O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy potentsialning to’rt xil unsuri
- Mehnat potentsiali
milliy mahsulot ko’rsatkichi hisoblanadi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish esa - milliy
boylikning hajmi va strukturasiga, undan yaxshi foydalanilishiga bog’liqdir. SHunday ekan, iqtisodiy potentsial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi. Iqtisodiy potentsial jamiyat a’zolarining ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Agar ehtiyojlar to’laroq qondirilsa, iqtisodiy potentsial samarali ishlatilgan bo’ladi. Iqtisodiy potentsialning to’rt xil unsuri (elementi) mavjud. 1. Mehnat potentsiali 2. Ilm-ma’rifat potentsiali 3. Texnika-texnologiya potentsiali 4. Tabiiy potentsial 30 Mehnat potentsiali — jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilardir. Mehnat potentsialining miqdoriy o’lchami ishga yaroqli kishilar soni bo’lib, uning o’sib borishi aholining ko’payishidan kelib chiqadi. Sifat jihatidan mehnat potentsiali mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini bildiradi. Mehnat potentsiali ishlab chiqarish orqali Milliy boylikni oshirishga o’z hissasini qo’shadi. Inson resurslari – bular kishilar, ular faqat moddiy ne’matlar yaratib qolmay, shu bilan birga ularni iste’mol ham qiladilar. Kishilar moddiy va ma’naviy ehtiyojlari jihatidan bir xil bo’la olmaydi. Bunga ularning jinsi, yoshi, sog’ligi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi va boshqa ijtimoiy, ruhiy-fiziologik sifatlari sabab bo’ladi, shuning uchun bir kishi ikkinchisiga o’xshamaydi. Hozirgi vaqtda respublika aholisi 2012 yil 29,6 mln kishini tashkil qilgan,ulardan mehnatga qobiliyatli aholi soni 17,2 mlndan ortiqroqdir. Mehnat resurslari tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar aholi ham kiritiladi. Mehnat resurslari iqtisodiyotda mehnat bilan band bo’lgan, band bo’lmasa ham mehnat qilishlari mumkin bo’lgan kishilarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, mehnat resurslari mehnat qilish imkoniyatiga ega haqiqiy va potentsial xodimlardir. Mehnat resurslari shakllanishini o’rganishda ularni yosh guruhlari bo’yicha ko’rib chiqishimiz ham maqsadga muvofiqdir. Kishilarni guruhlarga ajratishda ularning yoshi chegaralarini aniqlash asosiy muammo hisoblanadi Bu masalani hal etishda huquqiy asoslangan va amalda mavjudlarini ajratish muhim rolь o’ynaydi. Bunda inson organizmining nafaqat biologik xususiyatlari, balki mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlar, aholining turmush darajasi, umumiy, o’rta maxsus va oliy ta’lim tizimining holati, o’rtacha umr davomiyligi va boshqalar ham hisobga olinadi. SHularga asoslangan holda ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazardan aholini yoshiga ko’ra 6 guruhga bo’lish mumkin 8 : Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling