O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet98/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

XX mavzu. FARZANDLIKKA OLISH
1-§. Farzandlikka olish tushunchasi
Farzandlikka olish Oila kodeksining 20-bobi, 151-172-moddalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-aprel­dagi 171-son qarori bilan tasdiglangan «Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va oilaga tarbiyaga olish (patronat) to'g'risida Nizom>> bilan tartibga solinadi.

Farzandlikka olish munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalar ota-onasi bo`lmagan yoki har xil sabablarga ko'ra ular tar­biyasidan mahrum bo'lib qolgan bolalarga oilaviy tarbiyani ta'minlab, bolalar huquq va manfaatlarini go`riglashga garatilingandir.

Farzandlikka olish huquqiy dalolatnoma bo`lib, bunga asosan farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinuvchilar o'rtasida ota­onalar bilan bolalar o'rtasidagi kabi huquqiy munosabatlarni vujudga keltiradi.

Farzandlikka olish tufayli bolalar yangi ota-onalarga va boshqa garindosh-urug`larga ega bo`lib, o'zlarining ota-onalari va garindosh­urug`lari bilan huquqiy munosabatni tugallaydi.

Farzandlikka olish bu huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi va bekor qiluvchi yuridik fakt bo`lib hisoblanadi.



Oila kodeksining 151-moddasi 1-gismiga binoan, farzandlikka olishga fagat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va ularning man­faatlarinigina ko'zlab yo`1 qo'yiladi.

O'zining belgilangan maqsadi bo`yicha farzandlikka olish ins­tituti juda insonparvar institutdir. U o'z ota-onalaridan mahrum bo'l­gan yoki ayrim sabablarga ko `ra ota-ona tarbiyasini ololmaydigan bolalarga normal oilaviy tarbiyani ta'minlashga garatilgandir. Far­zandlikka olish tufayli ota-onasini yo'qotgan bola boshqa oilaga joy­lashtirilib, unga oilaviy tarbiya beriladi. Farzandlikka olinuvchilar far­zandlikka oliuvchilar tufayli hamma masalalarda ota-onasining o`rnini bosadigan shaxslarga ega bo'ladilar.

Farzandlikka olish tufayli bolalari bo`lmagan shaxslar otalik va onalikdan iborat bo'lgan tabiiy ehtiyojlarini qondiradilar. Farzand­likka olish ayniqsa ikkinchi jahon urushi yillarida juda ko'p tarqalgan

----------------------------------219-----------------------



bo'lib, fugarolar ota-onasidan yetim golgan bolalarni o'z bag`irlariga olib, ularga nisbatan mehribonlik qilganlar.

O`zbekistondagi ko'pgina bolalarni o'z bag'riga olib tarbiya­lagan oilalar juda ko'p. Jumladan, rus, o`zbek, gozoq, girg`iz, yahu­diy, tatar, moldavan va boshqa millatlarning 14 bolasini o`z bag'riga olio, ularni bir-biriga do`st, mehribon, aka-ukadek qilib o'stirgan od­diy temirchi - Shoahmad Shomahmudov va uning rafiqasi Bahri Akramovaning vatanparvarligi juda yuksakdir. Vatan va xalq oldidagi bu olijanob ishlari uchun ular davlat tomonidan yuksak rag`batlantiril­di. Toshkent shahrining Xalqlar do'stligi maydonida ularga haykal o`rnatildi. Bunday mehribon ota-onalar jamiyatimizning faxridir'.

Farzandlikka olish - bu o'zganing farzandini o'z farzandiga tenglashtirib olishdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olin­ganlar o'rtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar o'rtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi.

Farzandlikka olish farzandlikka oluvchi (va uning garindoshlari) hamda farzandlikka olinganlar (va ularning bo`lg`usi avlodlari) o'rta­sida qonunda ota-ona va bolalarga nisbatan belgilangan qonun hujjat­larida maxsus ko'rsatilgan yoki ko'rsatilmaganligidan qat'iy nazar, barcha shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga kel­tiradi.

Farzandlikka olish juda qadimiy huquqiy institut bo`lib, hozirgi zamon huquq tizimida o'z ifodasini topgan, ota-ona vasiyligidan mah­rum bo`lgan bolalarni oilaga joylashtirishdan iborat.
2-§. Farzandlikka olish shartlari va tartibi

Farzandlikka olish shartlari deyilganda, farzandlikka olish uchun qonun bilan belgilangan shaxslarning roziliklari tushuniladi. War doirasiga quyidagilar kiradi: a) bolaning ota-onasi yoki ularning o`rni­ni bosadigan shaxslarning roziligi; b) o'n yoshga to'lgan bolaning o'zining roziligi; v) agar er-xotindan bittasi tomonidan farzandlikka olinayotgan bo'lsa farzandlikka olayotganning eri yoki xotini.

Bu shartlaming mohiyati nimalardan iborat? Bu shartlar maz­muni nimalarni anglatadi?

-----------------------------------220-------------------------



Oila kodeksining 1.59-moddasiga binoan, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.

Ota-onaning bolani farzandlikka olinishiga roziligi yozma shakl­da bayou etilishi kerak.

Oila qonuniga ko'ra quyidagi hollarda ota-onaning roziligisiz farzandlikka olishga yo'l qo'yiladi;

- ota-onaning kimligi noma'lum bo'lsa;

- ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum gilingan bo'lsa;

- ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo'qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan bo`lsa;

- ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolalaridan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo'Isa.

Farzandlikka olishni navbatdagi sharti bo'lib, o`n yoshga to`lgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olish uchun bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniglanadi (Oila kodeksining 155-moddasi).

Farzandlikka olishda bolani farzandlikka olishga bo`lgan muno­sabatini aniglash muhim ahamiyatga ega bo`lib, uni huquq va man­faatlarini go`riglashga qaratilingan.

10 yoshga to'lish bilan bola bo'layotgan ishga o'z erkini ongli ravishda izhor qilishi mumkin. Bu maqsadlarni nazarda tutib, vasiylik va homiylik organlari tushunarli asosda farzandlikka olishning niohi­yatini va undan kelib chigadigan huquqiy ogibatiarni: bola va farzand­likka oluvchilar o`rtasidagi huquqiy munosabatlar, ularning garin­doshlari, ota-onalari (aka-ukalari, opa-singillari va bobo-buvilari) o'r­tasidagi tnunosabatlarni tugallanishi); familiya, ota ismini, ota-onalar to`g`risidagi boshqa ma'lumotlarni o`zgartirishdan iborat.

Farzandlikka oluvchini shaxsiyati to'g'risida bola shaxsan xabar­dor bo'lishi kerak.



Oila kodeksining 156-moddasiga muvofiq agar bola farzandlikka oluvchilarning oilasida tarbiyalanayotgan bo`lsa va ularni o'z ota-ona­si deb e'tirof etsa, farzandlikka olish farzandlikka olinayotgan bola­ning roziligisiz amalga oshirilishi mumkin.

Bu qoida bolani kutilmagan his-tuyg'u va ruhiy ta'sirlardan xoli qilib, farzandlikka olinayotganni tug'ishgan o`g`il (qiz) sifatida

o'sayotganligiga ta'sir etadi.

--------------------------------221------------------------------



Agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olin­mayotgan bo'lsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi (Oila ko­deksining 157-moddasi 1-bandi). Ko`pincha amaliyotda er-xotinlar­ning ikkalovlari tomonidan bolalar farzandlikka olinadi.

O'zbekiston Respublikasida farzandlikka olish ma'muriy tartibda belgilanadi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko`ra tuman, shahar hokimi garori bilan amalga oshiriladi.

Oila kodeksining 163-moddasiga binoan tuman, shahar hoki­mining farzandlikka olishni rad etganligi ustidan farzandlikka olish haqidagi ariza bergan shaxs sud tartibida shikoyat gilishi mumkin.

Farzandlikka olishni istovchi shaxslar quyidagi hujjatlarni taq­dim etadilar:

- Farzandlikka oluvchilarning ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda gachondan beri turganligi, ularning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari bo'lsa ularning soni va yoshlari far­zandlikka olinadigan bolaning familiyasi, ismi, otasiing ismi, yoshi va jinsi ko'rsatilgan arizasi;

- shaxsini tasdiglovchi hujjat;

- nikoh tuzilganligi (nikohdan ajralganlik) haqidagi guvohnoma­ning nusxasi;

- oila a'zolari ko'rsatilgan turar joydan ma'lumotnorna;

- ish joyidan ish haqi ko'rsatilgan ma'lumotnoma;

- farzandlikka olishni istovchi shaxsning sog`lig`i to'g'risida tib­biy maslahat komissiyasining xhlosasi, psixiatriya, narkologiya mu­assasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining ma'lumotnomasi.

Farzandlikka olish to`g`risidagi tuman, shahar hokimining qarori chiqarilganidan keyin o'n kun ichida fuqarolik holati dalolatnomalari­ni qayd etish organlari farzandlikka olinayotganlarning tug'ilishi qayd etilgan daftarga zarur o`zgartirishlar kiritishi lozim.

Farzandlikka oluvchilar bolaning tug`ilganligi to'g'risidagi yozuvlar daftariga uning ota-onasi deb yozilishi kerak. Zarur hollarda bolaning familiyasi, ismi, otasining ismigina emas, balki tug'ilgan sa­nasi ham bir yildan ortiq bo`lmagan farq bilan o'zgartiriladi.

-----------------------------------222--------------------------


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling