O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


agentligi tashkil kilindi 7 . O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

agentligi tashkil kilindi
7
.
O’zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligi asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
· intelektual mulk ob’ektlarini muxofaza qilish, ularni ximoya qilish sohasida yagona
davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash, ixtirolar sanoat namunalari, foydali modellar,
tovar belgilari hamda boshqa intelektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish intelektual mulk
ob’ektlari huquqiy egalarini huquqlarini himoya qilish;
· ixtirolar, foydali modellar sanoat namunalari va boshqa intelektual mulk ob’ektlari
ekspertizasini o’tkazish hamda ularni davlat ro’yhatiga olish;
· innovatsiya texnologiyalari hamda ixtirolarni, ilmiy-texnikaviy va sanoat ishlanmalarini
badiiy-konstruktrlik hamda ijodiy ishlarning boshqa turlarini ishlab chiqishga har tomonlama
ko’maklashish;
· intelektual mulkni muhofaza kilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning moddiy shart –
sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga
kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bog’liq emas, u tabiat qonunlari asosida ro’y beradi.
Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab
chiqarishdan tashqarida turadi.
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu holatida
inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma’nosi
shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik hisoblanadi. Ular real
boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi.
7
Ўзбекистон Республикасининг интелектуал мулк агентлигини ташкил этиш
тўғрисида. Ўзбекистон Республикаси Қонун хужжатлари тўплами, 2011 йил 22-23
сон, 227- модда.


29
O’zbekiston yer resurslari va yer osti boyliklari bilan xaqli ravishda faxrlanadi. CHunki
yer har qanday jamiyatning, mamlakatning beqiyos boyligidir. Yer bu qishloq xo’jaligining
asosiy ishlab chiqarish vositasidir. O’zbekiston hududi doirasida shakllantiruvchi yillik suv
oqimi 10 kub km.ga yaqin. Boshqa mamlakatlar hududidan oqib keluvchi suv oqimi 89 kub
km.ni tashkil qiladi. O’zbekistonda Mashhur Mendeleev davriy sistemasining deyarli barcha
elementlari topilgan.
O’zbekiston hududida oltin, mis, uran, kumush, rux, volьfram, molibden, alyuminiy va
magniy rudalari, nodir metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli va boshqa tabiiy tuz qatlamlari, kaolin,
o’tga chidamli xom ashyolar, bentonit, marmar va boshqa bezak toshlari topilgan. Asosiy yoqilg’i
energetika resurslari neftь, gaz ko’mir, konlari ochilgan. Rivojlangan elektroenergetika tarmoqlari mavjud.
O’zbekistonda 100 ga yaqin mineral-xom ashyo turlarining mavjudligi respublika
iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini, ayniqsa, gaz, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli
metallurgiya, qurilish materiallari sanoatlarini tez sur’atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda qurulish materiallarining 400 dan ortiq konlari mavjud.
SHu kungacha respublikada hammasi bo’lib mineral-xom ashyo turlaridan 70ga yaqini

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling