O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Oilaviy huquqiy munosabatlarining
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-§. Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar
4-§. Oilaviy huquqiy munosabatlarining
subyektlari va obyektlari Oilaviy-huqugiy munosabatlarining subyektlari fagat fuqarolar bo`ladi. Bu holat oila huquqining fuqarolik huquqidan farqini ko'rsatadi, chunki fugarolik huquqining subyekti bo'lib faqatgina fugarolar bo`lmasdan shuningdek, yuridik shaxslar va davlat uning alohida --------------------------------------82----------------------------------------------------- subyekti bo`lishi ham rnumkin. Demak, fugarolar va yuridik shaxslar o'rtasidagi huquqiy munosabatlar, hatto, ular Oila kodeksi Man tartibga solinsa ham u oilaviy huquqiy munosabat bo`lolmaydi. Masalan, fugarolar va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlari bilan bog'liq (tug'ilganlik; nikoh tuzish; nikohdan ajralish; o'lim va boshqalar) FHDYO organlari o'rtasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar. Bu -ma'muriy huquqiy munosabatlar turiga kiradi. Oilaviy huquqiy munosabatlarda obyektlar bo`lib, moddiy bo`1magan shaxsiy huyuglar, harakat va ashyolar bo'lishi mumkin. Oilaviy - huquqiy munosabatlarda moddiy bo`lmagan shaxsiy huquglar: familiya, ism, kasb, mashg`ulot va boshqalar bo`ladi. Bolani tarbiyalash esa harakat doirasiga kiradi. U uzoq muddat davom etnvchi jarayon bo'lib hisoblanadi. Harakat doirasiga: erxotinning -:)irgalikdagi umumiy mulkini boshqarishni, ota-onalar va bolalar to'g'risida g'amxo'rlik gilishga qaratilingan faoliyatni tushunish rnumkin. Huquqiy munosabatning obyekti sifatida ashyo yoki mulkning predmeti (masalan, er-xotinning umumiy birgalikdagi mulki doirasiga kiruvchi ashyolar), yoki put summasi turida (masalan, aliment majburiyatlarida aliment to`lovlari) sifatida qatnashadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarda obyekt sifatida bolalar qatnashishi murnkin emas. O`zining tashqi ko'rinishi bo`yicha bola obyekt bo`lib ko'rinsa ham ammo hamma holatda u subyekt bo`lib qatnashadi. Chunki huquqiy munosabat bolalar tarbiyasiga garatiladi. ---------------------------------------------------------------83----------------------------------- -5-§. Oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlar Huquq layoqati va muomala layoqati -oilaviy subyektiv huquq va majburiyatlarning vujudga kelishining shart-sharoiti bo`lib hisoblanadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlarda subyektiv oilaviy huquq va majburiyatlar uning mazmunini tashkil etadi. Oilaviy-huquqiy munosabatlar doirasida subyektiv huquq va majburiyatlar o`zining xarakteri bo'yicha shaxsiy va mulkiylarga bo'linadi. Mulkiylar doirasiga aliment huquglar ham kiradi. Shaxsiy huquglar iqtisodiy mazmundan mutloq ajratilgandir. Mulkiy subyektiv huquq va majburiyatlar aniq shaxslarni shaxsiyati bilan bevosita bog `langanligi bilan xarakterlanadi. Masalan, er-xotin o `zaro bir-biridan aliment talab etish huquqiga ega. Ulardan birining o'limi bunday huquq va majburiyatni tugatadi (fuqarolik huquqida esa huquq va majburiyatlar boshqa shaxslarga o'tishi munikin, masalan vorislarga). Bundan ikkinchi xulosa ham kelib chiqadi, u ham bo`lsa oilaviyhuquqiy munosabatlar doirasida subyektiv huquq va majburiyatlar boshqa shaxslarga o'tkazilmaydi. Masalan, o'zining aliment olish huquqini, bolalarni tarbiyalash majburiyatini boshqa shaxslarga o`tkazish mumkin emasligidan bu huquglarni boshqa shaxslarga o'tkazish ularni o'z vakillariga topshirish mumkinligining farqini bilish lozim. Agar ota-onalar yoki farzandlikka oluvchilar bolalar ustidan bo`ladigan nazoratni bolalarni boquvchi xotinga topshirsalar, u holda boshqa shaxslarga ota-onalik huquqini o'tkazilganligini anglatmaydi. Bu yerda gap bu shaxslarga nisbatan huquqni amalga oshirish yoki himoya gilish majburiyatini o`tganligini anglatadi. Modomiki, subyektiv oila huquglarida qoida bo'yicha huquqiy munosabatlarda amalga oshirilar ekan u o'zining yuridik tabiatiga ko'ra nisbiy huquglar sifatida namoyon bo'ladi. Har qanday oila huquqini subyektiga qarama-qarshi boshqa subyekt turadi. Chunki, bolaga nisbatan garatilgan boshqa subyekt bo`1ganligi uchun ota-onalik huquqi mavjud. Er-xotin o'rtasida qayd etilgan nikoh bo`lganligi uchun shaxsiy huquqdan biri mavjud bo'ladi. ---------------------------------------------84----------------------------------------------- Nikohning tugatilishi shaxsiy oila huquqining ham tugatilganligini anglatadi. Demak, subyektiv oila huquqi nisbiy huquqdir. Ayrim holatlarda oila huquqi nisbiy huquq bo'lsa ham absolyut huquq tusiga ega bo'ladi. Masalan, Oila kodeksining 78-moddasiga binoan, ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har ganday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling