O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
XXI mavzu. VOYAGA YETMAGAN BOLALAR UCHUN
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasiylik va homiylikni belgilovchi organlar
XXI mavzu. VOYAGA YETMAGAN BOLALAR UCHUN
VASIY VA HOMIY TAYINLASH 1-§. Vasiylik va homiylikning maqsadi Hayotda baxtsiz tasodif va bar xil sabablar tufayli ota-ona tarbiyasidan va ta'minotidan mahrum bolgan voyaga yetmagan bolalar uchun oilaviy tarbiyaga yaqin bolgan tarbiyani ta'minlaydigan vositalardan biri vasiylik va homiylikdir. Vasiylik va homiylikning asosiy maqsadi ota-ona qaramog'idan mahrum bolgan bolalarni oilaga joylashtirish shakllaridan biridir. Vasiylikk va homiylik masalalari fuqarolik va oila qonunlarining tegishli moddalari bilan tartibga solinadi. Vasiylik va homiylik masalalariga Oila kodeksida va me'yoriy hujjat - «Nizom»da keng o`rin berilgan. Oila kodeksining 175-moddasiga binoan vasiylik va homiylik vazifalarini amalga oshirish o'n sakkiz yoshga tolmagan shaxslarga nisbatan - xalq ta'limi bo`limlariga, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslarga nisbatan - sog'liqni saglash bo'limlariga, sog'lig'ining yomonligi sababli homiy tayinlanishiga muhtoj muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan - Mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish bolimlariga yuklatiladi. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiglangan < Vasiylik va homiylik Oila kodeksining XXI bobi, 179-199-moddalari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 199- yil 12apreldagi 171-sonli qarori bilan tasdiglangan < Oila kodeksining 173-moddasiga binoan vasiylik va homiylik ota-onasining qaramog'idan mahrum bolgan bolalarga ta'minot be ---------------------226-------------------------------------------------- rish, ularni tarbiyalash va ularga ta'lim berish, shuningdek, bunday bolalarning shaxsiy hamda mulkiy huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun belgilanadi. Vasiylik 14 yoshga tolmagan bolalarga va sud tomonidan muomalaga layogatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan quyidagi hollarda belgilanadi: - ota-onasi vafot etgan bo'lsa; - ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganida yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda; - ota-onasi sud garori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilgan da;
- ota-onasi 6 oydan ortiq muddat bolmagan hollarda, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo'lsa; - ota-onasi bedarak yo'qolganda; Ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya gilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiyalash, davolash muassasalari, axolini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga o`xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda. 2-§. Vasiylik va homiylikni belgilovchi organlar Amaldagi qonunlarga muvofiq vasiylik va homiylik vasiy va homiy tayinlashga muhtoj bo`lgan shaxs yashayotgan joyda belgilanadi. Yashash joyi deyilganda voyaga yetgan shaxsning doimiy ro'yxatdan o'tgan turar joyi tushuniladi. Voyaga yetmaganlaming yashash joyi ularning ota-onalari yashaydigan joy hisoblanadi. Vasiylik va homiylik tuman yoki shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Hokimning vasiy yoki homiy tayinlash to'g'risidagi qarori O'zbekiston Respublikasining butun hududida haqiqiy hisoblanib, barcha yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir. Amaldagi Oila kodeksining 176-moddasida vasiylik va homiyiik belgilanadigan shaxslar ko`rsatilgan. Ilgari amalda bolgan Nikoh va oila kodeksining 169-moddasida vasiylik o`n besh yoshga tolmagan -----------------------227----------------------------- bolalarga nisbatan belgilanishi nazarda tutilgan bo`lsa, yangi Oila kodeksiga ko `ra o'n to `rt yoshga to `lmagan voyaga yetmaganlarga nisbatan belgilanadi. Vasiy o`zining vasiyligida shaxsning nafaqat mulkiy, balki shaxsiy nomulkiy huquq va manfaatlarini ham himoya qiladi. O'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlarga nisbatan homiy tayinlanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling