O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

1. Bolalar (0-15 yosh) - mamlakat jami aholisining eng katta qismini tashkil etib, ularning aksariyati
mehnat jarayonida ishtirok etmaydi. Ammo ushbu guruh salmog’i mehnat salohiyatining kelgusi va
istiqbol ko’rsatkichlarini belgilab beradi. CHunki bu qatlamning yuqori chegarasidagi o’smirlar tez
orada mehnat resurslari safiga qo’shiladi.
2. O’smir yoshlar (16-24 yosh) - mazkur guruhning katta qismi iqtisodiy nofaol aholi tarkibiga kirib,
ular maktab, akademik litsey, kollej va oliy o’quv yurtlarida ta’lim olayotgan yoshlar, tug’ruq
ta’tilidagi ayollar hisoblanadi. SHuningdek, ular tarkibida iqtisodiyotning qator soha va tarmoqlarida
band bo’lganlari ham mavjud bo’lib, mehnat faoliyati aksariyat hollarda boshlang’ich ko’rinishga ega
bo’ladi.
3. O’rta yoshlilar (25-30 yosh) - ular o’zi jismoniy holati va imkoniyatlari jihatdan yuqori
ko’rsatkichga ega bo’lib, mehnatga layoqatli jami aholining asosiy qismini qamrab oladi. Bu guruh
vakillari aniq hayot yo’llarini tanlab olgan, o’z oilasiga ega bo’lgan va jamiyatda ma’lum yutuqqa
erishgan hisoblanadi. Lekin ularning barchasi ham iqtisodiyotda band bo’lmaydi, chunki bu tarkibda
yosh bolali onalar va ayollar ham ko’pchilikni tashkil etadi.
4. 31-59 yoshdagi aholi – ushbu guruhdagi aholi yuksak mehnat salohiyatiga ega bo’lib, hayotiy va
ish tajribasining yuqori ko’rsatkichiga erishadi. SHu vaqtgacha olgan amaliy ko’nikma va
malakalarini ishlab chiqarish jarayonlariga safarbar etadilar hamda mehnat jamoasida alohida o’rin
egallaydilar. Bu toifa insonlar yoshlarga o’rnak va maslakdosh bo’ladi. Ushbu yosh chegarasidagi
kishilarning iqtisodiy faollik darajasi boshqalarga nisbatan yuqori hisoblanadi. SHuningdek, mazkur
qatlamning yuqori qismida pensiya yoshiga yetgan ayollar hamda mehnat faoliyatini yakunlash
taraddudida bo’lgan erkaklar ham mavjud.
5. 60 dan 70 yoshgacha bo’lganlar – bu qatlam vakillari pensiya yoshiga yetgan aholi hisoblanib,
ularning aksariyati pensiyada bo’ladi. Lekin, ularning orasida o’z ish faoliyatlarini davom
8
Абдурахмонов Қ.Х. Меҳнат иқтисодиёти. Т. “Меҳнат” 2009 йил, 163 бет.


31
ettirayotganlari ham bo’lib (ayniqsa, erkaklar), ular ham butunlay nafaqaga chiqish va mehnat
faoliyatini yakunlash arafasida bo’ladilar.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling