O’zbekiston respublika oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Modernizatsiyalash – davr talabi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/221
Sana09.04.2023
Hajmi2 Mb.
#1347440
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   221
Bog'liq
Milliy iqtisodiyot ma\'ruza matn

4.2. Modernizatsiyalash – davr talabi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni eng muhim maqsadi va asosiy ustuvor vazifasi – bu
islohotlarni davom ettirish va chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya
qilish 2009-2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralar dasturini bajarilishi va shu
asosda iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir.
Iqtisodiy islohotlarni ta’minlashga yo’naltirilgan bunday tadbirlar jahon moliyaviy iqtisodiy
inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirishga qaratilgan inqirozga qarshi choralar
dasturini samarali amalga oshirishni huquqiy ta’minlash dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida
O’zbekistonga iqtisodiyotning barqaror o’sish sur’atlarini saqlab qolish va aholining real
daromadini oshirish imkonini berdi
10
.
Eng avvalo, modernizatsiya atamasiga to’xtaladigan bo’lsak, odatda uni texnika,
texnologiyaga oid tushuncha deb qaraladi. Jumladan, iqtisodiyotga oid ayrim lug’atlarda unga
quyidagi mazmunda ta’rif beriladi: “Modernizatsiya ob’ektni yangilash, yaxshilash.
takomillashtirish, uni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat
ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirish. Asosan mashina asbob-uskunalar texnologik
jarayonlar modernizatsiyalanadi”
11
. Fikrimizcha, bu modernizatsiya tor ma’nodagi yondashuv
bo’lib, bugungi kunda uning keng ma’nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat kasb etib
bormoqda.
Modernizatsiya – an’anaviy jamiyatni ilg’or, industrial jihatdan taraqqiy etgan jamiyatga
aylanishini ta’minlovchi ijtimoiy tarixiy jarayondir. Modernizatsiyani keng ma’nodagi
mazmunini tushunishda iqtisodchi olim R.Nureev uni neoklassik va keynscha talqinlarini
10
Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор
мақсадларимиздир. Президент И.А Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик
палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маърузаси. Халқ сўзи 2009.
11
Economic.doc.ru


37
farqlaydi. Jumladan, neoklassiklar tomonidan modernizatsiyaga xususiy mulkchilik va
demokratiyani mustaxkamlash sifatida yondashilsa, Keynschilar tomonidan, eng avvalo,
xo’jalikning asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi yangilanish jarayoni degan fikr ilgari surilgan.
Inqirozga qarshi choralar dasturining mazmun mohiyati, asosiy yo’nalishlari korxonalarni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni jadallashtirish, zamonaviy
innovatsion texnologiyalarni joriy etish, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar va
diversifikatsiyalash jarayonlarini kengaytirishni o’zida aks ettiradi. “Qanchalik g’ayritabiiy
tuyulmasin, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov – jahon iqtisodiy inqirozi ishlab
chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zarurligini kun tartibiga yanada
o’tkir qilib qo’ymoqda va buning uchun bor kuch – imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar
etishni talab etmoqda”
12
.
SHu maqsadda umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod 300 ta investitsiya
loyihasi ustida ish boradi. Bunda yangi qurilgan 18,5 dollarni, modernizatsiyalash va
rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash – 6 milliard dollarni tashkil etadi
13
.
Mablag’lar, birinchi navbatda, yoqilg’i-energetika, kimyo, neftь va gazni qayta ishlash,
metallurgiya, yengil sanoat va to’qimachilik, qurilish materiallari, mashinasozlik sanoatlari
sohalariga yo’naltiriladi. “bugungi kunda ko’plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi
o’rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so’zsiz isbotlab bermoqdaki, - deb ta’kidlaydi
Yurtboshimiz, - raqobatbardoshlika erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda
iqtisodiyotni izchil isloh qilish, tarkibiy jihatdan o’zgartirish va diversifikatsiya qilishni
chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish
tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko’rsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi
mumkin”
14
Modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangilash, uni zamonaviy
talablar va me’yorlar, texnik shart-sharoitlar, sifat ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirishdan iborat
bo’lib, u mikrodarajada amalga oshiriladi. CHunki, asosan mashinalar, asbob-uskunalar,
texnologik jarayonlash modernizatsiyalashtiriladi. Ammo modernizatsiya mezo va makrodaraja
ob’ekti bo’lib ham hisoblanadi (rasmga qaralsin). Bu jarayon xukumatning iqtisodiy siyosati,
investitsiyalar va kapital qo’yilma hamda kreditlarni bir tekis va maqsadga muvofiq
joylashtirilishi orqali tarmoqlar, shuningdek iqtisodiyot miqyosida boshqariladi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling