy-joy mulkdorlarining shirkatlari xizmatlar
ko’rsatishdan tushadigan daromadlardan 2007 yilga qadar barcha turdagi soliqlar va byudjetga
yig’imlar to’lashdan ozod etildi va buning natijasida bo’shaydigan mablag’lar aylanma
mablag’larni to’ldirishga, uy-joy mulkdorlari shirkatlarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlashga, uy-joy binolarini ta’mirlashga, hududni obodonlashtirishga yo’naltiriladigan
bo’ldi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida amalga oshirilgan «kichik» xususiylashti-rish
natijasida 96 foizdan ziyod oila ilgari davlat tasarrufida bo’lgan uy-joylarni shaxsiy mulk qilib
olishdi.


121
Aholining uy-joy bilan ta’minlanish darajasi 1990 yilda har bir kishiga 12,1 kvadrat
metrni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda bu raqam 15,2 kvadrat metrga yetdi yoki 1,26 barobar
ortdi. Bugungi kunda qariyb 77,4 foiz oila alohida uy va kottejlarda istiqomat qilmoqda.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlash davlat dasturining amalga
oshirilishi natijasida bu sohadagi vaziyat tubdan yaxshilandi.
Umuman, mustaqillik yillarida kommunal soha rivoji uchun 676,4 million dollar
miqdoridagi uzoq muddatli imtiyozli xorijiy investitsiya va kreditlar jalb etildi.
19– jadval
Aholining kommunal xizmatlar bilan ta’minlanish darajasi,
aholining umumiy soniga nisbatan foizda

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling