O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

Tabiiy potentsial — tabiiy resurslar miqdori va sifati, tabiiy sharoit, iqlim, rel’ef, ob-havo
sharoiti. Tabiiy potentsial cheklangan va notekis joylashgan bo’ladi. Tabiiy potentsialni yer, suv
zaxiralari, o’rmon va yer osti boyliklari, suv boyliklari, iqlim qulayliklari tashkil etadi. Ular
iqtisodiyotga ko’maklashuvi yoki unga qiyinchilik tugdirishi mumkin. Ammo tabiiy resurslar
yaratgan to’sio’larni ilmiy va texnikaviy potentsial bartaraf etishi mumkin. Masalan, Yaponiya
tabiiy resurslari kamyobligini yuksak texnika-texnologiya potentsiali vositasida ortigi bilan
qoplaydi.
Iqtisodiy potentsial unsurlari birgalikda amal qilib, bir-biridagi yetishmovchilikni to’ldira
oladi. Ularning samarali amal qilishi uchun jamiyatdagi iqtisodiy sharoit ulardan tularoq
foydalanish yuzasidan ham manfaatdorlik, ham javobgarlikni yuzaga keltirishi zarur.
Iqtisodiy patentsialning o’sishini va samarali ishlashini ta’minlovchi kuch-bu erkin bozor
mexanizmidir.
Tayanch iboralar
• Boylik
Milliy boylik
• Moddiy buyumlashgan boylik
• Nomoddiy boylik
Tabiiy boylik
• Itisodiy potentsial
• Mehnat potentsiali
• Ilm-ma’rifat potentsiali
• Tabiiy potentsial
O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
1. Boylik va milliy boylik tushunchalari o’rtasida qanday farq bor?
2. Milliy boylik tarkibiga nimalar kiradi?
3. Moddiy buyumlashgan boylik deganda nimani tushunasiz?
4. Nomoddiy boylik tarkibiga nimalar kiradi?
5. Tabiiy boylik tarkibiga-chi?
6. Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
7. Iqtisodiy potentsial deganda nimani tushunasiz?
8. Iqtisodiy potentsial qanday unsurlardan tashkil topgan?
9. Mehnat potentsialining mohiyati nimada?
10. Ilm-ma’rifat potentsialining mohiyati nimada?
11. Texnika-texnologiya potentsialining mohiyati nimada?
12. Tabiiy potentsialning mohiyati nimada?

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling