O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Uning Qonunchilik palatasi (quyi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

2. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. Uning Qonunchilik palatasi (quyi
palata) va Senati (yuqori palata), tegishli hay’at va qo’mitalari.
Oliy majlisning Qonunchilik palatasi qonun yaratishdek muhim va zarur ish
bilan shug’ullanadi. Qonunchilik palatasi sessiyalari sentyabrning birinchi ish
kunidan boshlab, kelgusi yilning ohirgi ish kuniga qadar, demak 10 oy mobaynida
o’tkaziladi. SHunday qilib Qonunchilik palatasi doimiy faoliyat yuritadi. Quyi
palatada 150 ta deputat, (saylov kuni 25 yoshga to’lgan hamda kamida besh yil
O’zbekiston hududida muqim yashayotgan O’zbekiston fuqarosi Qonunchilik
palatasi deputati, shuningdek, Senat a’zosi bo’lishi mumkin). Ularning ichidan
palataga rahbarlik qiluvchi Spiker (notiq) va uning o’rinbosarlari faoliyat yuritadi.
Ishni samarali tashkil etish, palata qo’mitalari ishini muvofiqlashtirib borish,
qonun loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish masalasini dastlabki tarzda ko’rib
chiqish maqsadida Qonunchilik palatasi kengashi tuziladi. SHuningdek quyi palata
tarkibida qo’mitalar ham faoliyat yuritadi. Ushbu qo’mitalar qonun loyihalarini
tayyorlash
ishini
olib
boradi.
Qonunchilik
palatasi
muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqadi va
tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasi qonunlari hamda palata tomonidan qabul
qilinadigan qarorlarning ijrosini nazorat qiladi. Qonunchilik palatasida qonunchilik
tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qonunchilik palatasi
deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy xo’jalik sudi, Bosh
prokurori egadirlar.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi quyidagi
tarkibga ega:
1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri
2. Oliy Majlis Spikerining 5 ta o’rinbosarlari:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi konunchilik palatasi qo’mitalari:
- Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo’mitasi
- Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi


133
- Mehnat va ijtimoiy masalalar qo’mitasi
- Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi
- Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi
- Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo’mitasi
- Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi
- Fan, ta’lim madaniyat va sport masalalari qo’mitasi
- Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaroning o’zini o’zi
boshqarish organlari qo’mitasi
- Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo’mitasi
- Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo’mitasi
3. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiniing Inson huquqlari bo’yicha
vakili.
4. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi devoni.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majtasining Senati to’g’risidagi
Konstitutsiyaviy Qonun yuqori palataning huquqiy maqomini belgilab bergan.
Ma’lumki, Respublikada 14 ta ma’muriy hududiy birlik (Qoraqalpog’iston
Respublikasi, 12 ta viloyat va Toshkent shahri) mavjud. Ularning har biridan 6
nafardan vakil tegishli qo’shma majlislarda Senatga (oqsoqollar kengashi
ma’nosida) saylanadi. SHuning uchun mazkur palata Qonunda hududiy vakillik
palatasi deb ataladi. SHunday qilib joylardan saylangan jami 84 nafar senator
yoniga yuqori palataning 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish
sohasida hamda davlat va jamiyat hayotining boshqa tarmoqlarida katta amaliy
tajribaga ega bo’lgan, shuningdek, alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqorolar
orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling