O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


III BOB MILLIY BOYLIK, AHOLI VA MEHNAT RESURSLARI


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

III BOB MILLIY BOYLIK, AHOLI VA MEHNAT RESURSLARI
Reja:
§
1. Milliy boylik tushunchasi, uning tarkibi.
§
2. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish asoslari.
3.1. Milliy boylik tushunchasi, uning tarkibi.
Boylik, degan tushuncha iqtisodiy nazariyada keng qo’llaniladi. Birinchi marta boylik
degan tushunchani angliyalik iqtisodchi A.Smit kiritgan. U yaratilgan mahsulotlarning
jamg’arilishi boylik deb atagan va uni ishlab chiqaruvchilar mehnati oshiradi deb uqtirgan. 1664
yilda ingliz olimi Uilьyam Petti milliy boylikni hisoblagan olimdir. U birinchi marta boylikning
otasi mehnat, onasi esa yerdir,- degan.
Hozirgi zamon nazariyotchilari ham yaratilgan mahsulot ishlab chiqarish resursiga
aylanib, boylik hosil etishini e’tirof etadilar. Milliy boylik yoki ijtimoiy boylik umumiqtisodiy
kategoriyadir. Ishlab chiqarish bor joyda milliy boylik vujudga keladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratilgan va jamg’arilgan
moddiy, nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat inomlaridan iboratdir.
Milliy boylik o’z ichiga moddiy va nomoddiy ne’matlarni, yaratilgan san’at asarlarini
intelektual salohiyatni hamda barcha tabiat resurslari va boyliklarini oladi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
1. Moddiy buyumlashgan boylik:
2. Nomoddiy boylik:
3. Tabiiy boylik:
Moddiy buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning, unumli mehnatining natijasi
hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarni joriy iste’mol qilishdan ortiqcha
qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib boradi. Boylikning bir qismi har yili
ishdan chiqarilib va qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari).
SHu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning
faqat bir qismi moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg’arilib boriladi. Milliy boylik mehnat
natijasida yaratiladi va ko’payib boradi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan qismi, o’z ichiga quyidagilarni oladi:

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling