O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Farzandlikka olishni bekor qilish
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
4-§. Farzandlikka olishni bekor qilish
Oila kodeksining 169-moddasida farzandlikka olishni bekor qilish asoslari beriladi. Farzandlikka olishni bekor gilishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat: - farzandlikka oluvchilar o'z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarini bajarishdan bo'yin tovlayotgan yoki ularni lozim darajada bajarmayotgan bo'lsalar; - ota-onalik huquqini suiiste'mol qilayotgan bo`lsalar; - farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo`lsalar;
-muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo`lgan bo'lsalar bekor gilinishi lozim. Farzandlikka olinuvchining xulq-atvori farzandlikka oluvchilarning sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, ularning hayoti va sog`lig`iga xavf solayotgan bo'lsa, farzandlikka olinuvchi voyaga yetganidan keyin farzandlikka olish bekor gilinishiga yo'l qo'yiladi.
Farzandlikka olishni bekor qilishda farzandlikka olishdagi butun huquqiy ogibatlarni kelajak vaqt uchun tugallatadi. Agar bu bolalar manfaatiga mos kelsa bir vaqtda uning huquqiy aloqalari ota-onalari va boshqa qon-garindoshlari bilan ham tiklanadi. Farzandlikka olishni bekor qilish faqat sud tartibida amalga oshiriladi. Farzandlikka olishni bekor gilishning mezoni bo'lib shu bekor qilishlik bolalar manfaatiga qaratilishi bilan belgilanadi. Umumiy qoida bo'yicha farzandlikka olishni bekor qilish bola to'la muomala layoqatiga to`lishiga qadar sodir bo'ladi. Bu esa ularni muomala layogatiga to`lishi bilan ota-onalarni huquq va majburiyatla, rining tugallanishi bilan bog'liq bo`lib farzandlikka olishni bekor qilish uchun ham zaruriyat qolmaydi. Farzandlikka olishni bekor qilish farzandlikka olinganni, farzandlikka oliuvchilarni va farzandlikka olinganlarni ota-onalarining roziligi mavjud bo'lganida yo`1 qo'yilishi murnkin. Agar farzandlikka olinuvchining ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo'Isalar, ularning roziligini olmasdan farzandlikka olish bekor qilinadi. Agar farzandlikka olish farzandlikka olinuvchilarning ota-onalarini roziligisiz yoki majburlash yo`li bilan olingan bo'lsa bolalarning ota-onalari farzandlikka olishni bekor qilishni talab etishlari mumkin. Odatda, ko'pincha farzandlikka notinch bo`Igan oilalardan bolalar beriladi. Ko'pincha farzandlikka olish bekor gilinganda bola vaqtincha vasiylik va homiylik organlariga topshiriladi. ---------------------------------224--------------------------------- Farzandlikka olish bekor qilinganda sud farzandlikka olgandan bola manfaati uchun aliment undiriladi. Bu masalani hal qilishda sud birinchi navbatda bola manfaatlarini hisobga oladi. Agar bolaning holati aliment olishni talab etsa u holda farzandlikka oluvchidan aliment undiriladi. Aliment undirish o'zining huquqiy tabiati bo'yicha javobgarlik chorasi bo'lmasdan balki uning birdan bir maqsadi bolaning ta'minotidir. Agar bola manfaati aliment undirishni talab etsa u holda farzandlikka oliuvchidan aliment undiriladi. Agar bola o'zining ota-onasiga qaytarilsa, agar bola ishlasa yoki tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanib o'zini o'zi ta'minlasa u holda aliment undirilmaydi. Farzandlikka olish bekor gilinganda, bola farzandlikka olinganda unga berilgan yangi ism, familiya va ota ismini o'zgartirgan oy-kunlar va bolani tug`ilgan joyi. Agar bolani manfaati talab etsa u holda sud bolaning ismi, familiyasi va ota ismini saglab golish huquqiga ega. Bu holat bolaning tug'ilgan joyi va oy kuniga ham tegishlidir. Bolaning familiyasi va ota ismini saglab golish to`g`risidagi farzandlikka oluvchining fikri ahamiyatga ega emas. 10 yoshga to`lgan bolaning ismi, familiyasi va ota ismini o'zgartirish uning roziligisiz mumkin emas. Bu masala bo`yicha qonunda to'g'ri ko'rsatilgan bo`lmasa ham bu holat uning tug`ilish joyiga ham tegishlidir. Oila kodeksining 170-moddasiga ko'ra farzandlikka olishni bekor qilishni talab etish huquqiga ega bo`lganlar doirasiga farzandlikka olinganning ota-onasi, prokuror, vasiylik va homiylik organlari, voyaga yetmaganlar ishi bilan shug'ullanuvchi komissiyalar, shuningdek, o'n olti yoshga to `lgan farzandlikka olingan bola kiradi. Farzandlikka olishni hagigiy emas deb topish va farzandlikka olishni bekor gilish sud tartibida amalga oshiriladi. Sud tomonidan farzandlikka olish haqiqiy emas deb topilganda yoki farzandlikka olish bekor gilinganda farzandlikka olinuvchi bola bilan farzandlikka oluvchilarning (farzandlikka oluvchilarning qarindoshlari) o'zaro huquq va majburiyatlari tugatiladi hamda bola bilan uning ota-onasi (ota-onaning garindoshlari) o'rtasidagi huquq va majburiyatlar tiklanadi. --------------------------------------225--------------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling