4-§. Nikohni haqiqiy emas deb topish asoslari
Nikohni qayd etishga huquqi bolgan har bir davlat organi, tuman hokimiyati bo'limi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi, nikoh saroylari, bait uylari, qishloq (ovul) va posyolka kengashining ijroiya hokimiyatida qayd etilgan har bir nikoh qonuniy tuzilgan nikoh hisoblanadi.
Oila kodeksida belgilangan shartlarning buzilishi sud tomonidan ushbu nikohni haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo`lishi mumkin.
Oila kodeksining 49-moddasiga ko'ra, Kodeks 14-16-moddalarida belgilangan shartlar buzilganda (ya'ni, nikoh tuzishning ixtiyoriyligi, belgilangan nikoh yoshi buzilganda, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar ro'y berganda), soxta nikoh tuzilganda, ya'ni erxotin yoki ulardan biri oila qurish maqsadini ko'zlamay nikoh qayd qildirganda, nikohlanuvchi shaxslardan biri tanosil kasalligi yoki odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV kasalligi) borligini ikkinchisidan yashirganda, agar ikkinchisi sudga shunday talab bilan murojaat etsa nikohni haqiqiy emas deb topilishi uchun asos bo'ladi. Bundan tashqari, nikoh quyidagi holatlar bo'yicha ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
a) yakka nikohlilik tamoyilining buzilishi;
b) nikoh nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug'ishgan va o'gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida tuzilgan bolsa;
v) muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikoh;
--------------------------------------------115--------------------------------------------------
g) nikohga o`tish vaqtida oila qurish-magsadining soxtaligi;
d) farzandlikka olgan bilan farzandlikka olingan shaxslar o `rtasida tuzilgan nikoh.
Ayrim holatlarda oila gonunlarining bir gancha shartlarini buzib ham tuzilishi mumkin, bunday hollarda u haqiqiy emas deb topiladi. Masalan, fuqaro oldingi nikohdan ajrashmasdan turib, voyaga yetmagan shaxs bilan nikohdan o'tgan hollar fikrimizning dalilidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |