O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet107/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

XXIII mavzu. CHET EL FUQAROLARI VA FUQAROLIGI
BO'LMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI OILAVIY
MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISH.
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDAN
TASHQARIDA TUZILGAN NIKOHLARNI
E'TIROF ETISH
Fuqarolik - shaxsning huquqiy maqomi sifatida Bator belgilarga ega. U birinchidan, shaxsning ma'lum bir davlatga mansubligini bildiradi. Ikkinchidan, bu mansublik davlat bilan o'sha shaxs, fuqaro o'rtasidagi siyosiy-huquqiy bog`liglikni, aloqani bildiradi.

Sobiq ittifoqning parchalanib ketishi, uning hududida bir Bator mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, axoli ko'chishining kuchayishi ko'pgina chet el fuqarosi bilan bog`langan oilaviy munosabatlarni olib keltirdi.

Xalqaro xususiy huquqda chet el elementi bilan ishtifbk etgan mu­nosabatlar deyilganda, unda chet el fuqarosi ishtirok etgan bo'ladi. Masalan, chet el fuqarosi tomonidan bolani farzandlikka olish. Chet el elementi bilan bog`liq holat yana shunday bo`lishi mumkin, agar yuridik faktga asoslangan huquqiy munosabatni vujudga keltiradigan, o'z­gartiradigan yoki uni bekor qiladigan holat chet el hududida sodir bo`Isa.

Mamlakatimizda ochiq fuqarolik jamiyatiga o`tish tufayli xalqa­ro aloqalar tobora kengayib boraveradi. Xususan, chet davlatlardan tu­ristlar, shuningdek, talabalar, ishbilarmon odamlar (bankirlar, tadbir­korlar va boshqalar) ping kelishi. Ilgari yo'qotilgan shaxsiy aloqada bo`lgan qarindoshlar o'rtasidagi aloqalarni tiklash uchun imkoniyat yaratildi. O'z navbatida bizning fugarolarning chet mamlakatlarga bo­rishi, u erda yashashi kam uchraydigan holat bo`lmasdan tez-tez uch­raydigan holat bo`lib goldi.

Demak, Oila kodeksining 234-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fugarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda O'zbekis­ton Respublikasi fuqarolari bilan teng huquglardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega bo'ladilar.

Fuqarolikka oid qoidalar Xalqaro shartnomalarda ham ko'zda tu­tiladi. Umumiy goidaga ko'ra, basharti, O'zbekiston Respublikasi to­monidan imzolangan xalqaro shartnomada mamlakatimiz gonunlari­dan boshqacha qoida belgilangan bo'lsa, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalqaro shartnomadagi qoida go`llaniladi.

------------------------------------------236-------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling