O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


–chizma O’zbekiston Respublikasida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish tizimi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

8 –chizma
O’zbekiston Respublikasida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish tizimi
18 – jadval
Ambulatoriya-poliklinika muassasalari faoliyati
Ko’rsatkichlar
1990
yil
2000
yil
2010
yil
Ambulatoriya-poliklinika tibbiy xizmatini ko’rsatuvchi
tibbiyot maskanlari soni
3139
4847
5886
SHu jumladan, qishloq va shahar vrachlik punktlari

1567
3208
Ambulatoriya-poliklinika muassasalarining qabul
quvvati, ming kishi
275,7
391,5
416,0
Bir kishining tibbiyot muassasalariga o’rtacha
tashrifi, marta
6,5
8,8
9,5
Manba: O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi) 2011 yil ma’lumotlari
2001 yilda mamlakatimizda tibbiyot fanining eng ilg’or yutuqlari asosida keskin va
kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatishning yaxlit tizimi
yaratildi. SHoshilinch tibbiy yordam tizimini tashkil etish va jihozlash uchun 11,5 milliard so’m
va 61,5 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kreditlar sarflandi.
Aholiga yuqori sifatli ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko’rsatishni ta’minlash maqsadida,
Respublika maxsus ixtisoslashtirilgan markazlari tashkil etildi va faoliyati yo’lga qo’yildi.
Mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimida, ijtimoiy sohadagi davlat siyosatining asosiy
yo’nalishlaridan biri bo’lgan ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalasi yetakchi o’rin
egallaydi.
Yodlangan tuz ishlab chiqarishning kengaytirilishi, unni boyitish dasturlarining amalga
oshirilishi, aholi o’rtasida keng tushuntirish ishlarining olib borilishi natijasida yurtimizda yod
tanqisligi, temir moddasi va foliy kislota 66,6 % dan 32,9 % gacha y e tishmasligi bilan
bog’liq kasalliklar so’nggi o’n yil ichida sezilarli kamaydi.
Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli yuqumli kasalliklarga qarshi chora-


118
tadbirlarning aniq maqsadli hamda samarali tashkil etilishi natijasida ko’plab yuqumli
kasalliklarning oldini olish va batamom bartaraf etish borasida sezilarli yutuqlarga erishildi.
Sanitariya-epidemiologik jihatdan qulay vaziyatni ta’minlashga qaratilgan
tadbirlarning asosiy yo’nalishi orttirilgan immunitet virusi (OIV) infektsiyasining oldini
olish bilan bog’liq. Bugungi kunda mamlakatimizda ortti- rilgan immunitet tanqisligi sindromi
(OITS)ga qarshi kurashish bo’yicha Respublika OITSga qarshi kurashish markazi, uning
viloyatlardagi 14 ta filiali, respublika, viloyat va tuman sog’liqni saqlash boshqarmalari
huzuridagi 78 ta OIV diagnostikasi laboratoriyalarini qamrab olgan umummilliy
muassasalar tarmog’i yaratildi. Bu tibbiyot maskanlarining barchasi zarur diagnostika
uskunalari va mate- riallar bilan ta’minlangan, davlatimiz tomonidan tibbiyot xodimlarini
tayyorlash sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling