O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
4-§. Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari
Oila kodeksining 181-moddasiga binoan vasiylar o'z qaramog'idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko'zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar. Homiylar o'z qaramog'idagi shaxslarga ular o'z huquglarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko'maklashadilar, shuningdek, ularning huquglari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste'mol etilishidan himoya giladilar. Vasiylar va homiylar vasiylik va homiylikdagi shaxslarning huquq va manfaatlarini barcha muassasalarda, shu jumladan, sudda ham alohida ishonchnomasiz himoya qiladi. Vasiy va homiy: - turar joyi o'zgarganligi to'g'risida vasiylik va homiylik organini xabardor qilishi; - vasiyligi va homiyligidagi bolalarni tarbiyalashi, ularning ta'minoti, salomatligi, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi; - o'z qaramog'idagi voyaga yetmagan bolalar bilan vasiy va homiylar birga yashashlari mumkin. 16 yoshga to'lgan homiylikdagi bolaning o'z homiysidan alohida yashashiga basharti bu uning tarbiyasiga hamda huquq va manfaatlarining himoya qilinishiga salbiy ta'sir qilmasa, vasiylik va homiylik organising ruxsati bilan yo`1 qo'yiladi.
- vasiyligi yoki homiyligidagi bolani qonuniy asoslar bo'lmasdan turib, o`z qaramog'ida saglab turgan har ganday shaxslardan, shu jum ------------------------229-----------------------------
Vasiy yoki homiy o'z zimmasiga qonun bilan yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmaganida vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko'ra tuman (shahar) hokimi vasiy yoki homiyni bu majburiyatlarni bajarishdan chetlatadi. Vasiy yoki homiy majburiyatlarni sifatli bajarmaganida bu majburiyatlarni bajarishdan chetlanish masalasi sudga tegishli bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki sud nizoli masalani adolatli hal qilib o'z faoliyatida faqat qonunga asoslanib hal qiladi. Vasiylik quyidagi hollarda tugaydi: - vasiylikdagi shaxs yoki va vasiy vafot etganda; - voyaga yetmaganlarga nisbatan - ular 14 yoshga tolganda yoki ota-onasi tarbiyasiga qaytarilganda; - qonunda belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganlar uchun - ularning muomala layoqati sud tomonidam tiklangan hollarda. Homiylik quyidagi hollarda tugaydi: - homiylikdagi shaxs yoki homiy vafot etganda; - homiylikdagi shaxs voyaga yetganda; - homiylikdagi shaxs ota-onasiga gaytarilganda; - homiylikdagi shaxs nikohga kirganda; - voyaga yetmagan shaxs to'la muomalaga layogatli deb e'lon qilinganda (emansipatsiya); - fuqaroning muomala layoqatini cheklash haqidagi sudning hal qiluv garori bekor qilinganda; - homiylikdagi voyaga yetgan shaxsning sog'lig'i yaxshilanganligi tufayli u mustaqil ravishda o'z huquglarini amalga oshirish va majburiyatlarini bajarish mumkin bolganda. -----------------------------230-------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling