O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


olib boriladi: Birinchidan


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

olib boriladi: Birinchidan, ishlab chiqarishni o’stirish orqali tovar va xizmatlarni
ko’paytirish va shu yo’sinda pulni moddiy jihatdan ta’minlash; ikkinchidan, pul
miqdorini keragidan ortiqcha bo’lishiga yo’l bermaslik uchun pul emissiyasi
ustidan qattiq nazorat o’rnatish, ya’ni ortiqcha pulni muomalaga chiqarmaslik.
Ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida inflyatsiya sur’atlari pasayadi.
Kuchli inflyatsiya kezlarida pulni ishlab chiqarishga qo’yish xatarli ishga aylanadi.
SHu boisdan davlat inflyatsiyaga yo’l bermaydigan qulay investitsiya muhitini
yaratib, iqtisodiy o’sishga ko’maklashadi, natijadabirinchidan, kredit olishni
yengillashtiradi, qarz berishning xatari kam bo’ladi, ikkinchidan, pulga uning
qadri pasayib ulgurmasdan resurs olib ishlab chiqarishga joylashtirish mumkin.
Inflyatsiyani davlat naqadar jilovlay olishiga qarab iqtisodiyotda o’zgarish yuz
beradi.
Kredit siyosati. Iqtisodiyotga kuchli ta’sir etuvchi vosita – bu foiz
stavkasidir. Bozor qoidasiga ko’ra foiz kamaysa, qarz puliga talab oshadi,
binobarin, kredit ko’proq olinadi va ko’proq ishlab chiqarishga qo’yiladi.
Kreditning iqtisodiy o’sishga aloqadorligini hisobga olgan holda davlat uni
arzonlashtirish choralarini ko’radi. Davlatning qo’lida katta pul to’planadi, bu pul
bankka qo’yiladi va ishlatilishiga qadar kredit resursini tashkil etadi. Davlatning
puli kapital bozoriga chiqib kreditning taklifini ko’paytiradi va bu foizni
kamaytiradi.
Davlat bo’sh turgan pulning tarkibini o’zgartirish orqali bozordagi pulga
bo’lgan talab va taklifni o’zgartirishga erishadi. Bo’sh pullar hozir qarz berish
uchun ajratilgan va zaxiradagi kredit rezervi sifatida turgan pullarga
bo’linadi. Zaxiradagi rezerv pulning kamayishi taklif etilgan pulning ko’payishini
bildiradi va aksincha, uning ko’payishi pul taklifini qisqartiradi. Odatda kredit
resursining 20 foizi zaxirada bo’lsa, 80 foizi bevosita kredit ishiga ajratiladi, ya’ni
sotishga qo’yiladi. Davlat shu nisbatni o’zgartiradi. U pul rezervini qisqartirish
hisobidan uning kredit sifatida taklifini ko’paytiradi. Natijada foiz pasayadi,
binobarin kredit arzonlashganidan uni ko’proq olib, investitsiya uchun ishlatish
qulay bo’ladi.
Davlat kredit resursiga o’zi nomidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni,
chunonchi, aktsiya, obligatsiya, xazina majburiyatlarini sotish orqali ta’sir etadi.
Bu qog’ozlar sotilganda bo’sh pullar davlat olgan qarzga aylanib qoladi va ular
kredit sifatida berilmaydi. Natijada kredit taklifi qisqarib , foiz o’sadi. Davlat bu
qog’ozlarni qaytadan sotib olganda o’z qarzini uzgan bo’ladi, uning qo’lidagi pul
qimmatli qog’ozlarni sotganlar qo’liga o’tib, bo’sh pulni ko’paytiradi, binobarin,
pulning kredit sifatida taklifini oshiradi. Natijada foiz pasayib, kredit arzonlashadi.
Davlat tadbirkorligining o’ziga yarasha ziddiyatlari bor, bu tadbirkorlik, bir
tomondan, iqtisodiyot uchun zarur, ikkinchi tomondan, u g’oyat serxarajat.


131
Davlat bozorga iste’molchi – xaridor sifatida ham chiqadi. Davlat
byurtmachilariga binoan ishlash firmalar uchun qulay bozor yaratadi, chunki
tovarlar va xizmatlar oldindan belgilangan miqdorda va kelishilgan narxda albatta
sotiladi. Davlat xususiy sektorda jamg’arilib, bozorga chiqmay qolishi mumkin
bo’lgan pulni soliq undirish orqali o’z qo’liga olib, uni o’z byurtmasini xarid
etishga jalb etadi, ya’ni bozorni kengaytiradi. Demak, davlat o’z xaridi bilan
iqtisodiy taraqqiyotga hissa qo’shadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling