4-§.Tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari
Oila kodeksining 198-moddasiga binoan, voyaga yetgan har ikki
jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo'lishlari mumkin.
Quyidagi shaxslar tutingan ota-ona bola olmaydilar:
- sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati
cheklangan deb topilgan shaxslar;
- sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki otaonalik huquqi cheklangan shaxslar;
- qonun bilan o'z zimmasiga yuklatilgan majburiyatni lozim darajada bajarmaganligi uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
- farzandlikka bola olgan, lekin keyinchalik o'z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan bo'yin tovlagan yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi uchun sud tomonidan farzandlikka olish bekor gilingan shaxslar;
- qasddan qilgan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;
- sog`lig`ining holatiga ko`ra bolani tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.
-------------------------------------------234------------------------------
Amaldagi oila gonunchiligEga muvofiq, tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiylik hu¬quq va majburiyatlariga egadir.
Ushbu moddada tutingan ota-ona oilasiga tarbiyaga olingan bola¬ning qonuniy vakili hisoblanib, unga nisbatan vasiylik huquq va maj¬buriyatlariga egadir. Tutingan ota-ona oilaga tarbiyaga olingan bola¬ning huquq va majburiyatlarini har ganday jismoniy va yuridik shaxs¬lar bilan bo `lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vako¬latsiz himoya giladit.
-----------------------------------------235------------------------------
Do'stlaringiz bilan baham: |