O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
9-§.oilaviy huquglarni amalga
oshirish va himoya gilish Oilaviy subyektiv huquglarni amalga oshirish huquqda amalda bo`lgan umumiy tamoyillar (prinsiplarni) gonunchilik, milliy istiglol mafkurasi, axloq normalari, jamiyat turmush qoidalari, ijtimoiy va davlat manfaatlari va boshqalarga rioya gilinishi lozim. Biroq oila huquqida ham subyektiv huquglarni amalga oshirishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Bu xususiyatlardan biri oilaviy subyektiv huquglarni oila bilan aloqada bo'lishidir. Ularning ko'rinishi oilada ifoda etiladi. Amaldagi qonunchilikda oilaviy huquglarni amalga oshirishda subyektlar uning huquqiy oqibatlarini nazarda tutishi kerak degan umumiy qoidalarni belgilamaydi. Ammo oila gonunining bir Bator normalaridan shunday mazmun kelib chiqadi. Oila kodeksini < Qonunchilik ayollarni homiladorlik vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida manfaatlarini himoya qilishni qo'riqlashni belgilaydi. Ayrim vaqtlarda qonun erning ayrim subyektiv oila huquqlarini amalga oshirishini cheklab qo'yishi ham mumkin. Masalan, Oila kodeksining 39-moddasiga binoan xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug'ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to'g'risida ish go`zg`atishga haqli emas. Voyaga yetmagan bolalar oila huquqining alohida subyektlaridir. Ular ruhiy holatlari bo'yicha o'zlarining manfaatlarini har taraflama go`riglay olmaydilar. Shuning uchun ularning huquglarini himoya qilish va qo'riqlashga alohida e'tibor beriladi. Bu masala bo'yicha har -------------------------------------------------------------92------------------------------- taraflama umumiy qoida Oila kodeksining 75-moddasi 1-gismida bel gilangan. Unda shunday deyiladi: "ota-onalik huquqi bolalar manfaat lariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas". Bir Bator moddalar bu qoidani aniq qoidalar bilan to'ldiradi. Shunday, Oila kodeksining 82-moddasini 1-gismiga binoan ota-ona (ulardan biri) o'z xulq-aty orini, turmush tarzini va (yoki) bola tarbiyasiga bo`lgan munosabatini o'zgartirgan hollarda ota-onalik huquqi tiklanishi mumkin. Subyektiv oila huquqi harakat shuningdek, harakatsizlik natijasida amalga oshirishlik va majburiyatlarni bajarishlik mumkin. MasaIan, er-xotin o`zlarining shaxsiy huquglarini amalga oshirishlarida (uy-joy, kasb-mashg'ulot va boshqalarda) ikkinchi tomondan bu huquqni amalga oshirishda harakatdan saglanishini talab etadi. Ayrim oila huquglari faqat harakat natijasida amalga oshiriladi. Avvalo, shunday huquglar doirasiga tarbiyalash huquqini amalga oshirishga qaratilgan aktiv va doimiy ravishda olib boriladigan birqator harakatlarni (bolani maktabga yuborish, ma'lumotini tekshirish, unga yordam berish, dam olish vagtini tashkil etish, shu vaqtda nazorat qilib turish va boshqalar) bajarishi lozim. Amaldagi oila qonunchiligida huquqini himoya giladigan va go`riglaydigan bir Bator tadbirlar belgilangan. Subyektiv oilaviy huquqiy munosabatlarni qo'riqlashga qaratilgan ta'sirchan choralardan biri huquqni buzuvchilarga nisbatan jamoat ta'sirini ko`rsatishdir. Oilaviy-huquqiy munosabatlarida ishtirok etayotgan voyaga yetmaganlarni, homilador ayollarni, bolali onalarning huquq va manfaatlarini go`riglashda jamoat ta'siri alohida o`rin tutadi. Bunday vositalarga aybdor shaxsning huquqini tiklash va himoya etishga qaratilgan materiallarni voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalarga topshirish va boshqalar. oilaviy-huqugiy chora-tadbirlar bu qonunga qarshi harakatlarga va aybli xatti-harakatlarga nisbatan oila qonuni bilan belgilangan tadbirlardir. Ularga ota-onalik huquqidan mahrum qilish, ota-onalik huquqining cheklanishi, nikohni haqiqiy emas deb topish va qonun bo`yicha undan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar, farzandlikka olishni haqiqiy emas deb topish yoki uni bekor qilish, ota-onani bolalari bilan uchrashish huquqidan mahrum gilish, bobo, buvi, aka ---------------------------------------------93---------------------------------------------------- uka, opa-singil va boshqa yagin qarindoshlarning bola bilan ko'rishib turish huquqini himoya qilishdan iborat. Oila-huquqiy kafolati bu huquq buzilishining tegishli oqibatidir. Ular faqat gonunga qarshi aybli qilingan xulqqa nisbatan tatbiq etiladi. Oila huquqini huquqiy himoya qilishni ta'minlashga boshqa qonuniy uslublar orqali ham erishiladi. Shunday, oila doirasidagi muhim huquq va manfaatlar jinoyat qonunlarini tegishli normalari ya'ni, oilaga, yoshlarga va axloqqa qarshi qaratilgan jinoyatlarga, shuningdek, shaxsning ozodligi, sha'ni va qadr-qimmatini qo'riqlash bilan belgilanadi. Ularga, ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to`sginlik qilish (136-modda), ko'p xotinli bo'lish (126modda) jinoiy ravishda homila tushurish (abort), ayolning homilasini sun'iy ravishda tushurishga majburlash (l 15-modda), voyaga etmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (122-modda), ota-onani moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash (123-modda), bolani almashtirib qo'yish (124-modda), farzandlikka olish sirini oshkor gilish, ayolning homiladorligi yoki yosh bolani parvarish qilayotganligini bila turib, uni ishga olishdan g'ayriqonuniy ravishda bosh tortish yoki ishdan bo `shatish (148-modda, 2-qism). Oila huquglari va manfaatlari mehnat va fuqarolik qonunlari bilan qo'riqlanadi. Masalan, FKning 31-moddasiga muvofiq spirtli ichimliklarni yoki giyohvandlik vositalarini suiiste'mol qilish natijasida o'z oilasini og'ir ahvolga solib qo'yayotgan fuqaroning muomala layoqati sud tomonidan fuqarolik protsessual qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklab qo'yilishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling