O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Oilaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga


Download 0.85 Mb.
bet37/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

6-§. Oilaviy-huquqiy munosabatlarni vujudga
kelishi, o'zgarishi va bekor bo'lish asoslari
Oilaviy-huqugiy munosabatlarni vujudga keltiradigan, o`zgarti­radigan va bekor qiladigan asoslar yuridik faktlardir.

Huquqdagi yuridik faktlarga xos bo'lgan muhim asosiy xusu­siyatlar oila huquqidagi yuridik faktlarga ham tegishlidir. Xususan, ular o'zlarining tabiatlari bo'yicha hodisalar, harakatlar yoki muddat­lar sifatida gatnashadilart.

Oila huquqidagi yuridik faktlar ijtimoiy munosabatlarga ta'siri bo'yicha umumiy huquq nazariyasidagi yuridik faktlarga mos kelib huquqni vujudga keltirish, o'zgartirish va bekor qilishga bo`linadi. Biroq, oila huquqiga xarakterli bo'lgan bir guruh yuridik faktlar borki, ular orqali oila huqugidagii subyektlar yo'qolgan huquq va majburiyat­larni tiklaydilar. Yuridik faktlarning bu guruhi mustaqil kategoriyaga ajratilib, huquqni tiklash yuridik faktlari deb yuritiladi. Bu yuridik faktlarni ota-onalik huquqini tiklash, farzandlikka olishni bekor gilish yoki uni haqiqiy emas deb topish, bedarak yo`golgan yoki o'lgan deb e'lon qilingan shaxsni hour bo`lishida go`llaniladi.

Oila huquqida huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi hol si­fatida ko`pincha faktiv tarkiblar, ya'ni, yuridik faktlarni yig`indisi go`llaniladi. Shu bilan birga faktiv tarkib ko'pincha aralash holda ro'y berib, unga hodisa, shuningdek, harakat kirishi mumkin. Masalan, bolani tug'ilishi tufayli (hodisa) ota-onalik huquqiy munosabatini

-------------------------------------------------------85----------------------------------



vujudga keltirsa, uni tug'ilganligi FHDYOda ro'yxat gilish (harakat) sodir bo'ladi.

Oila huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi faktik yig`irdi ko'pincha uch, hatto, undan ortiq faktlar yig'indisidan iborat bo'ladi (masalan, nikohni tuzish vaqtida). Bu faktlardan birortasini yo'qligi faktik yig'indini vujudga keltirish kuchini yo`gotadi.

Oila huqugida yuridik fakt sifatida ko`pincha holat hisoblanadi.

Holat mavjud ijtimoiy aloqalardir. Ularga nikoh, qon-qarin­doshlik, qayin-bo'yinchilik va quda andachilik, farzandlikka olish, va­siylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) va bosh­qalar kiradi. Ammo holat hodisa va harakatlar gatori yuridik faktlarni maxsus turf emas. Holat hodisaning turi sifatida ishtirok etadi. Ular­ning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular davomli xarakterga egadir.

Ayrim holatlarda huquq va majburiyatni vujudga kel shi holatni tugatilishi bilan belgilanadi: masalan, nikohning tugatilishi bilan avval nikohda bo`Igan er-xotinda moddiy ta'minot olish huquq va majburiyati vujudga keladi, bolalarni doimiy tarbiyaga olishni tugatish bilan doimiy tarbiyada bo'lganlarga o'z tarbiyachilariga ta'minot berish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Oila huquqida holat boshqa yuridik faktlardan farq qilib, qisqa muddat (darhol) ta'sir etmasdan, aksincha, davomliligi bilan xarak­terlanadi. Masalan, qayd etilgan nikohda bolish boshqa nikohni tu­zishga yo'l qo'ymaydi, nikohda bo'lish tug'ilgan bolaga er-xotinning familiyasini yozish uchun asos bo'ladi, nikohda bo`lish er va xotindan moddiy ta'minot talab qilish uchun asos bo'ladi va boshqalar.



Nikoh va oila doirasida huquq va majburiyatning vujudga ke­lishi, o'zgarishi va bekor bo'lishi uchun hodisa va harakat qonun to­monidan o`rnatilgan tartibda albatta rasmiylashtirilishi yoki tegishli organlarning qarori bo'lishi lozim. Nikohni haqiqiy hisoblash uchun uni tuzuvchilarning o'zaro roziligi bo'lishi, shuningdek, FHDYO or­ganlarida qayd etilishi lozim, farzandlikka olish to'g'risidagi dalo­latnomani farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi o'rtasida huquq va majburiyatni vujudga keltirish uchun tuman va shahar hokimining qarori bo'lishi lozim. va boshqalar. Dalolatnomani qayd ettirish yang boshqa ko`p holatlar uchun ham zarur.

------------------------------------------------86-------------------------------------------------------



7-§. Oila huquqida qon-qarindoshlik,
gayin-bo`yinchilik va quda-andachilik
tushunchasi va ularning ahamiyati

Oila kodeksining uchinchi bolim 9-bobi qarindoshlik, gayin­bo`yinchilik va quda-andachilikka bag`ishlanib, o'z ichiga uch mod­dani oladi. Undagi bu bob qonunchilikka butunlay yangilik bo'lib kir­di. Uning hamm o`z oldiga qo'ygan maqsadi bor.

Qon-qarindoshlik - shaxslar o'rtasidagi qon va qorindoshlik alo­qasi bo'lib, biri ikkinchisidan yoki umumiy ajdoddan kelib chiq­qanligini bildiradi.



Qon-garindoshlik oila huquqiy munosabatlarining vujudga keli­shiga asos bo'ladigan hollardan biri bo`lgani uchun ham qonunchi­likda o'z echimini topishi lozim edi. Bu vazifa ham bajarildi. Undan tashqari, nikohdan o'tishda uni man etadigan holatlardan biri nikoh tuzuvchilarning yaqin qarindoshlikda bo`lishidir. Shuning uchun unga to'g'ri ilmiy asoslangan tushuncha berish lozim edi, chunki hozirga qadar bu masalada chalkashliklar mavjud. Qonun bo'yicha kimlarni qarindosh deb ataymiz va ular o'rtasidagi huquq va majburiyatlar qan­day vujudga keladi, degan masalalar o'z yechimini topdi. Endilikda bu masala bo`yicha ham oila gonunchiligiga aniqlik kiritildi.

Yaqin qon-qarindoshlik o`z ichiga to`g`ri chiziq, yon, tug'ishgan va o'gay qarindoshlar, aka-ukalar bilan opa-singillar tushunchalarini oladi.

To'g'ri chiziq qarindosh bo`lib, biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya' ni, hobo-ota-o `g `il-nevara-evara-chevara-duboralar tushu­niladi.

Har bir fugaro'yetti avlodini bilishi lozim, chunki buni bilishlik o'z avlodiga hurmat va ular o'rtasida nikoh tuzilmaslikni anglatadi.

Yon chiziq garindosh bo'lib, aka-uka va opa-singillar hisob­lanadi.

Umumiy ota-onaga ega bo'lganlar tug'ishgan qarindosh, ota bir ona boshqa yoki ona bir ota boshqalar o'gay qarindoshlar deb tu­shuniladi.

Aka-uka hamda opa-singillar farzandlarining o'zaro nikoh tu­zishlari, shuningdek, bolalarni emizish tufayli vujudga kelgan sut qa­

---------------------------------------------------------------87------------------------------------------------

rindoshlar, ya'ni ko`kaldoshlarning ham nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Bu haqda me'yoriy hujjatlarda tegishli qoidalar be­rilsa, foydadan xoli bo`lmaydi.

Yaqin garindoshlar o'rtasidagi nikohni qonun yo'li bilan taqiq­lash axlogiy hamda biologik nuqtayi nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi.



Boshqa garindoshlar o'rtasida nikoh tuzish qonun bilan man etil­maydi. Shuning uchun yonn chiziq bo`yicha qarindosh bo`lgan, ama­kivachcha, tog'avachcha, xolavachchalar, anunavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o'rtasida nikoh tuzish mumkin. Ammo bu maq­sadga muvofiq emas. Crunki qarindoshlik nikohi tufayli odatda jismoniy va aglan nosog'lom, ya'ni, nimjon, kasalmand, aqli zaif, kar­soqov, ortiq, qo'shoq, pakana yoki nugsonli, mayib bolalar tug'iladi. Ular o`sishda tengdoshlaridan orqada qoladilar. Bunday oilalarda ko'pincha yurak, buyrak xastaligi kasalligiga yo`liggan go'daklar tug'ilishi kuzatilmogda. Biologik tadqiqotlarning ko'rsatishicha, nikoh qanchalik begona shaxslar bilan tuzilsa, avlod shuncha sog`lom bo `ladi.

Amaldagi oila qonunchiligida aka-ukalar va opa-singillar far­zandlarining nikohlanishi tagiglanmagan, vaholanki, hozirgi zamon genetikasi yutug'i va xulosalariga ko'ra, bunday nikoh nomaqbuldir. Xo'sh, genetika nima? Gen - irsiyat belgilarini nasldan-naslga o'tka­zuvchi omildir. Inson a'zosining har bir belgisi, ko'rinishi va xusu­siyatlarini gen belgilaydi.



Ana shu genlar, binobarin, barcha xususiyatlar ota-onadan far­zandga o'tadi.

Biror genning o'zgarishi natijasida kelib chiquvchi va nasldan­naslga o'tuvchi kasalliklar irsiy kasallik hisoblanadi. Kasal gen kelgu­si avlodlarning birida shu xastalikning kelib chigishiga sababchi bo`­ladi. Qon-garindoshlar nikohidan tug`ilgan bolalarda bu xastalik genetik qonuniyatlar asosida osongina yuzaga chigadi. Bundan ko'­rinadiki, garindosh-urug`lar nikohidan xasta bolalar tug'ilishi ko'p bo `ladi.

Ayni chog'da garindoshlar o`rtasidagi nikoh axolining geografik yashash sharoitiga ham bog'liq. Tog'li va orol joylarida yashovchi, tashqi dunyo bilan aloqasi birmuncha cheklangan ijtimoiy guruhlar­

-------------------------------------------------------88--------------------------------------------------



ning barini, shubhasiz, qon-qarindosh deyish mumkin. Bu yerdagi barcha axoli o`z xohishidan

qat'iy nazar, zaturatdan kelib chiqqan

~ holda, qon-qarindoshga aylangan. Olib borilgan kuzatishlar qon­qarindoshli nikohining kelgusi avlodga ta'siri ogibatlarini tasdigladi. Avvalo, bunday nikohdan tug'ilgan bolalar kasallikka tez chalinadi. Statistika ma'lumotlariga ko'ra, AQSHda qon-qarindoshlar nikohidan tug`ilgan bolalarning 22,5 foizi, garindosh bo`lmaganlar nikohidan tug`ilgan bolalarning esa 16 foizi nobud bo'lgan.

Qarindoshlar o'rtasida tuziladigan nikoh, hatto, farzandsizlikka ham olib kelmogda. Bular hammasi tibbiyot fanining asosli xulosa­laridir.

Akademik K.N. Bochkovning fikriga ko'ra, yaqin garindoshlar o`rtasidagi nikohga chek qo'yilsa, axoli o'rtasida kasalga chalinishni teng yarmiga kamaytirish mumkin.

Umuman, garindosh-urug`lar nikohi kelgusi avlodlar salomat­ligiga putur yetkazishi shubhasizdir.

Agar nikoh tuzishga monelik qiladigan hollarga to'la rioya qi­linib, oila qurilsa, u mustahkam bo'ladi, kelajak avlod barkamolligiga, golaversa, kelajagimiz bo`lgan farzandlarimizning sog`lomligini ta'minlashga katta hissa qo'shiladi.

Musulmon huquqi bo'yicha, har xil oilada tug'ilgan bolalarni bir ona emizishi tufayli sut qarindoshligi vujudga keladi.

Tug'ruqxonalarda ona-bola yotayotgan alohida xonalar bo`lishi lozim. Boshqa ayoldan tug'ilgan bolani emizgan ayol o'sha bolaga ikkinchi ona hisoblanadi. Demak, go`dak boshqa onaning sutini emsa, u o'sha sut bergan ayolning farzandi bilan turmush qurishi mumkin emas. Bu ham o'z tug`ishgan ukasi yo singlisi bilan turmush qurgan­day bir gap. Hozir ham ba'zilar emizgan ayolni tuqqan onasi yanglig' ko'rib, uni ham <> deydi. Qadimda sut emishganlar aro aka-uka, opa-singillik, ya'ni, ko'kaldoshlik bo'lib, ular o'qaro turmush qurma­ganlar. Shuning uchun bunday buyon ana shunday boshqa ayohling manzili, nasl-nasabi o'sha suti karn onaga rasman yozib berilishi, unga tanishtirib go`yilishi shart. Bu ma'naviy jihatdangina emas, balki kelajak avlodimizning qon musaffoligiga erishishi uchun ham juda zarur. Binobarin, milliy qadriyatlarimizni tiklab, me'yoriy hujjatlarga tegishli o'zgartirish kiritib, bir onani emgan bolalar o'rtasida vujudga

------------------------------------------------89-------------------------------------------------

kelgan ko'kaldoshlik tufayli ham ularning bir-biri bilan nikohdan o`tishini man etadigan qoida kiritilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Zotan, bu holat islom shariatida ham qayd etilgan.

Oila kodeksining 59-moddasiga binoan, er (xotin) va uning yaqin garindoshlari bilan xotin (er) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan munosabatlari (gayin-bo`yinchilik va quda-andachilik) o`zaro huquq va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi.

Qayin-bo'yinchilik va quda-andachilikni garindoshlikdan farqini bilish kerak.

Erning qarindoshlari bilan xotinning qarindoshlari o'rtasidagi munosabatlar quda-andachilik va yayin-bo`yinchilik hisoblanadi.



Er-xotinning qarindoshlari bolmasa, gayin-bo`yinchilik va quda­andachilik vujudga kelmaydi.

Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik shaxsning nasi-nasabiga yoki yarindoshligiga asoslanmasdan, balki er-xotinning nikoh ittifogi va ahdnomasiga asoslanadi.



Er va xotin qarindosh ham emas gayin-bo`yin ham emas, quda­anda ham emas. Er va xotin o'zaro gonuniy rasmiylashtirilgan nikoh­da bo`lib, shu asosda ularning o`rtasida alohida huquqiy munosabat bolib, shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Qayin-bo`yinchilik va quda-andachilik axloq, odob qoidalari bilan tartibga solinadi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling