Ozbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo’mitasi


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/40
Sana20.06.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1632149
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40
Bog'liq
ozbekiston tarixi

Muammoli vaziyat
Hozirgi kunda o’zbek xalqining etnik 
shakllanishi to’g’risida turli tarixiy 
adabiyotlarda turlicha qarashlar ilgari 
surilmoqda. Bu muammoni tarixiy 
manbalardan tanqidiy, xolisona foydalanib, 
uni yangicha yondashuv asosida oboektiv 
hal qilish lozim.


O’zbek xalqining ibtidosini, dastlabki asosini 
tariximiz qahridan qidiramiz. 700 ming - bir million 
yil muqaddam Sel-Ungurda yashagan ibtidoiy 
odamlar, 100 ming yillar ilgari Teshiktoshda 
yashagan odamlar bizlarning, Markaziy Osiyo 
xalqlarining (o’zbeklar, tojiklar, turkmanlar, qozoqlar, 
qirg’izlar va qaraqal’oqlarning) ajdodlaridirlar. Biz 
o’shalardan tarqalgan tubjoyli xalqlarmiz. 
Aziz o’quvchim, muallif tariximizda ko’chmanchi 
xalqlar va davlatlar rolini inkor qilayotir deb, xulosa 
chiqarishga shoshilmang. Alhazar! Ularning roli bor, albatta. 3000 yil davomida sharqdan 
ko’chib kelgan yoki bosib kelgan ko’chmanchilarning o’zbek xalqining etnik jihatdan 
shakllanishida “xizmati”, “hissasi” katta. Bu haqiqatga qarshi so’z bo’lishi mumkin emas.
Markaziy Osiyoda miloddan avalgi III ming yillik o’rtalarida SHarqdan kelib o’rnasha 
boshlagan ko’chmanchi turklarning ayrim guruhlari yashar edilar. Miloddan avvalgi II asrlarda 
ularning ko’chib kelishi kuchaydi, milodning V asridan boshlab avj oldi. VII asrga kelib, hatto, 
ular o’z Hoqonliklarini bar’o etdilar va Vatanimiz hududini bo’ysundirdilar. Natijada Markaziy 
Osiyodagi xalqlarning turkiylashuvi yuzaga keldi. Keyin qorluqlar, o’g’izlar va boshqalar bu 
jarayonni kuchaytirdilar. X-XI asrlarga kelib turkiyzabon o’zbek xalqi etnik jihatdan asosan 
tarkib to’ib bo’ldi. Bu jarayon keyin ham davom etdi. Masalan, XVI asrda Dashti Qi’choqdagi 
“o’zbek” deb ataluvchi ko’chmanchi qabilalar kelib qo’shildilar. Xalqimiz “o’zbeklar” deb atala 
boshlandi. Aslida ular xalq bo’lib shakllanishmizda bir element sifatida rol’ o’ynagan elatlar - 
XVI asrda bizga nomini o’tkazgan SHayboniy o’zbeklari ham, X-XII asrda kelib qo’shilgan turli 
ko’chmanchi turkiy qabilalar ham, qadimdan ko’chib kelgan va keyinchalik o’z xoqonliklarini 
tuzgan turklar ham o’zbek xalqining, millatining ibtidosi emas, o’zbek xalqining etnik 
shakllanishida asos bo’lganlar, bular-xorazmiylar, baqtriylar, so’g’diylar, ‘arkan (Davon) lilardir, 
ya’ni dehqonchilik va o’troq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi tubjoy xalqlardirlar. Ular Eron 
tilining shimoliy shahobchasiga mansub tilda so’zlashardilar. SHuning uchun ham I.A.Karimov 
o’zining “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” degan katobida: “... madaniy, tarixiy va 
antro’ologik ildizlarimiz bizni tojik xalqi bilan ham tutashtiradi” (143-bet) deganda to’la haq 
edi. 
Hozir turklarni “mahalliylashtirish” va “o’troqlash-tirish”ga intilish kuchli. Jon kuydirib, 
ular miloddan avvalgi II asrdan boshlab kelgan emas, III ming yillikning boshlarida ham bor edi, 
demoqdalar. Masala ularning qachon kelganligi ustidan emas, balki aslida tubjoy bo’lmay 
ko’chib kelganliklari ustida borishi kerak. Axir, Amir Temurning “Temur tuzuklari”da 
(Toshkent, 1991 yil, 39-bet) “Turonzaminning o’zbeklar toifasi qoldiqlaridan tozalash” degan 
sarlavhada o’zbeklarni qalhalardan haydaganligini yozib, “Movarounnahr tu’rog’i meni 
o’ldirishga qasd qilgan o’sha zolimlardan tozalandi va mamlakat tamoman mening qo’limga 
o’tdi” deb hursand bo’ladi. 
Demak, hali XIV asrning 60 yillarida Movarounnahrda ko’chmanchi o’zbek guruhlari bor 
ekan. Lekin biz ko’chmanchi o’zbeklar Vatanimizga XVI asr boshlarida bosib keldi, deb 
yozamiz. SHundan mantiqan kelib chiqadiki, miloddan avvalgi III ming yillik o’rtalarida yoki 
undan ham oldin deylik, turklarning ayrim guruhlari Sirdaryo havzasida yashagan bo’lsa, 
“bizning kelib chiqishimiz asli turk” deyishga ilmiy asos bo’lolmaydi, bizlar keyinchalik 
turklashgan, turkiyzabon bo’lgan, aslida esa tubjoy bo’lgan xalqmiz. 
SHuning uchun ham prezidentimiz uchrashuvdagi suhbatlarida bu masalaga qayta-qayta 
to’xtadilar “Bizning ajdodlarimiz, halqimiz qadim-qadimdan o’troq yashagan, millatimizning 
iligi o’troq madaniyat sharoitida qotgan ... Milliy borlig’imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o’troq 
bo’lgan... 
Demoqchimanki, tariximiz kabi, qadim madaniyatimizning yaratilishida ham unga 
ko’plab etnik guruhlar, el-elatlar o’z ulushini qo’shgan. Bu - tabiiy hol. CHunki, hech qachon, 
hech qaerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo’lmaydi. Har qanday sivilizatsiya ko’pdan-

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling