O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat faoliyati
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2 Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi, tarkibi va vazifalari
Bozor tizimida davlatning iqtisodiyoti tartiblashdan iborat faoliyati
ma’muriy taziyq orqali emas, balki iqtisodiy vositalar bilan amalga oshiriladi. Davlat iqtisodiyotni boshqarishdagi asosiy vazifalari va funktsiyalari quyidagilardan iborat: O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar amalda ro’yobga chiqarilishini,ularning ijrosi ustidan ta’sirchan nazorat amalga oshirilishini ta’minlash; Tashqi va ichki siyosatni amalga oshirish, davlatning tashqi va ichki havfsizligini ta’minlash; Mamlakatni strategik rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash,davlatning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni tashkil qilish,iqtisodiy islohotlarni ro’yobga chiqarish borasidagi chora- tadbirlarni amalga oshirish; Insonning konstituttsiyaviy huquqlari va erkinliklarini, aholining ta’lim. tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minotga bo’lgan huquqlarini ta’minlash va himoya qilish, mehnat bozorini tartibga solish, ijtimoiy sohada umumdavlat boshqaruv tizimi faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish; Tegishli hususiy muhitni yaratish, litsenziyalash, sertifikatlashtirish va standartlashtirish orqali ho’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish; Soliqlar, bojxona to’lovlarini yig’ish, davlat daromadlarini taqsimlash yo’li bilan xazinaga oid vazifalarni amalga oshirish. 8.2 Milliy iqtisodiyotni boshqaruv tizimi, tarkibi va vazifalari O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga binoan davlat boshqaruv organlari quyidagicha: 1. O’zbekiston fuqarolarining umumiy saylov yo’li bilan tayinlanadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshga to’lgan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O’zbekiston hududida muqim yashagan, davlat tilini yaxshi biladigan O’zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’g’ridan-to’g’ri saylov huquqi asosida, yashirin ovoz berish yo’li bilan besh yil muddatga saylanadi. Prezident devoni tarkibida: 1. Tashkiliy kadrlar xizmati. 2. Oliy majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan xamkorlik kilish xizmati. 132 3. Huquqni muxofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvoqlashtirish xizmati. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati. 5. Fan, ta’lim, sog’liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari xizmati. 6. Ommaviy axborot vositalari, madaniyat, san’at va ijodiy tashkilotlarni rivojlantirish masalalari xizmati. 7. Ishlar boshqarmasi. 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining protokol xizmati. 9. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati. 10. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining kantselyariyasi 11. O’zbekiston Respubikasi Prezidenti xuzuridagi milliy xavfsizlik kengashi kotibining xizmati kabi bo’limlar mavjuddir. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling