O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchidan
- Ikkinchidan
10-§. Oila huquqida da'vo muddati
Da'vo muddati shaxs o'zining buzilgan huquqini da'vo qo'zg'atish yo'li bilan himoya qilishi mumkin bo'lgan muddatdir (FK ning 149-moddasi). Da'vo muddati o`tishi davrida shaxs buzilgan subyektiv huquqini majburlash tartibi bilan tiklashi mumkin. -------------------------------------------------94-------------------------- Da'vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo'llaniladi (FKning 153moddasini 2-gismi). Da'vo muddati fuqarolik huquqida mulkiy huquqiy munosabatlarda juda keng go`Ilaniladi, bu ularni bargaror bo`lishi, shartnoma intizomini mustahkamlash undan tashqari grajdanlik oborotida gatnashuvchilarni rag'batlantirish, o'zlariga tegishli bo'lgan huquqlarini o`z vaqtida amalga oshirish, sudlarga ish bo'yicha ohyektiv haqiqatni o'rnatishni engillashtirish uchun yordam beradi. Oila huquqida da'vo muddatiga bunday katta ahamiyat berilmaydi. Oila kodeksining 12-moddasi 1-gismida oilaviy munosabatlardan kelib chiqadigan talablarga nisbatan da'vo muddati joriy qilinmaydi, ushbu kodeks bilan belgilangan hollar bundan mustasnodir, degan umumiy qoida belgilangan oilaviy munosabatlardan kelib chigadigan talablarga nisbatan da'vo muddatini joriy qilmaslik qoidasi, har ganday buzilgan oilaviy-huquqiy munosabatni fuqarolik ish yuritish tartibi goidasiga binoan tiklanishi mumkin. Bu oila huquqida uzoq muddat davom etadigan shaxsiy huquq bilan bog'liq bo'lib, ulami hamma vaqt himoya qilish tabiatidan kelib chiqadi. Shunday gilib, oila munosabatining ishtirokchilari amalda buzilgan oila huquqini himoya qilishda vaqtinchalik o'tkinchi vaqt bilan cheklanmagan. Shundaylarga nikohdan ajralish talabi; nikohni haqiqiy emas deb topish talabi; otalikni belgilash talabi nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish talabi; alimentni olish huquqi uni hamma muddat davomida undirish talabi va boshqalar kiradi. Oila munosabatlarida da'vo muddati qat'iy aniq, belgilangan holatlarda tatbiq etiladi. Xususan, buzilgan oila huquglari OKning o'zida ko'rsatilgan bo`lishi lozim. Bunday holatlar bir qancha. Birinchidan, bir yillik da'vo muddati OKning 24-moddasi 3bandida ko'rsatilingan. Er (xotin) o'zining mol-mulkni tasarruf etish bo`yicha bitim tuzishi uchun xotin (er) ning notarial tartibda tasdiqlangan roziligini olishi lozim. Ko'rsatilgan bitimni tuzishga notarial tartibda tasdiglangan roziligi olinmagan er yoki xotin mazkur bitim amalga oshirilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan kundan boshlab bir yil davomida bu bitimni sud tartibida haqiqiy emas deb topishni talab qilishga haqlidir. ---------------------------------------------95-------------------------------------------- Ikkinchidan, uch yillik da'vo muddati OKning 27-moddasi 9bandiga binoan, nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkini bo`lish to`g`risidagi talablariga nisbatan go`llaniladi. Bunda da'vo muddatini o'tashi ajralgan er yoki xotinning umumiy mol-mulkka bolgan huquqining buzilganligini boshqasi tomonidan bilgan yoki bilishi lozirn bolgan kundan boshlanadi (OKning 12moddasi 2-qismi). ----------------------------------------96------------------------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling