O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


 Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari, omillari


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

11.2. Xalqaro iqtisodiyotga integratsiyalashish jarayonlari, omillari,
shakllari va mexanizmi.
 Jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyatlaridan biri –uning qamrovi
kengayib borayotganligidandir. Bu jarayon rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalari nafaqat savdo sotiq sohasida, balki
boshqa ko’lamlarda ham erkinlashib borayotganligi, ularning milliy iqtisodlari
tobora ko’proq o’z qobig’ini yorib, bir –biri bilan bog’lanib ketayotganligi bilan
ajralib turadi. Ushbu jarayonlar quyidagi ikki g’oyat muhim holat natijasi
hisoblanadi:
Bir tomondan, amaliyotda tobora ko’proq milliy bozorlarning yaratilishi,
milliy iqtisodlarning tashqi aloqalarga urg’u berishi;
Ikkinchi tomondan, xalqaro xo’jalik munosabatlarini rivojlantirish va
chuqurlashtirish yo’lida uchraydigan transport, kommunikatsiya sohalarida g’ov –
to’siqlarni darhol bartaraf etuvchi texnologik innovatsiyalar.


163
1980 –yillarning o’rtalaridan boshlab jahon iqtisodi xalqaro savdo va halqaro
moliyaviy muomalalar haddan tashqari yuqori sur’atlar bilan o’sayotgan davrga
qadam qo’ydi.
1980–yildan 1996–yilgacha bo’lgan davr ichida xalqaro savdo oboroti hajmi
bir yilda o’rtacha 6,5 % ga ortdi va 10 yil ichida 1,9 barobar ko’paydi.
Ushbu yillar mobaynida xalqaro xizmatlar savdosi 2,4 martta kupaydi.
1985-1995 yillar ichida xalqaro savdoning jaxon yalpi mahsulotidagi
salmog’i oldingi 10 yillikdagigi nisbatan 3 martta va 1996-2010 yillarda esa qariyb
8 martta ko’proq jadallashdi. Bu milliy iqtisodlar kashfi tezlashganidan, ularning
bir–biriga muhtojligi kuchayib borganligidan dalolat beradi.
Xuddi ana shu davrda bevosita chet el investitsiyalarining o’sishida jiddiy
o’zgarish yuz berdi, ularning jahon yalpi mahsulotidagi salmog’i ikki barobar
ko’paydi.
Ishlab chiqarish kuchlarining internatsionallashuvi va buning oliy shakli
bo’lmish jahon iqtisodiyotining globallashuvidan iborat umumiy jarayon
dunyoning ko’pgina mintaqalarida integratsiya holatlarining rivojlanishi hamda
integratsion birlashmalarning yuzaga kelishida namoyon bo’ladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling